Daryo

Qashqadaryoda Nexia-3 urib yuborishi oqibatida velosiped mingan bobo va nabira vafot etdi

Holat yuzasidan Kitob tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish46 484 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Videodan skrinshot

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Nexia-3 yo‘l yoqasida ketayotgan velosipedchini urib yubordi, deya xabar qilmoqda YHXBB.

Kadr: Videodan skrinshot

Qayd etilishicha, 2021-yil 23-iyun kuni soat 17:30 larda Kitob tumani hududidan o‘tuvchi 4K-271 avtomobil yo‘lining 9-kilometrida Nexia-3 haydovchisi velosipedni urib yuborib, YTH sodir etdi.

Oqibatda velosiped haydovchisi va yonidagi voyaga yetmagan bola og‘ir tan jarohati olib vafot etdi.

“Katta yo‘lda kelayotgandim, 50-60 metr oldinda velosiped mingan kishini ko‘rdim va sekinlashdim. Juda yaqin qolganda u yo‘limga chiqib ketdi, men mashinani olib qochishga harakat qildim, lekin masofa yaqinligi tufayli ulgurmadim. Sekinlashgan vaqtim tezligim 60 lar atrofida edi”, – deydi haydovchi.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Volgogradda ichida 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan “Gazel” ag‘darilib ketgani, Marg‘ilonda boshqaruvni yo‘qotgan Damas haydovchisi svetoforga borib urilgani hamda Navoiyda Cobalt yuk mashinasiga urilishi oqibatida haydovchi va uning otasi voqea joyida halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar