• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    BAA shayxlari “Sputnik” vaksinasini jahonning ko‘plab mamlakatlariga oshirilgan narxda sotib kelgani ma’lum bo‘ldi

    G‘arb matbuoti bir necha oy avval rus “vaksina diplomatiyasi”ning muvaffaqiyatlari haqida faol yoza boshlagan edi. AQSh va Yevropa davlatlari avvalo o‘z fuqarolarini vaksinatsiyalash haqida bosh qotirayotgan bir vaqtda — buning uchun ularni “emlash millatchiligi”da ham ayblashgandi — aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlar “Sputnik V” vaksinasiga buyurtma berayotgan edi, deb yozadi Meduza.

    “Sputnik” yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar uchun mas’ul bo‘lgan shayx Ahmad Dalmuk al-Maktum Janubiy Amerikadagi Gayana davlatida. 2020-yil 20-noyabr

    “Sputnik” yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar uchun mas’ul bo‘lgan shayx Ahmad Dalmuk al-Maktum Janubiy Amerikadagi Gayana davlatida. 2020-yil 20-noyabr
    Foto: Gayana Tashqi ishlar vazirligi

    The Moscow Times gazetasining aniqlashicha, “Sputnik”ning ishlab chiqilishini moliyalashtirgan Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RTIJ) vaksinani jahonning bir qator mamlakatlarida tarqatish bo‘yicha eksklyuziv huquqlarni Abu-Dabi (BAA)da joylashgan Aurugulf Health Investments firmasiga topshirgan. 2020-yil oxirida tashkil etilgan firma, uning saytida yozilishicha, “sog‘liqni saqlash va tibbiyot texnologiyalari sohasida innovatsiyalar, sifat va imkonboplikni rivojlantirish” bilan shug‘ullanadi.

    Jurnalistlarning aniqlashicha, ushbu firmaga egalik qilish zanjirining boshi BAAning de-fakto yetakchisi, Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zayd al-Nahayonning ukasi Tahnunga borib taqaladi. Aurugulf’ning muzokaralardagi vakili Ahmad Dalmuk al-Maktum esa BAAdagi boshqa bir nufuzli oila — Dubay amirligida hukmronlik qiluvchi Maktumlardandir.

    The Moscow Times ma’lumotlariga ko‘ra, uch qit’adagi kamida to‘rtta mamlakat — Livan, Pokiston, Gana va Gayanaga “Sputnik” vaksinalarini Rossiya emas, aynan BAAdagi kompaniya yetkazib bergan. Muammo shundaki, Aurugulf firmasi vaksinalarni Rossiya Yevroittifoq mamlakatlariga yetkazib bergan qiymatdan ikki barobar va undan-da yuqoriroq narxda sotgan. Masalan, Slovakiya va Vengriya bir doza vaksinani 9,9 dollardan, ikkitasini esa 19,9 dollardan sotib olgan bo‘lsa, boshqa mamlakatlar uchun bir komponentning o‘zi 19—24 dollarga tushgan.

    Bundayin ortiqcha to‘lov mahalliy muxolifatning e’tirozlari va matbuotning tanqidlariga sabab bo‘lgan, deb yozadi The Moscow Times. Gana va Gayana hukumatlari vakillarining ta’kidlashicha, ular Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishishga harakat qilgan, biroq ruslar ularga Aurugulf bilan muzokara olib borishni taklif qilgan. Boz ustiga, Livan va Pokiston misolida BAA kompaniyasi bilan mahalliy xususiy kompaniyalar bitim imzolagan va, unga ko‘ra, mahalliy hukumatda “Sputnik”ni sotib olish bo‘yicha mustaqil muzokara o‘tkazish huquqiga ega emas. Ayni vaqtda, Rossiyaning Pokistondagi savdo vakili o‘rinbosari Ruslan Alayevning so‘zlariga ko‘ra, u rus vaksinasi Pokistonda qanday paydo bo‘lganidan mutlaqo bexabar.

    Rossiya tomonining “Sputnik”ni tarqatishga hech qanday aloqasi yo‘qligini Keniyadagi rus elchixonasi ikkinchi kotibi Dmitriy Chernetskiy ham tasdiqlagan. Keniya yuqoridagi sxema bo‘yicha “Sputnik”  oladigan mamlakatlarning navbatdagisi bo‘lishi mumkin edi. Mahalliy Sog‘liqni saqlash vazirligi vaksinalar Rossiyadan emas, balki Abu-Dabidan kelganini bilib, ulardan foydalanish uchun taqdim etilgan ruxsatnomani qaytarib olgan vaqtda allaqachon 75 ming doza “Sputnik” yetib kelgan edi. “Ular hatto bu vaksinalarni boshqa davlatlarga sotishga ham urinishdi, — deydi Chernetskiy. — Mabodo siz muvaffaqiyat tarixini izlayotgan bo‘lsangiz, bu yerda undan yo‘q”. Ayni damda, The Moscow Times’ning alohida qayd etishicha, o‘sha vaksinalar aynan Aurugulf orqali yetib kelganini ham bevosita tasdiqlovchi dalillar yo‘q.

    RTIJ vaksinani tarqatish bo‘yicha huquqlarni nima uchun BAAdagi firmaga ishonib topshirgani sabablari noma’lum. Kelishuv shartlari hech qayerda e’lon qilinmagan, ekspertlar esa Rossiyaning vaksina bo‘yicha ehtimoliy e’tirozlardan qochish istagidan tortib Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyati bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashgacha bo‘lgan turli taxminlarni ilgari surmoqda. “Sputnik”ni oshirilgan narxda olib qo‘ygan mamlakatlarning hukumatlari esa tanqidlarga pandemiya sharoitida o‘z fuqarolari salomatligini saqlash uchun har qanday xarajatga tayyorligini aytish bilan javob qaytarmoqda.

    So‘nggi oylarda boshqa bir muammo yuzaga kelgan: “Sputnik”ni yetkazib berish — jumladan, Aurugulf orqali sotib olinganlarini ham — amalda to‘xtab qolgan. Masalan, Livan buyurtma bergan million doza vaksinaning bor-yo‘g‘i 80 mingtasi yetkazib berilgan, u ham bo‘lsa aprelda. BAA firmasi bilan kelishuv bo‘yicha Ganaga 3,4 million, Gayanaga esa 200 ming doza yetkazib berilishi kerak edi. Umumiy hisobda, Rossiya 2021-yilda 1,6 milliard doza vaksina ishlab chiqarmoqchi edi, ammo, The Moscow Times’ning yozishicha, bu reja “amalda yo‘qqa chiqqan”.

    O‘zbekiston va “Sputnik V”

    2020-yil sentabrida O’zbekistonning “LAXISAM” kompaniyasi RTIJ bilan 35 million doza “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgani, Rossiya tomoni 2020-yilda 10 million, 2021-yilda esa 25 million doza vaksina yetkazib berishi mumkinligi ma’lum bo‘lgan edi (katta ehtimol bilan, aynan shu ma’lumot sabab xalqaro ro‘yxatlarda O‘zbekiston “Sputnik” vaksinasining eng katta xaridorlari qatoriga kirib qolgan).

    2021-yil martida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev Rossiyadan 1 million doza “Sputnik” xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolanayotganini ma’lum qildi (yakunda aynan qancha vaksina uchun shartnoma imzolangani noma’lum); 11-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga jami 280 ming doza “Sputnik” olib kelindi. May oyida “Sputnik” vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishilgani ma’lum qilindi, kelishuvning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.

    Mavzuga doir: Foto: Emlangan o‘zbek amaldorlari

    12.07.2021, 07:26   Izoh (0)   32800
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gaiti prezidenti o‘ldirilishi oldidan qiynoqqa solingani ma’lum bo‘ldi. AQSh siyosiy inqirozni tartibga solish uchun Gaitiga o‘z delegatsiyasini yuboradi

    11.07.2021, 20:35

    Avstraliya o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketdi

    11.07.2021, 18:38

    Belgiyada koronavirusning biryo‘la ikki shtammi bilan kasallangan ayol vafot etdi

    11.07.2021, 17:16

    Turkmaniston prezidenti o‘z o‘g‘lini moliya va iqtisodiyot bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari etib tayinladi

    11.07.2021, 16:36

    Turkiyada noqonuniy muhojirlar bo‘lgan avtobus halokatga uchradi, 12 kishi qurbon bo‘ldi

    11.07.2021, 15:56

    Almazbek Atambayev Turkiya fuqarolariga noqonuniy ravishda Qirg‘iziston pasportlarini berishda gumon qilinmoqda

    11.07.2021, 14:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.