Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2021-yilning 24-iyun kuni mamlakatdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgan Germaniyaning Favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeldni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari Germaniya elchisining ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha faoliyatini yuqori baholadi. Xususan, 2019-yilda davlatlar rahbarlarining o‘zaro tashriflari va 2021-yil mart oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya federal kansleri Angela Merkel o‘rtasidagi onlayn muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni davom ettirishning muhimligi qayd etildi.

Tomonlarning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanligi tasdiqlandi.

G.Overfeld, o‘z navbatida, uning O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida ko‘rsatilgan ko‘mak va yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Bundan avval Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda maxfiy biologik qurol ishlab chiqarilayotganini rad etgani, Abdulaziz Komilov Antaliyada Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashgani hamda Tojikistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda