Daryo

AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarining 90 foizini olib chiqib ketdi

Qo‘shinlarni olib chiqish jarayoni davom etmoqda

1 daqiqa o‘qish46 730 ko‘rishlar0 izoh0
Amerika harbiylari chiqib ketgandan so‘ng AQSh aviabazasi yaqinida turgan afg‘on askari Foto: Reuters

AQSh Afg‘onistondagi harbiy kontingentining 90 foizdan ko‘prog‘ini olib chiqib ketdi. Bu haqda Qurolli Kuchlar markaziy qo‘mondonligi bayonotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Amerika harbiylari chiqib ketgandan so‘ng AQSh aviabazasi yaqinida turgan afg‘on askariFoto: Reuters

“Olib chiqish jarayoni davom etmoqda. AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, barcha qo‘shinlarning 90 foizdan ortig‘ini olib ketish ishlari yakunlandi”, — deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, bu 5-iyul holatidagi ma’lumotlar.

Pentagon Afg‘onistondan 17 ming dona uskunani olib chiqib ketgan. Bundan tashqari, amerikaliklar yettita harbiy obyektni Afg‘oniston mudofaa vazirligiga topshirgan.

Afg‘onistondan NATO qo‘shinlarini olib chiqish 29-aprelda boshlangan, AQSh va “Tolibon” o‘rtasida tuzilgan kelishuvga binoan jarayon kuzda yakunlanishi kerak.

Avvalroq “Tolibon” barcha chet el qo‘shinlari Afg‘onistonni o‘z muddatida tark etishini talab qilgani haqida xabar berilgandi. AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqish amaliyoti avgust oxiriga qadar tugashini ma’lum qildi.

Associated Press xabariga ko‘ra, AQSh qo‘shinlarining asosiy qismini olib chiqqanidan keyin Afg‘onistonda 650 ga yaqin amerikalik harbiyni qoldirmoqchi. Ta’kidlanishicha, Afg‘onistonda qoladigan harbiylar diplomatlarning xavfsizligini ta’minlaydi.

Bugunga qadar Germaniya va Italiya Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni yakunladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar