Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati guruh bosqichi 1-turi doirasida Angliya va Xorvatiya terma jamoalari 13-iyun, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
“Uembli”da kechgan o‘yinda mezbon Angliya kichik hisobdagi g‘alabani tantana qildi. 57-daqiqada Rahim Sterling uchrashuvdagi yagona golni kiritdi.
Mazkur guruhning ikkinchi o‘yini Chexiya va Shotlandiya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bu bahs 14-iyun kuniga mo‘ljallangan.
Yevro—2020
Guruh bosqichi, 1-tur
13-iyun, yakshanba
Angliya — Xorvatiya 1:0
Gol: 1:0 – 57 Sterling.Angliya: Pikford, Uoker, Mingz, Trippyer, Stounz, Rays, Fillips, Foden (Reshford, 71), Maunt, Sterling (Kelvert-Lyuin, 90), Keyn (Bellinghem, 82).
Xorvatiya: Livakovich, Gvardiol, Vida, Chaleta-Sar, Vrsalko, Brozovich (Vlashich, 70), Kovachich (Pashalich, 85), Perishich, Modrich, Rebich (Petkovich, 78), Kramarich (Brekalo, 70).
Ogohlantirishlar: Chaleta-Sar (42), Kovachich (48), Foden (64), Brozovich (66).
Izoh (0)