O‘zbekistonda to‘ylarni o‘tkazish yuzasidan yana bir o‘zgarish kiritildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan 2021-yil 20-iyuldan boshlab O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish obyektlari — restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 08:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga (mehmonxonalarda tashkil etilgan restoran va kafelar bundan mustasno) ruxsat berilgan edi.
Qayd etilishicha, 2020-yil 20-iyuldan agar to‘yxonalar (restoranlar)da oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni ochiq havoda o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) tarzda o‘tkazish sharti bilan ruxsat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval 1-avgustdan boshlab to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilangan edi.
Izoh (0)