Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

22-iyun kuni olingan sara suratlarning jamlanmasini namoyish etamiz.

Volgograddagi “Ona Vatan chorlaydi” monumenti. Rossiyada fashist Germaniyasi SSSRga hujum qilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Foto: “TASS”

Misrning Sharm ash-Shayx shahri ko‘chalarining birida yotgan mushuklar.

Foto: “Daryo”

Shahzoda Charlz Chipping-Nortondagi fermada tashkil etilgan yangi FarmED ta’lim markaziga tashrif buyurdi.

Foto: Getty Images

Germaniyaning Potsdam shahridagi botanika bog‘ida yashovchi ikki iguana. Bog‘ tashrif buyuruvchilar uchun qayta ochildi.

Braziliyada COVID-19 oqibatida vafot etgan 500 ming kishining xotirasiga bag‘ishlangan tadbirda plakat ko‘tarib turgan ayol. Unda: “Qayerda xato qildik?” deb yozilgan.

Foto: Reuters

Kashmirdagi Kathua shahrida uch oyga yaqin jismoniy tayyorgarlikni tamomlagan maxsus politsiya zobitlari o‘z mahoratlarini namoyish etmoqda. Maxsus politsiyachilar, asosan, razvedka ma’lumotlarini yig‘ish va qo‘zg‘olonga qarshi operatsiyalar uchun jalb qilingan quyi martabali amaldorlardir.

Foto: AP Photo

Shimoliy Koreya poytaxtida Sotsialistik ayollar ittifoqining kongressi bo‘lib o‘tdi.

Foto: EPA

Illinoys shtatidagi uylar tornado oqibatida vayron bo‘lganidan so‘ng aholiga yetgan moddiy zarar o‘rganilmoqda.

Illinoys shtatidagi uylar tornado oqibatida vayron bo‘lganidan so‘ng aholiga yetgan moddiy zarar o‘rganilmoqda.
Foto: Reuters

Rossiya muxolifati faoli Aleksey Navalniy Preobrajenskiy tuman sud majlisida videoaloqa orqali qatnashmoqda.

Manilada koronavirusga qarshi emlashdan oldin sog‘liqni saqlash xodimlari odamlar ishtirokida so‘rovnoma to‘ldirmoqda. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte ko‘pchilik emlash markazlariga kelishni xohlamayotgani haqidagi xabarlardan so‘ng vaksinatsiyadan bosh tortgan odamlarni qamoqqa tashlash bilan tahdid qildi.

Avstraliya o‘t o‘chiruvchilari qulagan samolyotdagi yong‘inni o‘chirmoqda. Hodisa oqibatida uchuvchi jiddiy shikastlangan.

Foto: AFP

Shri-Lanka sohillarida g‘arq bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan to‘ldirilgan kema Hind okeanida ekologik falokatni keltirib chiqardi. Suratda kimyoviy moddalardan zaharlanib, halok bo‘lgan dengiz toshbaqasi.

Oregon shtatidagi Olimpiada oldidan o‘tkazilayotgan tayanib sakrash bo‘yicha final bosqichida qatnashayotgan Branson Ellis navbatdagi imkoniyatdan foydalandi.

Qalin shilliq qavat Turkiyada Marmar dengizining yuzasini qoplashda davom etmoqda.

Qalin shilliq qavat Turkiyada Marmar dengizining yuzasini qoplashda davom etmoqda.
Foto: Getty Images

Karakas aholisi uy tomida yoga bilan shug‘ullanmoqda.

Karakas aholisi uy tomida yoga bilan shug‘ullanmoqda.
Foto: “TASS”

“Taxtlar o‘yini”dagi temir taxt Londonning markazida serialning 10 yilligi munosabati bilan o‘rnatildi.

Kashmir aholisi yaqin atrofdagi o‘rmondan yig‘ilgan o‘tinni yashash joylariga olib ketmoqda.

50 yoshli misrlik mexanik ayol Amal Zanati Kafr ash-Shayxdagi garajda traktor g‘ildiragini ta’mirlamoqda.

50 yoshli misrlik mexanik ayol Amal Zanati Kafr ash-Shayxdagi garajda traktor g‘ildiragini ta’mirlamoqda.
Foto: Reuters

Amazon kompaniyasining yetkazib beruvchisi Nyu-Yorkda yillik Prime Day aksiyasi paytida qutilar bilan to‘la aravasini tortib ketmoqda.

Germaniyaning Quyi Saksoniya yerlarida havo o‘zgarib, momaqaldiroq bo‘lib o‘tdi.

Germaniyaning Quyi Saksoniya yerlarida havo o‘zgarib, momaqaldiroq bo‘lib o‘tdi.
Foto: “TASS”

Tornado AQShning Illinoys shtatidagi aholi uylariga zarar yetkazdi.

Tornado AQShning Illinoys shtatidagi aholi uylariga zarar yetkazdi.
Foto: EPA

Gondurasdan kelgan muhojirlar Rio Grande daryosi orqali Texasga o‘tgandan keyin chegara xizmati xodimlari tomonidan olib ketilishini kutmoqda.

Gondurasdan kelgan muhojirlar Rio Grande daryosi orqali Texasga o‘tgandan keyin chegara xizmati xodimlari tomonidan olib ketilishini kutmoqda.
Foto: Getty Images

Varshavada havo harorati Selsiy bo‘yicha 35 darajaga ko‘tariladi. Aholi salqinlanish uchun shahardagi favvoralar atrofiga yig‘ilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kreml devori yonidagi “Aleksandrovskiy” bog‘idagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘yish marosimida ishtirok etib, Sovet Ittifoqini fashist bosqinchilaridan himoya qilishda halok bo‘lganlarni yodga oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi