• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Quyida Prezidentning tabrigi to‘liqligicha taqdim etiladi.

    Qadrli yurtdoshlar!

    Qalblarimiz fayz-u ilohiy shukuhga to‘lib turgan ushbu ulug‘ kunda yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni tinchlik, shukronalik, mehr-oqibat va saxovat ramzi bo‘lgan muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklab, o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman.

    Fursatdan foydalanib, mana shu tabarruk ayyomni bayram qilayotgan yer yuzidagi barcha musulmon ummatiga, xorijiy do‘stlarimiz va hamkorlarimizga xalqimiz nomidan samimiy salom va tabriklarimizni yo‘llaymiz.

    Bu yilgi Qurbon hayiti Vatanimiz mustaqilligining shonli 30 yillik tarixiy sanasi arafasida o‘tayotgani uning betakror ruhi va ko‘rku tarovatini yanada ziyoda etmoqda.

    Mustaqil yurtda buyuk maqsadlar bilan tinch va osoyishta yashash, halol mehnat qilish muqaddas dinimizning ezgu g‘oyalariga har tomonlama uyg‘un va hamohangdir.

    So‘nggi yillarda el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan barcha soha va tarmoqlar qatori muqaddas dinimiz, milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash, rivojlantirish va targ‘ib etish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

    Ulug‘ ulamolarimizning benazir ilmiy merosini chuqur o‘rganish, dinimizning insonparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan ezgu an’analarini munosib davom ettirish maqsadida mamlakatimizning bugungi yangi taraqqiyot bosqichida islom ma’naviyati rivojiga ulkan e’tibor qaratilmoqda.

    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi va Mir Arab oliy madrasasi kabi yangi muassasalarning tashkil etilgani, hadis, kalom, fiqh va tasavvuf maktablariga asos solingani, o‘nlab yangi masjidlar va ziyoratgohlar qurilayotgani hamda ta’mirlanayotgani bu boradagi ishlar ko‘lami nechog‘li keng ekanidan dalolat beradi.

    Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va erkinliklari qatorida diniy sohadagi talab va ehtiyojlari ham to‘liq ta’minlanmoqda. Bu haqda gapirganda, yaqinda yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganini alohida ta’kidlash lozim.

    Muhtaram vatandoshlar!

    Barchamizga ayonki, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni mustahkam qaror toptirishning eng muhim tamoyillaridan biri ijtimoiy

    va diniy bag‘rikenglikdir. Yurtimizda turli konfessiyalar vakillari yagona oila bo‘lib, do‘stlik va hamjihatlik muhitida yashayotgani, jonajon Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgani bizning eng katta boyligimizdir.

    Ma’lumki, xalqimiz asrlar davomida diniy va dunyoviy ilmlarni o‘zaro uyg‘un rivojlantirish borasida noyob tajriba maktabini yaratgan. Bu fikrning amaliy tasdig‘ini o‘zining beqiyos ilmiy kashfiyotlari, ma’naviy-ma’rifiy tafakkuri bilan jahon ahlini hayratda qoldirgan ulug‘ olimlar va ulamolarimizning bebaho merosi misolida yaqqol ko‘rish mumkin.

    Bugungi kunda ana shunday nodir ma’naviy xazinani chuqur o‘rganish borasida yanada katta imkoniyatlar ochilmoqda.

    Ishonchim komilki, ikki dunyo saodatiga erishishdek ulug‘ orzu-niyatlar bilan yashayotgan olijanob xalqimiz unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashda ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanib, ulkan yutuqlarga albatta musharraf bo‘ladi.

    Qadrli va muhtaram vatandoshlarim!

    Hozirgi murakkab pandemiya davrida diniy ibodatlarni uy sharoitida ado etish bo‘yicha ko‘pni ko‘rgan ulamolarimiz tomonidan bildirilgan taklif, hech shubhasiz xalqimizning hayoti va salomatligini asrashga qaratilgan eng to‘g‘ri qarordir.

    Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida barchamiz Qodir Allohdan butun insoniyat boshidan kechirayotgan bunday og‘ir sinovlarni yengib o‘tishda O‘zi madadkor bo‘lishini so‘raymiz.

    Siz, azizlarni muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin dildan qutlab, barchangizga Alloh taolodan sihat-salomatlik, baxt-u saodat, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayz-u baraka tilayman.

    Duogo‘y keksalarimizning ezgu tilaklari ijobat bo‘lsin!

    Yoshlarimizning baxtini, kamolini bersin!

    Yurtimiz doimo tinch, xalqimiz hamisha sog‘-omon bo‘lsin!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Bundan avval Qurbon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket uch kun dam olishi, Prezident Mirziyoyev Qurbon hayitini karantin talablariga amal qilgan holda oila davrasida o‘tkazish afzalligi haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha topshiriq bergani hamda O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi o‘qilishi bekor qilingani haqida xabar berilgandi.

    19.07.2021, 20:10   Izoh (0)   20120
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda Xitoydan endoskop apparatini olib kelib berishni va’da qilib, fuqaroni 5500 dollarga chuv tushirgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

    19.07.2021, 19:40

    Shavkat Mirziyoyev shu haftada aholining daromad manbalarini ko‘paytirish yuzasidan videoselektor o‘tkazadi

    19.07.2021, 19:09

    O‘zbekistonda so‘nggi olti oy ichida aholi soni qanchaga ko‘paygani ma’lum qilindi

    19.07.2021, 18:39

    Murod Xonto‘rayev o‘limidan avval mast bo‘lgani haqida xabar tarqatgan yigit uzr so‘rab chiqdi (video)

    19.07.2021, 18:23

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi bor pastladi

    19.07.2021, 17:33

    Jizzaxda mast holatda tanishini pichoqlab o‘ldirgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    19.07.2021, 16:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.