Dunyo bo‘ylab 11-iyun kuni olingan suratlarni namoyish qilamiz.

Sankt-Peterburgda Axilles laqabli mushuk Italiya termasining Yevro-2020 musobaqasidagi ilk o‘yinida Turkiya termasiga qarshi g‘alabasini bashorat qildi.

Foto: “TASS”

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon So‘g‘d viloyati G‘afurov tumanidagi “Vaxdati millat” bog‘iga tashrif buyurdi. “Vaxdati millat” bog‘i 2008-yilda tashkil etilgan. Uning maydoni 700 gektar bo‘lib, shundan 500 gektarida mevali daraxtlar o‘tqazilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tokioda gullagan gortenziya o‘simligi bilan suratga tushayotgan qizlar.

Foto: AP Photo

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon So‘g‘d viloyati G‘afurov tumanidagi “Vaxdati millat” bog‘iga tashrif buyurdi. Suratda ikki davlat rahbari o‘zlariga peshvoz chiqqan mezbonlarga ular tomonidan prezidentlarga hadya etilgan guldastalarni qaytarib sovg‘a qilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Turkiyaning qadimiy Milet shahrida ochiq tungi osmonga qarata yoritgich tutib turgan odam.

Foto: Getty Images

Xo‘jand yaqinidagi “Arbob” madaniyat saroyida So‘g‘d viloyati jamoatchiligi vakillari, ziyolilar, nuroniylar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Tojikiston davlat rahbari Emomali Rahmon ishtirok etdi. Suratda ularni tantanali kutib olishga hozirlik ko‘rayotgan qizlar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xitoyn sharqidagi Lichjun sun’iy o‘rmonida qayiqda suzib yurgan juftlik.

Foto: “TASS”

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Tojikiston davlat rahbari Emomali Rahmon Xo‘jand yaqinidagi “Arbob” madaniyat saroyida So‘g‘d viloyati jamoatchiligi vakillari, ziyolilar, nuroniylar bilan uchrashuvda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

11-iyun oqshomida koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yildan 2021-yilga qoldirilgan Yevro-2020 musobaqasining guruh bosqichining dastlabki o‘yinlari boshlanadi.

Foto: Getty Images

Toshkent shahridagi yangi qurilgan va qurilayotgan turar joy majmualarining samolyotdan ko‘rinishi.

Foto: “Daryo′” / Madina Nurman

O‘simlik shilimshig‘i bilan qoplangan Marmara dengizi sohilida cho‘milayotgan bolalar.

Foto: EPA

Tojikistonning So‘g‘d viloyati hududlarining samolyotdan ko‘rinishi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yevro–2020 boshlanishi munosabati bilan futbol bo‘yicha Finlyandiya milliy terma jamoasi ramzlari bilan bezatilgan Xelsinki markaziy stansiyasidagi haykallar.

Foto: EPA

Toshkentdagi “Chimir ota” masjidida o‘qilgan juma namozidan so‘ng duo qilib o‘tirgan odam.

Foto: Ziyodulloh Kabir

Ertalab Sidney shahriga tushgan tuman.

Foto: Getty Images

Efiopiya Tigray shtati aholisi o'tkir oziq-ovqat inqirozini boshdan kechirmoqda.

Foto: “TASS”

Boris va Kerri Jonson Kornoullda G7 uchrashuvi oldidan Emmanuel Makron hamda Brijit Makronni kutib olmoqda.

Foto: AP Photo

Dehqonlar tomonidan hukumatning pestitsidlardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi ekologik tashabbusiga qarshi norozilik sifatida yo‘l bo‘yiga qo‘yib chiqilgan pichan o‘ramlari. Shveysariya aholisi yakshanba kuni sintetik pestitsidlarni taqiqlash orqali atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha takliflarga ovoz beradi.

Foto: AFP

Angliyaning Kornoull shahrida bo‘lib o‘tgan G7 yig‘ilishidan oldin qumga chizilgan 7 davlat yetakchilarining suratlari.

Foto: “TASS”

Kaliforniyadagi plyajga tashrif buyurganlar sohilga chiqqan dengiz sherini suratga olmoqda.

Foto: Reuters

O‘zbekistonda talabalar orasida diplom ishi himoyasidan so‘ng kiyimlarga turli yozuvlar yozib, rangli suv sepish odat tusiga kirgan.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

“Birgalikda Afrika uchun” alyansining a’zolari Berlindagi Brandenburg darvozasi oldida bolalar mehnatidan foydalanishga qarshi namoyishda qatnashmoqda.

Foto: Getty Images

Kornuoll shahridagi Svanpul plyajida G7 guruhiga kirgan davlat rahbarlari ko‘rinishidagi niqoblarni kiyib olgan ekofaollari vaksina shprisini talashmoqda.

Foto: AP Photo

Koronavirus avj olgan vaqtda Jakarta shahridagi savdo markazida tibbiy niqob kiyib o‘tirgan ayol.

Foto: Reuters