• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Toliblar Afg‘onistonni egalladi. Bu yangi IShIDmi? Nima uchun bu voqeaning oqibati butun dunyo uchun ayanchli bo‘lishi mumkin?

    “Tolibon” 15-avgust kuni butun Afg‘oniston uning nazorati ostiga o‘tganini e’lon qildi. Tashkilot mamlakatni — AQSh u yerdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketgach — sanoqli haftalar ichida bosib oldi. Meduza Zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi eksperti Andrey Serenko bilan suhbatda yuz bergan voqelik qanday oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligi haqida suhbatlashdi.

    Afg‘oniston armiyasidan tortib olingan texnikada ketayotgan toliblar, 2021-yil 15-avgust.

    Afg‘oniston armiyasidan tortib olingan texnikada ketayotgan toliblar, 2021-yil 15-avgust.
    Foto: AFP / Meduza

    — Chetdan qaraganda mazkur bosqinni keltirib chiqargan eng asosiy hodisa — bu Amerika qo‘shinlarining chiqib ketishi. Aslida ham shundaymi?

    — Omillardan biri shu. Biroq AQSh chiqib ketganidan keyin ham hamma “amerikaliklar afg‘on hukumatini havodan qo‘llab-quvvatlab turadi”, deb o‘ylagandi. Amerikaliklarning o‘zi ham shunday bo‘lishi aniqligini anglatuvchi ishoralar berayotgandi. Biroq amalda qo‘llab-quvvatlash darhol to‘xtatildi hisob. Aynan havodan ko‘makning bo‘lmagani Afg‘oniston suyangan xasni yo‘qqa chiqardi. Bu hal qiluvchi rol o‘ynadi. Shundan keyin afg‘onlarning toliblarga qarshilik ko‘rsatish uchun shunchaki kuchi yetmay qolgan bo‘lardi.

    Boshqa tomondan, Afg‘onistondagi urushni tugatish uchun Pokistonga ommaviy bosim o‘tkazish, unga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar va boshqa choralarni ko‘rish lozim edi. Toliblarning tayyorgarlik lagerlari, bu odamlarning bizneslari va boshqalar aynan o‘sha yerda joylashgan. “Tolibon” amalda Pokiston armiyasining gibrid bo‘linmasi. Pokistonga bosim o‘tkazilsa edi, toliblar masalasi bir necha oy ichida hal qilingan bo‘lardi. Hozir esa biz amalda Pokistonning gibrid urushda Afg‘oniston ustidan qozongan g‘alabasiga guvoh bo‘lib turibmiz.

    Mavzuga doir: Afg‘oniston “Tolibon”ga qanday taslim bo‘ldi?

    — Nega AQSh Pokistonga bosim o‘tkazmadi?

    — Istasangiz, meni fitna nazariyalarida ayblashingiz mumkin, ammo menga “AQSh Afg‘onistonni ongli ravishda berib yubordi”, degan fikr borgan sari ishonarlidek ko‘rinmoqda. Pokiston — bu 200 million aholi yashaydigan, yadroviy quroli bor mamlakat. Mamlakat elitasining amerikaliklar bilan munosabatlari murakkab. Shu bois barcha jihatlarni hisob-kitob qilib chiqib, “Afg‘onistonni Pokistonga topshirish kerak”, degan xulosaga kelishgan. Amalda bu AQSh rasmiylarining Pokiston bilan kelishuvi.

    — Rossiya bundan qanday oqibatlarni kutishi kerak?

    — Oqibatlar bo‘ladi. Hech qanday yaxshilik bo‘lmaydi. Bu yerda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan bir necha jihatlar bor. Birinchidan, “Tolibon” — bu faqat toliblar, degani emas. Bu yerda boshqalar ham bor. Masalan, kim nima desa ham, toliblar “Al-Qoida” bilan aloqani hech qachon uzib yubormaydi. Ular o‘rtasidagi aloqa oilaviy munosabatlar darajasiga chiqib ketgan.

    Lekin hozirgi holatdagi eng qo‘rqinchli jihat — bu jarayon diniy aqidaparastlikning butun dunyo bo‘ylab zo‘r reklamasi vazifasini o‘tab berayotgani. Chetdan hammasi xuddi diniy aqidaparastlar katta, kuchli bir davlat (AQSh) ustidan g‘alaba qozongandek, uni tiz cho‘ktirgandek ko‘rinadi. Hozir “Tolibon” urfdagi diniy aqidaparastlik brendiga aylanmoqda. Rossiyada, Kavkazda, Markaziy Osiyoda “Tolibon” modasi paydo bo‘lishini kutaversa bo‘ladi. Tolib bo‘lish modaga aylanadi.

    Yana bir jihati borki, IShIDdan farqli ravishda, “Tolibon” hech kimni ommaviy tarzda Afg‘onistonga chaqirmaydi. Hech qayerga ko‘chish ham shart emas. Bu yashash joyidan turib amalga oshiriladigan aqidaparastlik. Ko‘p qavatli uydagi xonadoningizdan chiqib, yo‘lakda tolibga duch kelib qolishingiz ehtimolini inkor qilib bo‘lmaydi.

    Shu bois bizni Rossiyaning “Tolibon” bilan osh-qatiq bo‘lishining to‘lovi kutib turibdi, deb qo‘rqaman. Va bu to‘lov teraktlarda halok bo‘ladigan oddiy odamlar vositasida amalga oshiriladi. “Tolibon” a’zolari orasida hozir hudkush-terrorchi bo‘lishga ishtiyoq kuchli. Lekin hozir ular Afg‘onistondagi hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Endi shuncha hudkushni qayerga yo‘qotadi?

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasi, 2021-yil 15-avgust.

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasi, 2021-yil 15-avgust.
    Foto: AFP / Meduza

    — Siz “diniy aqidaparastlik reklamasi” haqida gapirdingiz. Shunda bu IShID Suriyaning katta qismini egallab olgandagi vaziyat takrorlanyapti, deganimi?

    — Aynan shunday.

    — Yaqin vaqt ichida Afg‘oniston ichkarisida nimalar bo‘ladi?

    — Menimcha, diniy aqidaparastlik guruhlarining qayta brendlashtirilishini kutish mumkin. IShID, “Al-Qoida” va boshqa guruhlar safidagi odamlar “Tolibon”ga qo‘shila boshlaydi. Bu jarayon hozir ham kuzatilmoqda.

    Oddiy afg‘onlarni esa hech qanday yaxshilik kutayotgani yo‘q. Hozir mamlakat bir gapni gapirib, boshqa ishni qiladigan aqidaparastlik guruhi tomonidan bosib olinmoqda. Shuni unutmaslik kerakki, toliblar — axborot kampaniyalarini olib borish ustasi. Ular afg‘on hukumatiga qarshi axborot urushida g‘alaba qozondi. Shu bois, ehtimol, aholi hozir Stokgolm sindromi holatida turgan bo‘lishi mumkin. Lekin bu holat uzoq vaqt davom etmaydi. Tez orada jazolash ishlari, milliy ozchilik vakillarini ta’qib qilish, mahalliy amaldorlarni bosqichma-bosqich Pokistondan kelgan odamlar bilan almashtirish kabilar boshlanadi.

    Afg‘onistonda hozir, mazmunan, mustamlakachilik ma’muriyati shakllantirilmoqda. Afg‘oniston toliblar tomonidan boshqariladigan Pokiston mustamlakasiga aylanadi. Bu holat qachongacha davom etishini bilmayman, ammo yaqin istiqbolda shunday bo‘lishi aniq.

    — Bayden ma’muriyati hozir o‘zini qo‘lga olib, Afg‘onistonda qandaydir jiddiy harakatlar boshlab qolishiga hech qanday umid yo‘qmi?

    — Afg‘onistonda nimadir qilishga endi kech bo‘ldi. Pokiston masalasi ochiq qolmoqda. Amerikalar nimadir qilishi mumkinligini nazariy jihatdan istisno qilib bo‘lmaydi. AQShning avvallari nimadir qilishiga Afg‘onistonda o‘z qo‘shini borligi, uning ta’minoti esa Pokiston orqali amalga oshirilishi xalal bergan. Nimadir bo‘lsa, Pokiston ta’minotni shunchaki yopib qo‘yishi mumkin edi. Hozir bu omil yo‘q, qaysidir ma’noda AQShning qo‘li yechilgan.

    Biroq ular Afg‘onistondagi o‘z ittifoqchilariga xiyonat qilishdi. Amalda butun mamlakatga xiyonat qilinganini shubha ostiga olib bo‘lmaydi. Manbalarimizning aytishicha, hozir afg‘onistonliklarning Amerika va NATOni ko‘rgani ko‘zi yo‘q.

    Shunday ekan, ahvol yomon. Bizni og‘ir kunlar kutmoqda. Biz yangi aqidaparastlik modasining dunyoga kelishini kuzatmoqdamiz. Bu aqidaparastlarni afg‘on chegaralari tutib qololmaydi.

    Mavzuga doir:

    • “Tolibon” Afg‘onistonni egallab olgach, matbuot va ayollar uchun o‘z shartlarini e’lon qildi
    • “Tolibon” terrorchilarga Afg‘oniston hududidan boshqa davlatlarga qarshi harakatlar olib borishga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi

    15.08.2021, 21:36   Izoh (0)   119936
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afg‘oniston “Tolibon”ga qanday taslim bo‘ldi?

    15.08.2021, 20:35

    Livanda gaz tankeri portlashi oqibatida kamida 22 nafar odam halok bo‘ldi (video)

    15.08.2021, 19:34

    Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’fo berishga rozi bo‘ldi va mamlakatni tark etdi

    15.08.2021, 18:58

    “Tolibon” Afg‘onistonni egallab olgach, matbuot va ayollar uchun o‘z shartlarini e’lon qildi

    15.08.2021, 18:33

    “Tolibon” Afg‘onistondagi xorijliklardan mamlakatni tark etish yoki ro‘yxatdan o‘tishni so‘ramoqda

    15.08.2021, 17:11

    Kobuldagi AQSh elchixonasi xodimlari 36 soat ichida evakuatsiya qilinadi, jarayon boshlangan. Buyuk Britaniya elchisi ham shoshilinch ravishda boshqa yerga ko‘chir...

    15.08.2021, 16:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.