• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Yevro—2020 da: drama va triller, imi-jimida o‘tayotgan Kopa Amerika, rekord qo‘yishdan to‘xtamayotgan Leo Messi. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 29-iyun tongining muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston Superligasining 11-turidan o‘rin olgan bahslar o‘z yakuniga yetdi.

    Superliga 11-tur natijalari

    Superliga 11-tur natijalari
    Foto: “Daryo”/ Husan Sobitov

    Yevro—2020 haqida

    28-iyun kuni 1/8 final doirasidagi ikkita o‘yin bo‘lib o‘tdi. Ispaniya terma jamoasi qo‘shimcha bo‘limlargacha borgan o‘yinda Xorvatiyani mag‘lub etdi (5:3). Fransiya esa penaltilar seriyasida Shveysariyaga yutqazib qo‘ydi (3:3, 4:5).

    Ispaniya terma jamoasi Yevro—2012 dan beri ilk bor chorak finalga chiqdi, Xorvatiya esa Yevro—2008 dan keyin birinchi marta nimchorak finalda yurishini to‘xtatdi. Ispaniya Yevro tarixida ilk bor ketma-ket ikki o‘yinda 3+ gol urdi.

    Foto: Getty Images

    Ispanlar darvozaboni Unai Simon jamoadoshi Pedrining 45 metr masofadan bergan uzatmasini to‘xtatishda xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘p darvozadan joy oldi. Bu — Yevro tarixidagi eng uzun masofadan urilgan avtogol. Umuman olganda Yevro—2020 da shu vaqtgacha 9 ta avtogol qayd etildi. Bunga qadar barcha Yevropa chempionatida umumiy shuncha avtogol qayd etilgandi.

    Fransiya va Shveysariya o‘rtasidagi o‘yinda Yevro—2020 dagi dastlabki penaltilar seriyasi bo‘lib o‘tdi. Kilian Mbappe so‘nggi zarbada adashdi va Fransiya musobaqa bilan xayrlashdi. Fransuzlar yirik musobaqalarda ketma-ket ikkinchi marta penaltilar seriyasida yutqazdi. Bundan avval jamoa JCh—2006 finalida Italiyaga imkoniyatni boy bergandi. Shveysariya esa yirik musobaqada ilk bor penaltilar seriyasini g‘alaba bilan yakunladi.

    Karim Benzema Fransiya terma jamoasi safida ketma-ket ikkita o‘yinda 2+ gol urgan Mishel Platinidan keyin ilk futbolchiga aylandi. Bu gollar orqali Benzema Fransiya termasi to‘purarlari ro‘yxatida Zinedin Zidanga yetib oldi (31 tadan gol). Bu o‘yinda Pol Pogba ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Pogba Fransiya safida ketma-ket to‘rtta yirik musobaqada gol urgan ilk futbolchi bo‘ldi.

    Foto: Twitter / UEFA

    Shu tariqa Yevro—2020 da uchta chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi:

    • Daniya — Chexiya
    • Italiya — Belgiya
    • Ispaniya — Shveysariya
    So‘nggi juftlik 29-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Angliya — Germaniya, Shvetsiya — Ukraina o‘yinlaridan keyin aniq bo‘ladi.

    Belgiyada katta yo‘qotishlar

    Portugaliyani bazo‘r yengib, chorak finalga chiqqan Belgiya amaldagi chempionga qarshi o‘yinda ikki yetakchisini yo‘qotdi. Kevin de Bryuyne va Eden Azar jarohat olib, maydonni tark etdi. Bu ikki futbolchi musobaqaga kichik shikastlanishlar bilan kelgan va dastlabki uchrashuvlarda to‘liq harakat qilmagandi.

    Amerika Kubogida chorak final juftliklari ma’lum

    Braziliya maydonlarida o‘tayotgan Kopa Amerika—2021 ning guruh bosqichi yakunlandi. Unga ko‘ra chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi.

    • Peru — Urugvay
    • Braziliya — Chili
    • Urugvay — Kolumbiya
    • Argentina — Ekvador
    Chorak final bahslari 3 va 4-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

    Foto: Twitter

    So‘nggi turda Lionel Messi Argentina safida dubl qayd etdi. Bu Leo uchun terma jamoasi safida 2019-yildan keyingi ilk dubl bo‘ldi. Ushbu bahsda Messi Argentina terma jamoasidagi 148-o‘yinini o‘tkazib, bu borada Xavyer Maskeranoning rekordini (147) yangiladi. Argentina ketma-ket 17 o‘yindan beri yutqazmayapti, bu jamoa tarixidagi uchinchi eng yaxshi natija hisoblanadi.

    Transfer yangiliklari

    “Bavariya” ikkinchi darvozabon Aleksandr Nyubelni “Monako”ga ikki yilga ijaraga berdi. Myunxenliklar sobiq darvozaboni Sven Ulrayx esa erkin agent maqomida jamoaga qaytdi.

    “Bavariya” “Real”ni erkin agent sifatida tark etgan Serxio Ramosga qiziqish bildirmoqda, deya xabar qilmoqda ESPN. Biroq Ramosning nemis klubi safiga o‘tishiga murakkab adaptatsiya jarayoni va til bilmaslik xalal berishi mumkin.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    29.06.2021, 10:37   Izoh (0)   28406
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Amerika Kubogi. Messi dubl qayd etgan o‘yinda Argentina yirik hisobda g‘alaba qozondi, Urugvayda ham g‘alaba

    29.06.2021, 09:41

    Yevro—2020. Fransiya 6 ta gol urilgan va penaltilar seriyasigacha borgan o‘yinda Shveysariyaga yutqazib, musobaqani tark etdi

    29.06.2021, 03:04

    Boks olamini ostin-ustun qilgan jang. Mayk Tayson va Evander Holifild o‘rtasidagi mojaroli jangga 24 yil to‘ldi

    29.06.2021, 00:17

    Yevro—2020. Ispaniya 8 ta gol urilgan o‘yinda Xorvatiyani taslim etib, chorak finalga chiqdi

    28.06.2021, 23:46

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”dan ustun keldi va 4-o‘ringa ko‘tarildi

    28.06.2021, 22:15

    Saraton tufayli erta vafot etgan otasining sharafiga Yurari nomi ostida maydonga tushadigan Yussuf Poulsen haqida

    28.06.2021, 18:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Egasiz ayollar migrant bo‘ladi” — “Rakurs” podkastining navbatdagi suhbatdoshi 16 yildan beri muhojirlikda yashayotgan jurnalist Sohiba Hayot

    18 avgust, 21:35

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tramp bilan uchrashuvdan oldin NATO va Yevropa rahbarlari bilan pozitsiyalarni muvofiqlashtirdik” — Zelenskiy

    Dunyo | 18 avgust, 23:55

    Google Avstraliyaning monopoliyaga qarshi qonunlarini buzgani uchun 30 mln yevro jarimaga tortildi

    Dunyo | 18 avgust, 23:40

    Xitoyda qishloq aholisi va sayyohlar to‘rt soatdan ortiq mashina kalitini o‘g‘irlagan sug‘urni qidirishdi

    Dunyo | 18 avgust, 23:25

    Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i atrofida 12 ta mehmonxona qurildi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 23:09

    Xitoydan O‘zbekistonga spirtli ichimliklarning 2,5 mln dona qalbaki aksiz markasini olib kirayotganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 23:01

    Chexiya Yevropa Ittifoqida tezlikni 150 km/soatgacha cheklaydigan birinchi davlatga aylanishi mumkin

    Dunyo | 18 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.