• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Livanda gaz tankeri portlashi oqibatida kamida 22 nafar odam halok bo‘ldi (video)

    Livandagi Akkar provinsiyasida gaz tankeri portladi, hodisa oqibatida kamida 20 nafar odam halok bo‘lgan, 100 ga yaqin kishi turli darajada jarohatlangan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Qizil Xoch tashkilotining Livandagi bo‘linmasi Twitter’da ma’lum qildi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Bizning guruhlar Akkardagi gaz tankeri portlaganidan keyin 20 nafar odamning jasadi va 70 nafardan ziyod odamni mahalliy shifoxonalarga evakuatsiya qildi”, — deyiladi xabarda.

    Qizil Xoch tashkilotining 22 ta guruhi voqea joyida odamlarga tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.

    Al-Arabiya telekanali portlash oqibatida 100 dan ziyod kishining turli darajadagi tan jarohatlari olganini xabar qilgan. Hodisa Akkar shahridagi Tleyl hududida sodir bo‘lgan. Portlashga nima sabab bo‘lgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

    Livan prezidenti Mishel Aun mamlakatdagi hammani Akkardagi tanker portlashi oqibatida zarar ko‘rganlarga yordam berishga chaqirgan. Davlat rahbari matbuot xizmatining bayonotiga ko‘ra, prezident huquqni muhofaza qilish organlari vakillaridan kamida 22 nafar odamning o‘limiga sabab bo‘lgan mazkur hodisa sabablarini jiddiy tekshirishni talab qilgan.

    Halok bo‘lganlar orasida harbiylar ham bor, qancha odamning bedarak yo‘qolgani haqida aniq axborot berilmagan.

    Hodisa guvohlaridan birining “TASS” agentligiga ma’lum qilishicha, Tleyldagi neft saqlash tankerining aholi yashash joylaridan uzoqroqda joylashgani qurbonlar sonining ortib ketmasligini ta’minlaganini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, portlash oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlanganlarning ko‘pchilik qismi o‘z idishlariga mazut yoki benzin olish uchun tanker yoniga kelgan odamlar bo‘lgan.

    14-avgust kuni Livan harbiylari Akkardagi reyd vaqtida neft mahsulotlarini musodara qilgan va uni aholiga tarqatishni boshlagandi. Respublika harbiy kuchlari qo‘mondonligi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari yoniga postlar joylashtirib, korxonalar egalaridan 150 ming litrdan ziyod benzinni musodara qilgan. Shuningdek, harbiylar bir nechta yonilg‘i rezervuarlarini, xususan, Tleyldagi tankerni egallagan. Ushbu harakatlar fuqarolarning yonilg‘i sotuvchi shoxobchalar va omborlarning neft mahsulotlarini yashirib o‘tirgani, oqibatda narx-navo keskin ko‘tarilib ketayotgani haqidagi murojaatlari sabab bo‘lgan. Hammasi hukumatning benzin va mazut uchun subsidiyalar ajratishni 12-avgustdan boshlab bekor qilgani tufayli boshlangan.

    “TASS” agentligining Livan huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbalari portlash atayin uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Yana bir taxminga ko‘ra, omborda o‘t ochilgan va bu yonilg‘ining portlashiga olib kelgan.

    Livan sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Hamad Hasan Tripoli shahridagi shifoxonalarga yotqizilgan jabrlanuvchilarga vazirlik tizimidagi barcha dori-darmon va bog‘lash materiallarini ishlatish haqida buyruq bergan. MTV telekanali qattiq kuygan yuzlab odamlarning poytaxtdagi Jeytavi shifoxonasiga olib kelingani va jonlantirish bo‘limlariga yotqizilganini xabar qilgan.

    Mavzuga doir: Bu yerda Livan bor edi: Bayrut portidagi portlashdan bir yil o‘tib, hozir mamlakat qanday ko‘rinishda? (foto)

    2020-yil avgust oyida Livan poytxati Bayrut shahrida kuchli portlash sodir bo‘lgan, oqibatda portning katta qismi, shahardagi ko‘plab binolar vayronaga aylangan, 100 dan ziyod odam halok bo‘lgandi. Shahar ma’muriyati portlashdan keyingi zarar miqdorini 15 milliard AQSh dollaridan ham qimmat baholagan. 30 mingdan ziyod aholi yashash joyidan mahrum bo‘lgandi.

    Hukumat portdagi fojiaga olti yil davomida 750 tonna amoniy nitrati (ammiak selitrasi) saqlangan omborda paydvandlash ishlari amalga oshirilganligi sabab bo‘lganini taxmin qilgan. Kimyoviy moddaning o‘g‘irlab ketilishining oldini olish maqsadida port xodimlari panjaralarni ta’mirlamoqchi bo‘lgan va u yerda elektr toki bilan temirlarni payvandlash ishlarini boshlagan. Payvandlovchilar ishi boshlanganidan keyin dastlab yong‘in, so‘ngra portlash kuzatilgan. Keyinchalik selitraning 2014-yilda rossiyalik Igor Greshuchkinga tegishli Rhosus kemasidan musodara qilingani aniqlangan.

    15.08.2021, 19:34   Izoh (0)   38065
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’fo berishga rozi bo‘ldi va mamlakatni tark etdi

    15.08.2021, 18:58

    “Tolibon” Afg‘onistonni egallab olgach, matbuot va ayollar uchun o‘z shartlarini e’lon qildi

    15.08.2021, 18:33

    “Tolibon” Afg‘onistondagi xorijliklardan mamlakatni tark etish yoki ro‘yxatdan o‘tishni so‘ramoqda

    15.08.2021, 17:11

    Kobuldagi AQSh elchixonasi xodimlari 36 soat ichida evakuatsiya qilinadi, jarayon boshlangan. Buyuk Britaniya elchisi ham shoshilinch ravishda boshqa yerga ko‘chir...

    15.08.2021, 16:10

    “Tolibon” butun Afg‘onistonni to‘liq o‘z nazoratiga olganini e’lon qildi

    15.08.2021, 15:27

    “Tolibon” terrorchilarga Afg‘oniston hududidan boshqa davlatlarga qarshi harakatlar olib borishga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi

    15.08.2021, 15:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.