Daryo

“Tolibon” o‘z jangarilariga Kobulga hujum qilmaslikni buyurdi. Tashkilot va hukumat o‘rtasida Kobulga tinch yo‘l bilan kirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda

Avvalroq “Tolibon” harakati Kobulga hujum boshlagani xabar berilgan edi. Jangarilar Kobulga har tomondan kirib bormoqda

1 daqiqa o‘qish76 170 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

“Tolibon” harakati o‘z jangarilariga Kobulga hujum qilmaslik haqida buyruq berdi. Bu haqda tashkilot rasmiy vakili Zabixulla Mujohid ma’lum qildi.

Foto: Reuters

“Biz jangchilarimizga Kobul darvozasi oldida qolishni va shaharga hujum qilmaslikni buyurdik”, — dedi u.

Afg‘onistonning 1TV telekanali axborotiga ko‘ra, “Tolibon” rahbariyati o‘z otryadlariga Kobul chegarasidan ichkariga kirmaslik haqida farmon bergan. Ayni paytda “Tolibon” “mamlakat hukumati bilan harakat otryadlarining shaharga tinch yo‘l bilan kirishi haqida muzokaralar olib bormoqda, deyiladi telekanal xabarida.

Avvalroq “Tolibon” harakati Kobulga hujum boshlagani xabar berilgan edi. Jangarilar Kobulga har tomondan kirib bormoqda.

Ayni vaqtda mamlakat prezidenti ma’muriyati esa Kobul hujumga uchramagani va shahardagi vaziyat nazorat ostida ekanini ta’kidlamoqda.

Bundan tashqari, “Tolibon” harakati vakillari ayni paytda Afg‘onistondagi barcha chegara punktlarini nazorat qilmoqda.

AQSh, Buyuk Britaniya va Chexiya Kobuldagi elchixonalari xodimlarini evakuatsiya qilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar