Dunyo va O‘zbekiston bo‘ylab 14-iyun kuni olingan suratlarni taqdim etamiz.

Seul yaqinidagi Namsangol Xanok qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan an’anaviy festival paytida chiqish qilayotgan dorboz.

Foto: EPA

O‘zbekistonda 2021-yilning 14-iyunidan boshlab nominal qiymati 2000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilari muomalaga chiqarildi. Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) “Buyuk ipak yo‘li” va mamlakat hududidagi qadimiy Buxoro shahri va Qoraqalpog‘iston tarixiga bag‘ishlangan.

Foto: “Daryo”

Vasabi ismli Pekindagi it dunyodagi eng keksa itlar ko‘rgazmasi — Westminster Kennel Club g‘olibiga aylandi. Bu yil koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqa 1877-yildan beri birinchi marta Nyu-York shahrida emas, balki Nyu-York shtatining Tarritun shahrida o‘tkazildi. Vasabining bobosi ham ushbu nufuzli ko‘rgazmada 2012-yilda g‘olib chiqqan.

Foto: Getty Images

“Hamid Olimjon” va “Pushkin” metrolari orasida harakatlanayotgan poyezd. Toshkentda kuzatilayotgan issiq havo sabab yer ustida harakatlanuvchi metro poyezdlari tezligiga cheklov o‘rnatilgan.

Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

Kaliforniyada tug‘ilgan bir haftalik g‘oz polaponi uyqudan uyg‘onganidan so‘ng bir oyog‘ini cho‘zmoqda.

Foto: Legion Media

14-iyundan muomalaga kiritilgan 20 000 so‘mlik va 2017-yilda muomalaga kiritilgan 50 000 so‘mlik kupyuralarni taqqoslayotgan qiz. 20 ming so‘mlik pulning hajmi 50 minglik banknotaga nisbatan kichikroq.

Foto: “Daryo”

Virunga milliy bog‘ining qo‘riqchisi vulqon otilishidan uch hafta o‘tib Nyiragongo tog‘ining yon bag‘irlariga ko‘tarilmoqda.

Foto: Getty Images

Yangi Janubiy Uelsda yashovchi fermer Kol Tink va uning nabirasi sichqonlarni suv solingan idishga haydab tushirmoqda. Avstraliyaning janubiy-sharqiy qismi sichqonlar bosqiniga uchradi. Millionlab kemiruvchilar Kvinslend va Yangi Janubiy Uels shtatlaridagi maktablar, uylar va shifoxonalarni to‘ldirib yuborgan. Kemiruvchilarning bu qadar ko‘payib ketishiga 2020-yilgi yog‘ingarchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Foto: AFP

Isroilning yangi bosh vaziri Naftali Bennet Knessetdagi ovoz berish jarayonidan so‘ng hukumatdan ketgan Binyamin Netanyaxuning yelkasidan qoqib qo‘ymoqda.

Foto: Reuters

Kashmirda jangarilar hujumi natijasida o‘ldirilgan hind politsiyachisi Vosim Ahmadning jasadini kutayotgan ayollar.

Foto: Reuters

Kopa Amerika bo‘lib o‘tayotgan vaqtda poytaxt Brazilianing Estrutural dahasida futbol o‘ynayotgan bola qo‘lqoplarini namoyish qilmoqda.

Foto: Reuters

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo NATO alyansning shtab-kvartirasida o‘tkazilgan sammitga rangli paypoq kiyib keldi.

Foto: Reuters

Guru Arjan Dev sikx ulamosi vafot etgan kuni munosabati bilan Amritsardagi Oltin ibodatxonada ko‘ngillilar tomonidan tarqatilgan suvni ichayotgan ayollar.

Foto: AFP

Hindistonning Jammu shahri chekkasida joylashgan mahallada yashovchi o‘quvchi onlayn darslar vaqtida o‘qituvchi bilan gaplashayotgan sinfdoshining qulog‘iga telefon tutib turibdi.

Foto: AP Photo

Trevor Lit tomonidan to‘qilgan bir tonna og‘irlikdagi buqa Shotlandiya poytaxtining markaziga olib kelinmoqda.

Foto: PA

Kornuollda bo‘lib o‘tgan G7 sammiti paytida odamlar plyajda norozilik namoyishi o‘tkazmoqda. Akula shaklidagi katta havo to‘ldirilgan shar ustida “Plastikni emas, odamlarni ye” deb yozilgan.

Foto: Reuters

Indoneziyadagi Yes Wedding Expo ko‘rgazmasi vaqtida parda ortida tayyorlanayotgan model.

Foto: Getty Images

Avstraliyaning Port-Stiven shahri qirg‘og‘ida ko‘rinish bergan bukri kit.

Foto: AP Photo

Serbiyalik Novak Jokovich Rolan Garros tennis bo‘yicha Fransiya ochiq turnirining final uchrashuvida gretsiyalik Stefanos Sitsipasni mag‘lubiyatga uchratib, kubokka ega chiqdi.

Foto: AP Photo

Sovet Ittifoqi tomonidan Litvada ommaviy deportatsiya uyushtirilganining 80 yilligi munosabati bilan Vilnyus temiryo‘l stantsiyasida zanglagan poyezd iziga gul qo‘yayotgan erkak.

Foto: AP Photo