Daryo

Surxondaryoda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit boshqaruvidagi Nexia pastlikka tushib ketdi. Mashina ichida bo‘lgan 17 yoshli qiz voqea joyida vafot etgan

Avariyaning sodir etilishiga yo‘lning xavfli burilish qismidan chiqilganidan keyin ko‘prik ustidagi yo‘lning torligi sabab bo‘lgani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish90 192 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

1-iyun kuni soat 16:00 larda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 27 yoshli fuqaro yo‘l-transport hodisasini sodir etdi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, Boysun tumani hududidan o‘tuvchi 4P-125 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida Nexia-3 avtomobili haydovchisi xavfli burilishdan o‘tgach boshqaruvni yo‘qotgan va 6 metr keladigan chuqurlikka tushib ketgan.

Avariya oqibatida mashina ichida bo‘lgan 17 yoshli yo‘lovchi qiz voqea joyida vafot etgan.

Yo‘l-transport hodisasining sodir etilishiga yo‘lning xavfli burilish qismidan chiqilganidan keyin ko‘prik ustidagi yo‘lning torligi va yo‘l chetidagi to‘siqlar kamligi sabab bo‘lgan.

Avvalroq Surxondaryoda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit boshqaruvidagi “Jiguli” 11 yoshli piyodani urib yuborgani va jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar