• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Afg‘oniston “Tolibon”ga qanday taslim bo‘ldi?

    Afg‘onistonning tayanchlaridan biri — Mozori-Sharifni qo‘lga kiritgan “Tolibon” bir hafta ichida egallagan shaharlari sonini 20 dan oshirdi. Jalolobod jangsiz egallangach, Kobul ham xuddi shunday taslim qilindi va “Tolibon” butun Afg‘onistonni to‘liq nazoratga olganini e’lon qildi. “Tolibon”ning yirik shaharlarni juda tez va butun mamlakatni egallashi qanday sodir bo‘ldi? Afg‘onistonda “Tolibon” nazorati qancha vaqt davom etadi? “Daryo” kolumnisti Sarvar Jalolov ushbu savollarga javob topishga harakat qiladi.

    Poytaxt Kobul janubi-g‘arbidagi G‘azni shahridagi maydonda “Tolibon” bayroqlari ilingan. 14-avgust

    Poytaxt Kobul janubi-g‘arbidagi G‘azni shahridagi maydonda “Tolibon” bayroqlari ilingan. 14-avgust
    Foto: AP Photo

    Davlatga aylanolmagan davlat

    Davlat tashkilotlari biror mahsulot yoki xizmat ishlab chiqqanda, odatda ikki “iste’molchi”dan biriga mo‘ljallangan bo‘ladi. Biri aholi, ikinchisi — rahbariyat. Odatda aynan aholi uchun biror nima ishlab chiqilsa, uning samarasi uzoqroq vaqtdan keyin ko‘rinishi mumkin, biroq shunga yarasha uzoq muddatga foydali bo‘ladi. Rahbariyatga ko‘rsatish uchungina ishlab chiqilgan narsa esa juda tez samara ko‘rsatadi, chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi va hatto aholiga ham qulaylik yaratishi mumkin. Lekin rahbariyatning ushbu masalaga qiziqishi qolmasa, unga butunlay e’tibor ko‘rsatmay qolinadi va qanchalik yaxshi qilinganiga qaramay yo‘qolib ketishi mumkin.

    G‘arbning Afg‘onistonda qurgan davlatini ham shunga o‘xshatish mumkin. Bu davlat Afg‘onistonda ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham ijtimoiy jihatdan juda tez va katta o‘zgarishlarga olib keldi. Aholiga ham yaxshi foyda berdi — iqtisodiyot, biznes rivojlandi, ta’lim va sog‘liqni saqlashda o‘zgarishlar bo‘ldi. Ayniqsa ayollar ta’lim olishidagi o‘sish eng katta muvaffaqiyatlardan bo‘ldi. Biroq bu davlatni ham harbiy, ham siyosiy va hatto ulkan moddiy yordam orqali iqtisodiy jihatdan “ushlab” turgan AQShda qiziqish pasayishi bilan bu davlat ustunlariga darz keta boshladi.

    2014-yilda yangi Afg‘onistonning ilk prezidenti — Hamid Karzayning ikkinchi vakolat muddati tugab, prezidentlik saylovida ishtirok etmadi. Saylovning ikkinchi turida Ashraf G‘ani 55 foiz ovoz bilan o‘z g‘alabasini e’lon qilgach, uning raqibi — sobiq tashqi ishlar vaziri va 1990-yillarda “Tolibon”ga qarshi kurashgan Shimoliy Alyansning muhim shaxslaridan bo‘lgan Abdulla Abdulla buni tan olmadi va ovozlarni qayta sanashni talab qildi. AQSh davlat kotibi Jon Kerri vositachiligida o‘tgan muzokaralar va uzoq tortishuvlardan keyin qayta sanashdan keyin mag‘lub deb topilgan tomon uchun vakolatlari bosh vazirdan ancha ko‘p bo‘ladigan oliy hukumat rahbari lavozimi yaratilishiga kelishildi. Shunday qilib, G‘ani prezident, Abdulla oliy hukumat rahbari sifatida hokimiyatni bo‘lib oldi.

    Tobora o‘zini tiklab borayotgan “Tolibon” uchun AQSh boshchiligidagi koalitsiya qo‘shinlarini kamaytirishni boshlagan bir paytda bo‘lingan markaziy hukumatdan ham yaxshiroq sovg‘a bo‘lishi mumkinmi? G‘ani prezidentligi davrida Abdulla bilan yashirin-oshkora kurashni davom ettirdi. “Tolibon”ga qarshi kurashi tufayli afg‘onlar orasida katta obro‘ga ega bo‘lgan Shimoliy Alyansning sobiq yetakchilari — dala qo‘mondonlarini rasmiy hukumatda martaba, pul yoki bilvosita to‘siqlar qo‘yish orqali “zararsizlantirdi”. Jumladan, kecha Mozori-Sharif uchun jangda “Tolibon”dan yengilgan Abdurashid Do‘stum va Ata Muhammad Nurga ham yuqori lavozimlar berilgan edi.

    2019-yildagi prezident saylovida ham 2014-yildagi holat takrorlandi. G‘ani o‘zini g‘olib deb e’lon qilib inauguratsiya o‘tkazgan bir paytda Abdulla ham o‘z tadbirida prezident sifatida qasamyod qildi. AQSh 1 milliard dollarlik moddiy yordamini kesish bilan tahdid qilgach, bir necha oydan keyin tomonlar yana kelishuvga erishdi va Abdulla uchun yangi — Milliy yarashuv oliy kengashi rahbari lavozimi tashkil etildi va “Tolibon” bilan tinchlik muzokaralarini olib borish vakolati topshirildi.

    Umuman, G‘ani va Abdullaning hokimiyatni bo‘lib olgan holda Afg‘onistonni boshqarishga urinishidan asosan “Tolibon” yutdi. Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeron bu haqida shunday fikr bildirgan edi: “G‘ani va Abdulla Afg‘onistonni korrupsiyalashgan davlatdan fantastik darajada korrupsiyalashgan davlatga aylantirdi”. Korrupsiya avj olishi natijasida aholining ham davlatdan ko‘ngli qolib borardi. Bu o‘z navbatida hatto boshidan “Tolibon”ga ashaddiy qarshi bo‘lgan shimoldagi etnik guruhlar orasida ham ushbu harakatni 1990-yillarda sovetlar qoldirgan korrupsiyani yo‘qotadi deb o‘ylashganidek muqobil variant sifatida ko‘rish boshlandi. Ayniqsa ta’lim yetib bormagan qishloq hududlarida.

    Taslim bo‘lish “strategiyasi”

    Ushbu videoxaritada “Tolibon” aprel oyidan buyon Afg‘oniston hududlari ustidan nazoratni qanday kengaytirgani ko‘rsatilgan. Hududlarni egallashni qishloqlardan boshlagan toliblar iyun oyidan jadallashib, tuman markazlarini egallay boshladi va iyul oxiriga kelib 75 foiz tumanlarni egalladi. Oxirgi bir hafta ichida esa 22 ta viloyat markazi (jami 34 ta viloyat mavjud), ikki kunda esa butun Afg‘onistonni egalladi. Butun boshli shaharlarni va mamlakatni bunchalik tez egallagan “Tolibon” shunchalik qudratlimi?

    Gap shundaki, “Tolibon” qishloqlarni va tuman markazlarini, asosan, jangsiz egallayotgan bir paytda G‘ani hukumati buni taktik chekinish deb atab, aholiga va infratuzilma obyektlariga zarar yetkazmaslik uchun harbiylar chekinayotgani, “Tolibon” bilan tungi vaqtlarda va bo‘sh yerlarda urushib egallangan hududlar qaytarib olinishini ta’kidlagandi. Afg‘on armiyasi haqiqatan ham bir necha hududlarni qaytarib olishni uddalab, bu bayonotlarda jon bordek taassurot uyg‘otgandi. Biroq oxirgi haftalardagi intensivlashuv bu baribir vaqtincha bo‘lganini ko‘rsatdi.

    Xo‘sh, nega 300 ming kishilik afg‘on armiyasi o‘zidan 3—4 baravar kam “Tolibon” jangchilariga qarshilik ko‘rsatmayapti? Sababi, to‘g‘riroq ifodalangan variant — qarshilik ko‘rsatolmayapti emas, balki qarshilik ko‘rsatmayapti. Harbiylar o‘z o‘rinlarini shunchaki tashlab ketmayapti — u yerdagi qurollar va harbiy texnikani ham “Tolibon” qo‘liga qoldirib ketyapti. Afg‘oniston bo‘yicha ishonchli reputatsiyaga ega jurnalistlar ham armiya jang qilishni bilmasligi emas, buni istamayotgani asosiy muammo ekanligini ta’kidlamoqda.

    Mozori-Sharifdan Abdurashid Do‘stum bilan qochgan Balx tojiklari yetakchisi Ata Muhammad Nur hukumat rasmiylari va harbiylar hech bir qarshiliksiz taslim bo‘lgani hamda qurol va texnikalarini “Tolibon”ga topshirayotganini uyushtirilgan fitna sifatida ta’kidlagan. Afg‘oniston bo‘yicha taniqli ekspert Jennifer Murtazshvili bu G‘ani hukumati “Tolibon”dan ko‘ra Shimoliy Alyans yetakchilariga qarshi kurashishdan ko‘proq manfaatdor ekanligi haqida taassurot shakllangani va bu kelajakka ham ta’sir qilishini aytgan.

    “Tolibon” changalidagi Afg‘oniston

    Shunday qilib “Tolibon” hatto 1990-yillarda ham uddalamagan ishi — butun Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatishga erishgani aytilmoqda. Biroq hozir “Tolibon” ham, Afg‘oniston ham avvalgidek emas. “Tolibon” Dohadagi siyosiy byurosi orqali xalqaro hamjamiyat bilan faol aloqa qilyapti — AQSh bilan hujum qilmaslik bo‘yicha kelishuvga erishgan, barcha qo‘shnilari va Rossiya bilan gaplashmoqda, Xitoyda mehmon bo‘lmoqda. Afg‘oniston xalqi esa 25—30 yil oldingidan farqli ravishda “Tolibon” mamlakatni korrupsiyadan qutqarib, yaxshi hayot sari yetaklaydi, deb o‘ylamaydi. Reallikni ko‘rib bo‘lgan.

    Shu sababdan millionlab afg‘onlar o‘z yurtini tashlab ketishga majbur bo‘lyapti. AQSh boshchiligidagi koalitsiya esa o‘ta xudbinlik va mas’uliyatsizlik bilan harakatlanib, 20 yilda erishilgan barcha yutuqlar sarobga aylanishini indamay kuzatmoqda. Bu nafaqat prezident Baydenning, balki AQShning davlat sifatidagi yirik strategik mag‘lubiyati sifatida tarixga kirishi mumkin. Vaziyat shunchalik jiddiylashganda ham o‘z odamlarini evakuatsiya qilishdan boshqa chora ko‘rilmayotgani bundan keyin ham vaziyatga katta ta’sir o‘tkazilmasligini anglatadi. Vaholanki, havodan qo‘llab-quvvatlashning o‘zi bilan ham “Tolibon”ni tiyib turish mumkinligi harbiy ekspertlar tomonidan ta’kidlangandi.

    “Tolibon” Kobulni ham egallagach, Afg‘oniston hukumatini ham qo‘lga olishi kutilmoqda. Ayni paytda 1990-yillardagidan farqli ravishda Shimoliy Alyans ko‘rinishidagi muqobil hukumat ham, “Tolibon”dan xoli hudud qolmagan taqdirda qo‘shnilar ham, xalqaro hamjamiyat ham toliblar bilan ishlashdan o‘zga chorasi qolmaydi. Garchi ular hukumat tinch yo‘l bilan egallangan taqdirdagina “Tolibon”ni tan olishini takrorlab kelayotgan bo‘lsa ham. Markaz “Tolibon”ga hukumatni tinch yo‘l bilan topshirishi kutilmoqda, demak, bu qanchalik kulgili bo‘lmasin, xalqaro hamjamiyatning talabini qondirgan hisoblanadi.

    “Tolibon” hukumatni kuch bilan egallagan taqdirda ham tashqi kuchlardan birortasi 20 yil avval bo‘lgani kabi kuch ishlatishini kutish deyarli imkonsiz. Barchasi “Tolibon”ning boshqaruv qobiliyati va aholining munosabatiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Birinchidan, “Tolibon”ning joylardagi tarqoq vakillari uning nomidan xalqaro hamjamiyat bilan ish olib borayotgan siyosiy byuroni har doim ham eshitavermaydi — siyosiy byuroning Kobulni bosib olmaslik bo‘yicha bayonoti va Kobulga hujum boshlangani haqidagi xabarlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Shunday bo‘lgan taqdirda joylarda kuch ishlatishdan boshqa narsani bilmaydigan toliblar ozmi-ko‘pmi shakllangani siyosiy va ijtimoiy institutlar orqali boshqarishni eplay olmasligi ehtimoli yuqori.

    Ikkinchidan, aholining katta qismi “Tolibon”ga xayrixoh emas va bunday sharoitda uzoq boshqarish oson emas, ayniqsa, faqat kuch va zulm bilan harakat qilinganda. Ertami-kechmi aholining sabr kosasi to‘lib, qarshilik ko‘rsatishni boshlaydi. Uchinchidan, hozir chekka hududlarga va boshqa davlatlarga qochgan 1990-yillar qahramonlari, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan yetakchilar o‘z hududlarini qaytarib olish bo‘yicha harakat boshlashi va buning uchun tashqaridan ham ko‘mak topishini kutish mumkin.

    Afg‘onistonning qo‘shnilari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarida ayni paytda “Tolibon” bilan gaplashishdan boshqa variant qolmagan. Biroq vaqt o‘tishi bilan kuchlar muvozanati o‘zgargan taqdirda “Tolibon”ni oxirigacha tan olishni ma’qul ko‘rmasliklari ehtimoli yuqori. Ammo avval ham aytilganidek, “Tolibon” Afg‘onistonning shimoldagi qo‘shnilari bilan (boshqalari bilan ham) harbiy ziddiyatga borishi ehtimoli juda past (butunlay yo‘q emas, albatta). Markaziy Osiyo uchun asosiy ta’sir o‘n minglab afg‘on muhojirlari va iqtisodiy aloqalardagi o‘zgarishlar bilan cheklanishi mumkin.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    Mavzuga doir: 

    • “Tolibon” va dunyo: kim kimga kerak?
    • “Tolibon”, AQSh va Markaziy Osiyo. Afg‘onistondagi vaziyat haqida
    • “Afg‘onistonda bolalar yo‘q, bolaligi tortib olinganlar bor”. “Tolibon” va uning shafqatsizliklari haqida O‘zbekistonda yashayotgan afg‘onistonlik hikoyasi

    15.08.2021, 20:35   Izoh (0)   222398
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.