Daryo

O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining 40 ming dozali 1-komponenti olib kelindi

Shunday qilib, mamlakatdagi “Sputnik V” vaksinasi zaxirasi 280 ming dozaga yetdi

1 daqiqa o‘qish26 712 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: SSV matbuot xizmati

5-iyul kuni O‘zbekistonga Rossiyadan “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi 40 ming dozali 1-komponenti olib kelindi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Foto: SSV matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, 1-iyun kuni “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi 70 ming dozali 1-komponenti, 10-iyunda 70 ming dozali 2-komponenti aprel oyida esa ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgandi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).

Foto: SSV matbuot xizmati

Shunday qilib, mamlakatdagi “Sputnik V” vaksinasi zaxirasi 280 ming dozaga yetdi. Yaqin kunlarda vaksinaning navbatdagi 40 ming dozalik 2-komponenti olib kelinishi kutilmoqda.

Shunday qilib, O‘zbekistonda jami vaksina zaxirasi 7 million 440 ming dozani tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolarini ushbu vaksina bilan emlash aprel oyi oxirlaridan boshlangan edi. O‘zbekistonga aholini emlash uchun olib kelinayotgan “Sputnik V”ning yarmini tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirgan. Ushbu vaksinadan jami 1 million doza sotib olish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir: Putin koronavirusga qarshi “Sputnik V” bilan emlanganini ma’lum qildi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar