Daryo

Bo‘stonliqda Lacetti daraxtga borib urilishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish44 209 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB matbuot xizmati

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Lacetti daraxtga borib urilishi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Voqea 28-iyun kuni tuman hududidan o‘tgan 4R-12 avtomobil yo‘lining 47-kilometrida yuz bergan. Haydovchi Lacetti’ni boshqarib borayotganida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga borib urilgan.

Oqibatda yo‘lovchi, 1991-yilda tug‘ilgan J.M. tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida vafot etgan hamda ikki nafar yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur YTH yuzasidan Bo‘stonliq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda katta tezlikda harakatlangan Lacetti beton simyog‘ochga urilgani, Samarqandda Damas va avtobus to‘qnashuvi oqibatida ikki yo‘lovchi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda besh oy ichida sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 770 kishi halok bo‘ldi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar