Mashhur serialga o‘rnatilgan yodgorlik, emlanishni xohlamaganlarga qilingan tahdid, harbiyga aylangan amaldorlar. 22-iyun suratlari
22-iyun kuni olingan sara suratlarning jamlanmasini namoyish etamiz.
Volgograddagi “Ona Vatan chorlaydi” monumenti. Rossiyada fashist Germaniyasi SSSRga hujum qilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbirlari o‘tkazilmoqda.Foto: “TASS”
Misrning Sharm ash-Shayx shahri ko‘chalarining birida yotgan mushuklar.Foto: “Daryo”
Shahzoda Charlz Chipping-Nortondagi fermada tashkil etilgan yangi FarmED ta’lim markaziga tashrif buyurdi.Foto: Getty Images
Germaniyaning Potsdam shahridagi botanika bog‘ida yashovchi ikki iguana. Bog‘ tashrif buyuruvchilar uchun qayta ochildi.Foto: Getty Images
Braziliyada COVID-19 oqibatida vafot etgan 500 ming kishining xotirasiga bag‘ishlangan tadbirda plakat ko‘tarib turgan ayol. Unda: “Qayerda xato qildik?” deb yozilgan.Foto: Reuters
Kashmirdagi Kathua shahrida uch oyga yaqin jismoniy tayyorgarlikni tamomlagan maxsus politsiya zobitlari o‘z mahoratlarini namoyish etmoqda. Maxsus politsiyachilar, asosan, razvedka ma’lumotlarini yig‘ish va qo‘zg‘olonga qarshi operatsiyalar uchun jalb qilingan quyi martabali amaldorlardir.Foto: AP Photo
Shimoliy Koreya poytaxtida Sotsialistik ayollar ittifoqining kongressi bo‘lib o‘tdi.Foto: EPA
Manilada koronavirusga qarshi emlashdan oldin sog‘liqni saqlash xodimlari odamlar ishtirokida so‘rovnoma to‘ldirmoqda. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte ko‘pchilik emlash markazlariga kelishni xohlamayotgani haqidagi xabarlardan so‘ng vaksinatsiyadan bosh tortgan odamlarni qamoqqa tashlash bilan tahdid qildi.Foto: EPA
Avstraliya o‘t o‘chiruvchilari qulagan samolyotdagi yong‘inni o‘chirmoqda. Hodisa oqibatida uchuvchi jiddiy shikastlangan.Foto: AFP
Shri-Lanka sohillarida g‘arq bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan to‘ldirilgan kema Hind okeanida ekologik falokatni keltirib chiqardi. Suratda kimyoviy moddalardan zaharlanib, halok bo‘lgan dengiz toshbaqasi.Foto: “TASS”
Oregon shtatidagi Olimpiada oldidan o‘tkazilayotgan tayanib sakrash bo‘yicha final bosqichida qatnashayotgan Branson Ellis navbatdagi imkoniyatdan foydalandi.Foto: AP Photo
Qalin shilliq qavat Turkiyada Marmar dengizining yuzasini qoplashda davom etmoqda.Foto: Getty Images
Germaniyaning Quyi Saksoniya yerlarida havo o‘zgarib, momaqaldiroq bo‘lib o‘tdi.Foto: “TASS”
Tornado AQShning Illinoys shtatidagi aholi uylariga zarar yetkazdi.Foto: EPA
Gondurasdan kelgan muhojirlar Rio Grande daryosi orqali Texasga o‘tgandan keyin chegara xizmati xodimlari tomonidan olib ketilishini kutmoqda.Foto: Getty Images
Varshavada havo harorati Selsiy bo‘yicha 35 darajaga ko‘tariladi. Aholi salqinlanish uchun shahardagi favvoralar atrofiga yig‘ilmoqda.Foto: “TASS”
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kreml devori yonidagi “Aleksandrovskiy” bog‘idagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘yish marosimida ishtirok etib, Sovet Ittifoqini fashist bosqinchilaridan himoya qilishda halok bo‘lganlarni yodga oldi.Foto: EPA
Izoh (0)