Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston va dunyoning turli nuqtalarida hafta davomida olingan suratlarni taqdim etamiz.

Amerikaning Oklaxoma Siti hayvonot bog‘idagi ona-bola jirafalar.

Foto: “TASS”

Toshkentning Chilonzor tumanidagi Muqimiy—Chilonzor ko‘chalari chorrahasida joylashgan ko‘p qavatli uy devorida Cho‘lpon xotirasiga bag‘ishlangan strit-art paydo bo‘ldi. Ushbu ijod namunasi Abdulla Qodiriyning xotirasiga bag‘ishlangan suratning yonginasiga chizilgan.

Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

Germaniyaning Helgoland orolidagi shimoliy qorabuzov qushlari.

Foto: Getty Images

O‘zbekiston Prezidenti 17—18-iyun kunlari Andijon viloyatida bo‘ldi. Tashrifning ilk kunida davlat rahbari Izboskan tumanidagi “Urganji” mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi, Qurbonali O‘rinboyev xonadonida bo‘lib, yashash sharoitlari, parrandachiligini ko‘zdan kechirdi. Suratda Prezident O‘rinboyevning onasi Sanobar aya O‘rinboyeva bilan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Londonda o‘tkazilayotgan Royal Ascot ot poygasining uchinchi kunida pul tikib, g‘olib bo‘lgan ayol.

Foto: AP Photo

Milliy Olimpiya qo‘mitasi binosida 19-iyun, shanba kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi. Suratda O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov jurnalistlarning O‘zbekiston Milliy terma jamoasining endilikda sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramovga berayotgan savollarini tinglamoqda.

AQSh prezidenti Jo Bayden Putin bilan uchrashuvdan so‘ng Jeneva aeroportida Air Force One samolyotiga chiqishdan oldin ommaviy axborot vositalari bilan gaplashyapti.

Foto: Reuters

Milliy Olimpiya qo‘mitasi binosida tashkil etilgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari kongressida terma jamoa sardori Odil Ahmedov Saudiya Arabistoniga uchralgan <a href=mag‘lubiyat bo‘yicha jurnalistlarning savollariga javob bermoqda. Futbolchi nutqining yakunida Milliy terma jamoadagi faoliyati yakunlanganini e’lon qildi." data-action="zoom" class="border lazyload" />

Milliy Olimpiya qo‘mitasi binosida tashkil etilgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari kongressida terma jamoa sardori Odil Ahmedov Saudiya Arabistoniga uchralgan mag‘lubiyat bo‘yicha jurnalistlarning savollariga javob bermoqda. Futbolchi nutqining yakunida Milliy terma jamoadagi faoliyati yakunlanganini e’lon qildi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kornuollda bo‘lib o‘tgan G7 yig‘ilishi paytida sammitda ishtirok etayotgan rahbarlar tasvirlangan ulkan niqoblarni kiygan namoyishchilar norozilik aksiyasi o‘tkazmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyati faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari qo‘rg‘ontepalik tadbirkor ayol Umidaxon Usmonovani “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirladi. Shuningdek, unga “Mikrokreditbank” 5 milliard so‘m miqdorida foizsiz kredit ajratadigan bo‘ldi.

Futbolchilar Janubiy Afrikaning Soveto shahridagi changli maydonda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazmoqda.

Futbolchilar Janubiy Afrikaning Soveto shahridagi changli maydonda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazmoqda.
Foto: AP Photo

Bokudagi favvoradan suv ichayotgan qarg‘a.

Xonobod aerodromining 72 yilligi nishonlandi. Ma’lumot uchun, 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlardan so‘ng ushbu aviabaza Afg‘onistondagi operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, Amerika qo‘shinlarini oziq-ovqat va harbiy texnika bilan ta’minlash uchun AQSh Mudofaa vazirligi <a href=tasarrufiga berilgan. 2001—2005-yillar mobaynida u yerda 7000 nafar amerikalik harbiy bo‘lgan." data-action="zoom" class="border lazyload" />

Xonobod aerodromining 72 yilligi nishonlandi. Ma’lumot uchun, 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlardan so‘ng ushbu aviabaza Afg‘onistondagi operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, Amerika qo‘shinlarini oziq-ovqat va harbiy texnika bilan ta’minlash uchun AQSh Mudofaa vazirligi tasarrufiga berilgan. 2001—2005-yillar mobaynida u yerda 7000 nafar amerikalik harbiy bo‘lgan.
Foto: Altman News

Avstriyalik futbolchi Buxarestdagi “Milliy Arena”da mashg‘ulotlar paytida yomg‘irdan keying maydonda sirpanmoqda.

Avstriyalik futbolchi Buxarestdagi “Milliy Arena”da mashg‘ulotlar paytida yomg‘irdan keying maydonda sirpanmoqda.
Foto: Reuters

Ekstravagant shlyapa kiygan tomoshabin Londonning g‘arbiy qismida bo‘lib o‘tgan Royal Ascot ot poygasining navbatdagi kunida qatnashmoqda.

Foto: AFP

Bogotada Kolumbiya prezidenti Ivan Duke hukumatiga qarshi davom etayotgan norozilik namoyishlari paytida politsiya suvotar quroli bilan urib yiqitilayotgan namoyishchi.

Shotlandiyaning Glazgo shahridagi stadion tashqarisidagi muxlislar zonasida shotlandiyalik futbol ishqibozi mamlakat terma jamoasining Chexiyaga qarshi o‘yinini tomosha qilmoqda.

Arizona shtatidagi Papago tabiat bog‘ida quyosh botishini tomosha qilish uchun to‘xtagan sayyohlar.

Arizona shtatidagi Papago tabiat bog‘ida quyosh botishini tomosha qilish uchun to‘xtagan sayyohlar.
Foto: AP Photo

Velosiped yetaklagan erkak 15-iyun kuni Meksikaning Jalisko shtati Tala shahrida relsdan chiqib ketgan poyezd yonidan o‘tmoqda. Yuk poyezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, uch kishi jarohatlangan.

Germaniyalik Robin Gosens Myunxen shahridagi Football Arena stadionida bo‘lib o‘tgan Yevro—2020 musobaqasi doirasida Fransiya—Germaniya uchrashuvida to‘p bilan muomala qilmoqda.

Toshkent—Andijon yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan poyezd derazasidan ko‘rinib turgan tog‘lar manzarasi.

Toshkent—Andijon yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan poyezd derazasidan ko‘rinib turgan tog‘lar manzarasi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Chilining Santyago shahridagi Buin hayvonot bog‘i ichidagi yuk mashinasining g‘ildiragida turgan lemur.

Chilining Santyago shahridagi Buin hayvonot bog‘i ichidagi yuk mashinasining g‘ildiragida turgan lemur.
Foto: AP Photo

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Andijon shahridagi Bosh jome masjidini borib ko‘rdi. Bu masjid 1870-yilda qurilgan. Xalq tilida “Devonboy masjidi” deb ataladigan masjidda rekonstruksiya ishlari 2018-yilda boshlanib, 2021-yil may oyida yakunlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Falastinlik bolalar Izz ad-Din al-Qassam brigadasi a’zosiga tegishli qurolni ushlab turibdi.

Falastinlik bolalar Izz ad-Din al-Qassam brigadasi a’zosiga tegishli qurolni ushlab turibdi.
Foto: Getty Images

Rossiya fuqarolik mudofaasi, favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish vazirligining harbiy xodimi himoya vositalarini kiyib, Moskvaning Belarus temiryo‘l stansiyasida dezinfeksiya qilmoqda.

Angliyaning Oldhem shahridagi uy derazasida o‘tirgan itlar.

Angliyaning Oldhem shahridagi uy derazasida o‘tirgan itlar.
Foto: Getty Images

Gretsiyadagi gullagan lavanda dalasi.

Gretsiyadagi gullagan lavanda dalasi.
Foto: “TASS”

Kaliforniyadagi Syerra Nevada tog‘larida o‘sgan ulkan sekoya daraxti. Uning balandligi 110 metr, asosining diametri 16 metrga teng.

Kaliforniyadagi Syerra Nevada tog‘larida o‘sgan ulkan sekoya daraxti. Uning balandligi 110 metr, asosining diametri 16 metrga teng.
Foto: Getty Images

Nyu-Yorkdagi Ozodlik minorasi ustidagi yashin.

Singapurdagi ko‘chalardan birida ketayotgan odamlarning uzun soyasi. Mamlakatda jazirama issiq kuzatilmoqda.

Turkiyaning Marmara dengizida suzib yurgan qayiq. Dengizni o‘simlik shilimshiqlaridan tozalash ishlari davom etmoqda.

Qirolicha Yelizaveta II Vindzor qasridagi harbiy marosimni kuzatib turibdi. Qirolicha ushbu hafta 95 yoshini nishonladi.

Germaniyaning Gessen shahrida quyosh botishi fonida ko‘prikdan yurib ketayotgan odam.

Xorvatiya futbol ishqibozlari Yevro—2020 musobaqasining D guruhidagi Angliya—Xorvatiya uchrashuvida urilgan birinchi golga munosabat bildirmoqda.

Extinction Rebellion Blackbirds XR ekofaollari Buyuk Britaniyaning Kornuoll shahrida bo‘lib o‘tgan G7 sammiti paytida “Uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i” nomli teatral aksiyasini o‘tkazmoqda.

Gretsiyalik Stefanos Sitsipas Parijdagi Rolan Garros musobaqasida erkaklar o‘rtasidagi yakkalik final uchrashuvida serbiyalik Novak Jokovichga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hududgazta’minot” aholini gazdan oqilona foydalanishga chaqirdi
Mahalliy
“Kimdir javob berishi, kimdir qusishi kerak” — faollar gaz va elektr muammosi sababchilariga jazo so‘ramoqda
Mahalliy
Toshkent viloyatida er-xotin va ularning uch oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi