Urushdan “qaytgan” o‘zbek askari, imperatorning o‘lim niqobi, uysiz qolgan qirg‘iz. 5-may suratlari
O‘zbekiston va dunyoning turli burchaklarida 5-may kuni olingan qiziqarli suratlarni taqdim etamiz.
Toshkentga AQShdagi Boeing zavodidan to‘g‘ridan to‘g‘ri reys bilan kelgan Uzbekistan Airways’ning oltinchi Dreamliner’i uchuvchilar jamoasi komandiri Ruslan Almamedovni farzandlari gul bilan kutib olmoqda. Komandir o‘g‘li bilan salomlashayotgan lahza.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Vellington kolleksiyasi xodimi Jozefin Oksli Napoleon Bonapartning o‘lim niqobini imperator vafotining 200 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada namoyish etish uchun tayyorlamoqda. Bu niqob imperator vafot etgandan so‘ng uning yuziga mum va gips aralashmasi qoplangan holda olingan. Napoleon 1821-yilning 5-may kuni Muqaddas Yelena orolida vafot etgan.Foto: PA
Indoneziyadagi Pasar Senen temiryo‘l stansiyasida tibbiyot xodimlari Ramazon hayiti bayramidan oldin poyezd yo‘lovchilaridan koronavirus tahlili uchun namuna olmoqda. Kasallik tarqalishining oldini olish uchun hukumat bu yil hayitda mehmonga tashrif buyurishni taqiqlamoqchi.Foto: EPA
Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent bo‘ylab retro avtomobillar marshi, gavjum nuqtalarda va metro bekatlarida harbiy ansambl va orkestr ijrosida musiqiy dasturlar namoyish etildi.Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Gordon Braun Shotlandiyadagi mahalliy saylovlar oldidan bo‘lib o‘tgan mitingda Leyboristlar harakati lideri Anas Sarvar bilan birga chiqish qildi.Foto: The Guardian
kelgan Uzbekistan Airways’ning oltinchi Dreamliner’i ekipajini kutib olish uchun gul bilan bormoqda. Ushbu samolyot orqali Orolbo‘yi hududlari uchun 3 million dollarlik gumanitar yordam ham yetkazib berildi." data-action="zoom" class="border lazyload" />
Ko‘k terak qishlog‘idagi vayron bo‘lgan uy oldida o‘tirgan qirg‘izistonlik erkak. Yaqinda tojik—qirg‘iz chegarasidagi bahsli hududda sodir bo‘lgan to‘qnashuv vaqtida evakuatsiya qilingan odamlar o‘z qishloqlariga qaytarildi.Foto: AFP
Rossiyalik tennischi Daniyel Medvedev Madriddagi “Masters” musobaqasining ikkinchi davrasida Alexandro Davidovich-Fokinni mag‘lub etdi.Foto: AP Photo
Ikkinchi jahon urushi davrida Leningrad qamalidan so‘ng bedarak yo‘qolgan askar — Boborahim Abdullayevning xoki O‘zbekistonga olib kelindi. 1922-yilda tug‘ilgan Boborahim Abdullayev 1941-yilda urushga ketib, qaytib kelmagan. Uning xoki o‘zi tug‘ilgan Enam yaxshi qishlog‘iga dafn qilindi.Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Germaniyaning Rostok shahri hayvonot bog‘idagi qunduz yangi boshpanaga o‘tkazildi.Foto: Getty Images
Toshkent shahridagi Mustaqillik ko‘chasida svetofor ishlamayotgani sabab ko‘chaning narigi betiga o‘tish uchun avtomobillar oqimi kamayishini kutayotgan odamlar. Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida kunduz kuni elektr bo‘lmadi, jumladan, “Daryo” internet-nashri joylashgan biznes markazida ham.Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov
Mumbay yaqinidagi ko‘rfazda yig‘ilgan flamingolar galasi.Foto: Getty Images
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tizimida ilk bor kuch tuzilmalari o‘rtasida Dog biatlon musobaqasi tashkil etildi. Unda Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligi va Bojxona qo‘mitasi jamoalari ishtirok etmoqda.Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Bogotadagi qashshoqlik va politsiya zo‘ravonliklariga qarshi o‘tkazilayotgan norozilik namoyishida qatnashayotgan ayol.Foto: Reuters
Qrimning Belogorsk shahridagi Taygan Safari bog‘ida o‘zlariga tuproq sochayotgan fillar.Foto: Reuters
AQShning Alabama shtatida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida bir nechta turar joy binolarini suv bosdi.Foto: AP Photo
Bangkokdagi Klong Toy mavzesida mushuklari yonida uxlayotgan ayol. Mushuklardan biri zanjirlangan.Foto: Reuters
Rossiyada 9-may kuni Ikkinchi jahon urushida fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabani yodga olish uchun o‘tkaziladigan G‘alaba paradining mashqlari paytida zirhli subsonik harbiy Su-25BM samolyotlari Kreml ustidan uchib o‘tmoqda.Foto: EPA
Isroil xavfsizlik kuchlari Quddusning Shayx Jarroh tumanida davom etayotgan to‘qnashuvlar paytida falastinlik erkakni hibsga oldi. Falastinlik oilalar ushbu hududdan isroillik harbiylar tomonidan majburan chiqarib yuborilmoqda.Foto: Getty Images
qulab tushgan joyda turgan politsiyachilarga suv berayotgan ayol. Ko‘prik qulashi oqibatida kamida 23 nafar kishi halok bo‘lgani aytilmoqda." data-action="zoom" class="border lazyload" />
Tibbiy himoya kiyimini kiygan Nepal armiyasi harbiylari koronavirusdan vafot etgan kishining jasadini krematoriyga yetkazish uchun kutyapti.Foto: Reuters
Rio-Grande daryosi orqali Meksikadan AQShning Texas shtatiga o‘tayotgan muhojir oilasiga yordam berayotgan harbiylar. So‘nggi oylarda migratsiya to‘lqini Qo‘shma Shtatlarning janubiy chegaralarida keng hududlarni qamrab oldi.Foto: Shutterstock
Vladivostokdagi “Russkiy” orolida polietilen paketni tishlab olgan tulkilar.Foto: “TASS”
Addis-Abeba shahrida urush qatnashchilari Efiopiyaning Italiyadan ozod bo‘lishiga bag‘ishlangan Vatanparvarlar g‘alabasi kunining 80 yilligini nishonlamoqda.Foto: Getty Images
Izoh (0)