• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xorazmda 19 yoshli kelin o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atish rad etilgandi, so‘ngra ish yana qayta tiklandi

    Xorazmda o‘z joniga qasd qilgan 19 yoshli kelin ishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura xabar qildi.

    Ma’lumot uchun, Xorazm viloyatida 2002-yil 14-fevral kuni tug‘ilgan, Shovot tumani “Katqal’a” mahallasida yashagan fuqaro Q.M. 2021-yil 1-aprel kuni soat 10:00 larda o‘z uyidagi qoramollarni saqlash xonasining yog‘och to‘siniga oq rangli shpagat ip bilan o‘zini o‘zi osib, joniga qasd qilgan.

    Sud-tibbiy ekspertizaning 2021-yil 13-apreldagi 11-sonli xulosaga ko‘ra M.Q.ning o‘limiga bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan siqilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

    Shu bilan birga, ekspert tekshiruvida M.Q.ning o‘ng ko‘z pastki qovog‘ida qontalash borligi, ushbu jarohat og‘irlik darajasi bo‘yicha olti kundan ortiq bo‘lmagan, ozgina tez o‘tib ketuvchi jarohat hisoblanishi, xususiyatiga ko‘ra 2-3 kun oldin kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligi, boshqa jarohat izlari aniqlanmagani, uning homilador bo‘lmagani aniqlangan.

    Shuningdek, Urganch davlat universiteti psixologlari tomonidan 2021-yil 15-aprelda taqdim qilingan xulosada M.Q. o‘z joniga qasd qilishi vaqtida o‘z harakatlarini anglamagan va affekt holatida bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi, pasport yoshi psixologik yoshiga nisbatan mos kelmasligi, qayd qilinganlar va oila qurishga tayyor bo‘lmagani sababchi bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

    O‘z navbatida tuman xalq ta’limi psixologlari tomonidan M.Q.ning o‘z joniga qasd qilishiga erta turmushga berilganligi, oila qurishga tayyor bo‘lmasdan depressiya holatida bo‘lgani sababchi ekanligi yuzasidan xulosa taqdim qilgan.

    Bundan tashqari, M.Q.ning xonasidan qora qalam bilan daftar varag‘iga o‘zi tomonidan yozilgan xat topib olingan.

    Mazkur xatda M.Q. turmush o‘rtog‘i M.Y. va ota-onasini yaxshi ko‘rishini, hammadan rozi ekanligini, turmush o‘rtog‘iga ota bo‘lish baxtini bera olmaganidan armondaligini bildirgan.

    Respublika Ichki ishlar vazirligi Xorazm viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ekspertiza-kriminalistika bo‘limi tomonidan 2021-yil 14-aprelda taqdim qilingan xulosaga ko‘ra qayd qilingan xat M.Q. tomonidan yozilgan.

    Xuddi shuningdek, tekshiruvda M.Q.ning turmush o‘rtog‘i M.Y. yoki uning oila a’zolari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga ariza kelib tushmagani, bu bilan holatlar muhokama qilinmagani ma’lum bo‘ldi.

    O‘z navbatida M.Q. viloyat ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi yoki viloyat narkologiya dispanserida ro‘yxatga olinmagan. Shu bilan birga, M.Q. kasalligi tufayli yoki tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilmagan.

    To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, M.Q. telefon apparati ishlatmagan va internet tarmog‘idan foydalanmagan, nisbatan tanish-bilishlariga oilasidan shikoyat bildirmagan va shubhali xabarlar qoldirmagan, qo‘shnisidan besh ming so‘m qarz olganligi holatidan oila a’zolarining xabari bo‘lmagan, notinch oila sifatida ro‘yxatda turmaydi, turmush o‘rtog‘i yoki boshqa oila a’zolari jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilmagan.

    Tekshiruv yakuniga ko‘ra M.Q.ning o‘zini o‘zi osib, o‘z joniga qasd qilganligi holatida biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmagani sababli tuman prokurori D.A. tomonidan 2021-yil 18-aprel kunida Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga (gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmaganda aybsiz deb topish va reabilitatsiya qilish) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish va marhumaning turmush o‘rtog‘i M.Y.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismi (qasddan yengil tan jarohati yetkazish) bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilingan.

    Ushbu qaror viloyat prokuraturasi tomonidan 2021-yil 28-aprelda bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazish uchun tuman prokuraturasiga qaytarib yuborilgan.

    Qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv davomida Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Xorazm filialiga komissiyaviy sud-tibbiy ekspertiza tayinlagan va hozirda ekspertiza tekshiruvi davom etmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning iyul oyida Qashqadaryoda 18 yoshli juvon uyidan osilgan holda topilgan, marhumaning onasi qizining o‘limida kuyovini ayblagan. O‘sha yilning oktabr oyida Samarqandda er 24 yoshli xotinini bo‘g‘ib o‘ldirib, arqonga osib qo‘ygani, noyabr oyida Buxoroda xotinini o‘z-o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazgan er 7 yil-u 6 oyga qamalgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Toshkentda xotinini bolasining axlatini yeyishga majbur qilgan erkak va Xorazmda oilaviy janjal oqibatida xotinini bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ygan erkak qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar qilingandi.

    05.05.2021, 20:34   Izoh (0)   31510
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gulistonda bir kunda niqobsiz yurgan 210 kishi jarimaga tortildi

    05.05.2021, 20:10

    “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisiga birinchi o‘rinbosar tasdiqlandi

    05.05.2021, 19:33

    Zangiotadagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

    05.05.2021, 18:58

    Toshkent Moliya instituti 14 kunga, Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv yili oxirigacha masofaviy ta’limga o‘tkazildi

    05.05.2021, 18:10

    Prokuror suddan bloger Otabek Sattoriy uchun 11 yil qamoq jazosi tayinlanishini so‘radi

    05.05.2021, 17:59

    Namanganda 6 kishining umriga zomin bo‘lgan avtohalokatni sodir etgan haydovchi 10 yilga qamaldi

    05.05.2021, 17:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.