Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda Spark avtomobili piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ayol kishini urib yubordi” sarlavhali video tarqaldi.
Samarqand viloyat IIB YHXB axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, voqea 2021-yilning 4-iyul kuni soat 17:30 atrofida sodir bo‘lgan.1993-yilda tug‘ilgan haydovchi X.T. Spark avtomobilida Samarqand shahrining Rudakiy ko‘chasi bo‘ylab Beruniy ko‘chasi tomon harakatlanib kelayotgan paytda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 1965-yilda to‘g‘ilgan D.M.ni urib yuborgan.
Oqibatda piyoda D.M. tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Surxondaryoda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit boshqaruvidagi Nexia pastlikka tushib ketgani, mashina ichida bo‘lgan 17 yoshli qiz voqea joyida halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Izoh (0)