Yer yuzi bo‘ylab 27-aprel kuni kameraga muhrlangan qiziqarli suratlarni taqdim qilamiz.

Iroqning Arbil shahrida joylashgan Illyuziyalar muzeyidagi kaleydoskopga qarayotgan yigit.

Foto: Getty Images

Toshkent osmonida Ramazon oyi yarimiga kelganini anglatuvchi to‘lin oy.

Foto: “Daryo”

Avstraliyada Yangi Janubiy Uels universiteti tadqiqot guruhi tomonidan aholi ma’lumotlarini yig‘ish paytida ushlangan o‘rdakburun.

Foto: Reuters

Imojen Seyj ismli aktrisa Sidney opera teatrida Klodel opeasi oldidan o‘z rolini ijro etmoqda.

Foto: Getty Images

Fransiyaning Mazak-et-Grand-Kastang kommunasidan oqib o‘tgan Dordon daryosida yirik baliq ovlagan baliqchilar.

Foto: Getty Images

Amsterdamda milliy bayram — Niderlandiya Qiroli kuni nishonlandi. Suratda ko‘chada bo‘layotgan shodiyonalarni derazadan kuzatayotgan qizlar.

Foto: AP Photo

Germaniyaning Gars tog‘lari etagida yotgan iblis shaklidagi qo‘g‘irchoq. Olmonlar u yerda Valpurgis kechasini nishonladi.

Foto: “TASS”

Londondagi 35 metr balandlikda ikki ko‘p qavatli uy o‘rtasida qurilgan shisha tagli suv havzasi. U 19-may kuni rasman ochiladi. Loyiha mualliflarining ta’kidlashicha, bu dunyodagi birinchi shunday inshoot.

Foto: AP Photo

Shveysariyadagi qorli ob-havoda mototsikli tomon ketayotgan odam.

Foto: EPA

Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Gansu provinsiyasining Linze okrugidagi qishloqqa qum bo‘roni yopirildi.

Foto: Getty Images

Angliyaning Vindzor shahridagi Legoland bog‘ida yangi o‘rnatilgan Lego modellarini tekshirish jarayoni.

Foto: Getty Images

Rimda Ko‘rgazmalar saroyi yana jamoatchilikka ochildi.

Foto: EPA

Sotuvchi Pokistonning Lahor shahridagi fabrikada muqaddas Ramazon oyida sevib iste’mol qilinadigan an’anaviy vermishel makaronini tayyorlamoqda.

Foto: AP Photo

Uelsning Landudo shahriga tashrifi davomida muzqaymoq iste’mol qilayotgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning Uels shahridagi qo‘riqxonada o‘tlab yurgan ponilar.

Foto: “TASS”

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi savdo va ko‘ngilochar markazida joylashgan emlash markazida koronavirusga qarshi QazCovid-in vaksinasini qabul qilayotgan erkak. Mamlakat QazVac nomi bilan ham tanilgan o‘z vaksinasi — QazCovid-in’dan ommaviy vaksinatsiyada foydalanishni boshladi.

Foto: Reuters

Germaniyaning Drezden shahridagi sobor tomidagi haykallar orasida ko‘rinib turgan to‘lin oy.

Foto: Reuters

G‘azipurda hindistonlik erkak koronavirus oqibatida vafot etgan qarindoshining jasadini yoqish uchun o‘tin termoqda.

Foto: Shutterstock

Xanoy ko‘chalaridan birida itlari bilan mototsiklda ketayotgan ayol. Yaqinda Vyetnam sog‘liqni saqlash vaziri aholini koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini haqida ogohlantirdi.

Foto: EPA

Venetsiyadagi Fenice Opera teatri xori muassasa qayta ochilishini nishonlamoqda. Italiyada hukumat qarori bilan barlar, restoranlar, kinoteatrlar va konsert zallari lokdaundan keyin qisman qayta ochilmoqda.

Foto: Getty Images

Germaniyada sovuq urishidan himoya qilish maqsadida o‘rik bog‘ida yoqib chiqilgan olovlar.

Foto: Getty Images

Musulmonlar Indoneziyaning G‘arbiy Yava provinsiyasida cho‘kib ketgan mamlakat dengiz flotining suvosti kemasi ekipaji a’zolari uchun duo qilmoqda. Suvosti kemasi cho‘kib ketishi natijasida ekipaj a’zolarining barchasi — 53 nafar harbiy halok bo‘lgan.

Foto: Reuters

Fermer Styuart Chapman Kichkina Steynton shahridagi Manor fermasiga tashrifi davomida Britaniya shahzodasi Charlzning to‘ng‘ich o‘g‘li shahzoda Uilyamga traktor haydash bo‘yicha ma’lumot bermoqda.

Foto: Reuters

Bangkok shahridagi ovqatlanish shoxobchasida ovqatlanayotgan tailandlik.

Foto: Reuters

O‘rgimchak odam ko‘rinishida kiyingan filippinlik Manilaning janubidagi Las-Pinasda karantindagi odamlarga bepul oziq-ovqat tarqatmoqda.

Foto: EPA