Dunyo bo‘ylab 29-aprel kuni olingan qiziqarli suratlarni taqdim etamiz.

AQShning Kentukki shtatidagi ot poygalari oldidan yuvintirilayotgan tulpor.

Foto: Getty Images

Mirobod tumanidagi 3-sonli oilaviy poliklinikada emlangan otaxon. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 650 ming kishiga yaqinlashdi. 28-aprel kunidan boshlab esa 65 yoshdan kattalarni “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash boshlandi va 29-aprel holatiga 65 yoshdan oshgan 1255 kishi ushbu vaksina bilan emlangan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Rio-Grande daryosidan Texas shtatidagi La Joya shahriga o‘tib olgan meksikalik muhojir ota farzandini o‘ynatmoqda.

Foto: Reuters

Nyu-Dehlida koronavirus oqibatida vafot etgan insonning yaqinlari u bilan vidolashmoqda.

Foto: Reuters

Yaponiyadagi Mori City laboratoriyasi xodimi Tokioning 1:1000 masshtabli modeliga yangi bino maketini qo‘shmoqda.

Foto: Reuters

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga tashrifi yakunida yozilgan iftorlik dasturxoni ustida duo qilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tanzaniya shimolidagi Natron ko‘lida to‘planib, ajoyib shakl hosil qilgan flamingolar.

Foto: Legion Media

Xitoyning Tyanxe kosmik modulini fazoga olib chiqayotgan Long March 5B raketasi uchirilishi vaqtida milliy bayroqni silkitayotgan ayol.

Foto: EPA

Liverpuldagi Sefton bog‘ida Blossoms indi guruhi shou konserti uchun o‘rnatilgan katta chodir. Bu shahardagi karantin cheklovlari yumshatilgandan so‘ng ijtimoiy masofa va niqob taqish talablari bo‘lmagan birinchi konsert.

Foto: PA

Gonkongdagi bog‘da joylashgan daraxt kavagida o‘tirgan boyqush bolasi.

Foto: EPA

Chili poytaxti Santyago shahri markazida Flying Laughter masxarabozlik guruhi tomonidan tashkil etilgan Qizil burunlilar saylida qatnashayotgan aktrisa. Guruh COVID-19 sabab joriy qilingan cheklovlarga rioya qilgan holda jamoat joylarida o‘yin-kulgi qilish mumkinligini ko‘rsatishni maqsad qilgan.

Foto: AP

Andrian Melka o‘zining York shahridagi uy studiyasida kapitan Ser Tomas Murning ikki metrli loydan yasalgan haykali ustida ish olib bormoqda. Qirolicha Yelizaveta tomonidan ritsarlik unvoni berilgan Tomas Mur 3-fevral kuni 100 yoshida vafot etgan. U shifokorlarga yordam berish maqsadida xayriya jamg‘armasi tashkil qilgan va 32 million funt sterlingdan ko‘proq mablag‘ yig‘gan.

Foto: PA

Kolumbiyada prezident Ivan Duke Markes tomonidan taqdim etilgan soliq islohotlari to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi norozilik namoyishi paytida yonayotgan avtobus yonidan o‘tayotgan odam.

Foto: Getty Images

Malayziyaning Shoh Olam shahridagi masjidda namoz o‘qiyotgan musulmon.

Foto: Reuters

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida koronavirus qurbonlarini ommaviy yoqish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Foto: Reuters

AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris Vakillar Palatasi Spikeri Nensi Pelosi bilan tirsaklar orqali salomlashmoqda.

Foto: Reuters

Nyu-Yorkda joylashgan Legoland tematik parkidagi shaharning kichik modeli qad rostlagan pavilyonda ishlayotgan xodimlar.

Foto: Reuters

Fransuz rassomi JRning ishi Parijning yangi Paradiso mehmonxonasini bezab turibdi. Mehmonxona devorlarida Charli Chaplin kinolarining kadrlari aks etgan.

Foto: EPA

Hindistonning Nyu-Dehli shahridagi krematoriya maydonida koronavirus tufayli onasi vafot etgan ayolga tasalli berilmoqda.

Foto: Reuters

Gollandiyaning Lisse shahridagi gul maydonlarining yuqoridan ko‘rinishi.

Foto: Reuters

Shveysariyadagi Tour de Romandie 74-velosiped poygasining ikkinchi bosqichida gullar bilan burkangan maydon yonidan o‘tayotgan sportchilar.

Foto: EPA

Hindlar Nyu-Dehlida kislorod ballonini to‘ldirish uchun navbatda turishibdi.

Foto: EPA

Turkiyadagi to‘liq lokdaun paytida Antaliya plyaji.

Foto: Getty Images

Turkiya Yevropa Kengashining ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va oiladagi zo‘ravonliklarning oldini olish hamda ularga qarshi kurash to‘g‘risidagi Istanbul konvensiyasidan chiqishiga qarshi norozilik paytida qizil poyabzal va etiklar Germaniyadagi Quyi Saksoniya parlamenti binosi oldiga qo‘yib chiqildi. Har bir poyabzal zo‘ravonlik oqibatida vafot etgan ayolni anglatadi.

Foto: Getty Images