• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Yana maydonda uchrashishimizni kutib qolaman”. Futbol olami qiyin soatlarni boshdan kechirgan Kristian Eriksenni qo‘llab-quvvatlamoqda

    Yevro—2020 musobaqasining ikkinchi kunida dahshatli voqea yuz berdi. Daniya — Finlyandiya uchrashuvida daniyaliklar yarim himoyachisi Kristian Eriksen birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida maydonda hushidan ketdi.

    Shifokorlar uning hayotini saqlab qoldi va Eriksen shifoxonaga olib ketildi. Uchrashuv avvaliga bir kun keyinga qoldirildi, biroq keyinchalik yana davom ettirilishi belgilandi. Ta’kidlanishicha, Kristian jamoadoshlariga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘yinni davom ettirishlarini so‘ragan.

    Yevro—2020 da dahshat: shifokorlar Kristian Eriksenning hayotini maydonda saqlab qoldi, uning ahvoli barqarorlashdi. U nafas olmoqda va gapirmoqda

    Uchrashuv voqeadan 1,5 soat o‘tib, qolgan joyidan davom ettirildi. Butun stadion va Finlyandiya vakillari maydonga qaytgan Daniya futbolchilarini qarsaklar bilan kutib oldi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Avvaliga birinchi bo‘limning qolgan ikki daqiqasi o‘ynab qo‘yildi, keyin 5 daqiqalik tanaffusdan keyin ikkinchi bo‘lim boshlandi. Ustunlik Daniya tomonidan bo‘lsada, jamoa yaqqol vaziyatlar yarata olmadi va kutilmaganda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi.

    Daniya darvozasini ishg‘ol qilgan Finlyandiya futbolchisi Joel Pohyanpalo golni xursandchilik bilan nishonlay olmadi va qo‘lini yuqoriga ko‘tardi.

    Foto: Goal

    Ushbu bahsda daniyaliklar sardori Simon Kyer uchrashuv oxirigacha harakat qila olmadi. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, jamoa yetakchisi Eriksen bilan sodir bo‘lgan vaziyat tufayli o‘ziga kela olmagan. Qayd etish kerak, sardor Eriksen maydonga qulagan vaqtda shifokorlar kelgunga qadar unga yordam ko‘rsatgan, keyin esa uni kameralardan yashirish uchun futbolchilarni Kristianning atrofini o‘rab olishga buyurgandi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    O‘yin Finlyandiyaning sensatsion g‘alabasi bilan tugadi. Eriksen esa uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchi deb topildi.

    Bir necha soat qiyin onlarni boshdan kechirgan futbol olamining deyarli barcha vakili Eriksenni qo‘llab-quvvatladi va bunda davom etmoqda

    Romelu Lukaku Rossiyaga urgan golidan keyin kamera qarshisiga keldi va “Inter”dagi sherigiga murojaat qildi: “Kris, Kris... Men seni yaxshi ko‘raman!”. O‘yindan keyin Lukaku voqeani ko‘rib, ko‘p yig‘lagani va o‘yin davomida ham xayoli faqat Eriksenda bo‘lganini aytdi.

    Foto: Twitter

    Krishtianu Ronaldu birinchilardan bo‘lib Eriksenni qo‘llab-quvvatladi: “Bizning hayolimiz va duolarimiz Kristian va uning oilasiga qaratilgan. Dunyo futboli ahli birgalikda yaxshi xabar kutib turibdi. Biz yana maydonda uchrashishimizni kutib qolaman, Kris! Bardam bo‘l”.

    Foto: Instagram

    Germaniya terma jamoasining barcha a’zolari Eriksenning surati fonida suratga tushdi va Kristianga sog‘liq tiladi.

    Foto: Twitter

    Ijtimoiy tarmoqlarda futbolga aloqasi bo‘lgan va bo‘lmagan ko‘plab shaxslar hamda tashkilotlar futbolchiga sog‘liq tiladi

    Ijtimoiy tarmoqlarda futbolga aloqasi bo‘lgan va bo‘lmagan ko‘plab shaxslar hamda tashkilotlar futbolchiga sog‘liq tiladi
    Foto: “Sports.ru”

    Shu jumladan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham: “Tezroq tuzalib ketishingni tilab qolamiz. O‘zining eng yaxshi futbolingni namoyish qilish uchun yana maydonga qaytishingga ishonamiz”.

    Janubiy Koreya hujumchisi Son Hyon Min JCh—2022 saralashi doirasida Livanga qarshi kechgan o‘yindagi golini sobiq jamoadoshiga bag‘ishladi. Son golni nishonlash vaqtida 23 raqamini (Eriksen “Tottenhem”da shu raqam ostida o‘ynagan) namoyish qildi.

    Foto: Yonhap News

    Xuddi shu tariqa Kristianning “Inter”dagi jamoadoshi Ashraf Hakimi ham Burkina-Fasoga urgan chiroyli golini Eriksenga baxshida etdi.

    Foto: Twitter

    Eriksen bilan bunga qadar yurak bilan bog‘liq hech qanday muammo bo‘lmagan

    “Eriksen yiqilganidan keyin bizni maydonga chaqirishdi. Yugurib borganimizda, u maydonda yotar va nafas olayotgandi, shuningdek, yuragi ham urib turgandi. Keyin vaziyat birdaniga o‘zgardi va biz uning yuragini massaj qildik. Stadion tibbiyot xodimlaridan tez tibbiy yordamni oldik va uni saqlab qolishga erishdik. Kristian shifoxonaga ketishidan avval men bilan gaplashdi”, — deya eslaydi Daniya terma jamoasi shifokori Morten Besen.

    O‘yinchi “Tottenhem”da faoliyat yuritgan vaqtda (2013—2020-yillari) uning yuragini ko‘rikdan o‘tkazib kelgan Sanjay Sharma vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

    “Unda yurak bilan bog‘liq yaqqol muammo yo‘q edi. Tibbiy ko‘riklarning barchasini o‘zim o‘tkazganim uchun buni kafolatlay olaman. Uning holatidan keyin o‘ylab qoldim: nahotki, biz nimanidir o‘tkazib yuborgan bo‘lsak? Shundan keyin uning test natijalarini yana bir bor ko‘rib chiqdim. Ular a’lo darajada”, — deydi Sharma.

    Foto: Twitter

    “Inter” bosh shifokori Pero Volpi ham futbolchining yuragida hech qachon muammo bo‘lmaganini ta’kidladi.

    “Biz yomon onlarni boshdan kechirdik. Nafaqat men, balki butun “Inter” oilasi. Darhol chuqur izlanishlarni olib boramiz. Eriksen ayni vaqtda yaxshi holatda ekani muhim, biroq unda muammo yo‘q edi. Muammo borligiga zarracha ishora ham yo‘q edi. Na “Tottenhem”da, na “Inter”da. Bu Italiyada juda qattiq nazorat qilinadi”, — deydi Volpi.

    Ayni damda Kristian Eriksenning holati barqaror bo‘lib turibdi. U keyingi tibbiy ko‘riklardan o‘tish uchun hozirda ham shifoxonada qolmoqda. Futbolchi 13-iyun tongida jamoadoshlari bilan aloqaga chiqqan va o‘zini yaxshi his qilayotganini aytgan.

    Foto: Twitter

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    13.06.2021, 19:22   Izoh (0)   23066
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevro—2020. Angliya “qadrdon” xorvatlarga qarshi, Niderlandiya esa Shevchenkoning Ukrainasi bilan o‘ynaydi

    13.06.2021, 16:40

    Adesanya chempionlik kamarini himoya qildi, Figeredo esa boy berdi, 7 soniya ichida qayd etilgan nokaut va faxriylarning mag‘lubiyati. UFC 263 musobaqasi yakunland...

    13.06.2021, 11:19

    Yevro—2020. Belgiya Sankt-Peterburgda Rossiya darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi, Lukakudan dubl

    13.06.2021, 02:01

    Yevro—2020. Futbol olamini larzaga keltirgan o‘yinda Finlyandiya Daniyani mag‘lub etdi

    13.06.2021, 00:32

    Yevro—2020 da dahshat: shifokorlar Kristian Eriksenning hayotini maydonda saqlab qoldi, uning ahvoli barqarorlashdi. U nafas olmoqda va gapirmoqda

    12.06.2021, 23:44

    Shunchaki dahshat: Kristian Eriksen o‘yin vaqtida hushidan ketdi. Daniya—Finlyandiya o‘yini to‘xtatildi

    12.06.2021, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.