• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Namanganda xotinini ketmon bilan kaltaklagan erkakka jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    Namanganda xotinini muntazam ravishda qiynab, uni urib kelgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi “Sukut saqlama” loyihasida qayd etilishicha, er to‘yining ilk kunidan boshlab xotinini tizimli ravishda urib kelgan, keyin arqonda bog‘lab, ketmon dastasi singuncha kaltaklagan.

    Foto: Telegram / “Sukut saqlama”

    Foto: Telegram / “Sukut saqlama”

    Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kelinning onasi M.K. To‘raqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda kuyovi, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi A.X. qizi U.X.ni 2021-yil 12-aprel kuni rashk sababli urib, tan jarohati yetkazganini ma’lum qilib, kuyoviga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

    Viloyat prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, holat yuzasidan 14-aprel kuni tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlanib, U.X. tan jarohati olgani yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

    Sud tibbiy ekspertizasining 23-apreldagi xulosasida kelining tan jarohatlari ko‘krak qafasi orqa yuzasi chap va o‘ng tomonlarida to‘qima defekti bilan bo‘lgan yaralar borligi, ko‘krak qafasi old va orqa yuzalarida, yelka kamarida, har ikkala yelkalarida, bilaklarida, qo‘l kaftlarida, sonlarida teriosti gematomalar borligi, har ikkala ko‘z qovoqlarida, yuzida, ko‘krak qafasi old yuzasida, bosh tepa sohasida qontalashlar aniqlangan.

    U.X. badanidagi tan jarohatlarining ayrimlari 10-15 sutka avval, ayrimlari 2-3 sutka oldin qattiq o‘tmas buyum ta’siridan, shuningdek, arqon ta’siridan ham kelib chiqqani inkor etilmagan.

    Aniqlangan jarohatlar sog‘liqni qisqa vaqt — 6 kundan ko‘p 21 kundan kam bo‘lgan muddatga buzilishiga olib keladigan xususiyatga ega bo‘lgani uchun og‘irlik darajasiga ko‘ra, sog‘lig‘ining buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil tan jarohatlari toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.

    Tergovga qadar tekshiruv davomida A.X. shar’iy turmush o‘rtog‘i U.X.ni rashk qilishi, unga ishonmasligi, muttasil uni qiynab, o‘zining yashash xonadonida urib, do‘pposlab kelishi aniqlangan.

    “Sukut saqlama”ning yozishicha, kelinning qaynsinglisi ukasiga xotining erkaklar bilan gaplashadi, deb tuhmat qilgan. Arqonda bog‘lab, ketmon dastasi singuncha kaltaklangan kelin o‘lib qolmaslik uchun tuhmatni o‘z bo‘yniga olishga majbur bo‘lgan.

    24-aprel kuni holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro A.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 27-aprel kuni esa A.X. Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi va 110-moddasi 1-qismi (qiynash) bilan gumon qilinib, ushlangan.

    Eslatib o‘tamiz, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva ayollarga nisbatan zo‘ravonlik mavzusidagi yangiliklar keyingi kunlarda umidsizlik zanjiriga bog‘lanib ketayotganini aytgandi. Uning fikricha,  jamiyat razolat va sukut uchun, “ayolning o‘zi aybdor” degan qarash uchun juda og‘ir badal to‘layapti.

    “Qonunlar bor. Hamma qonun oldida birdek javob berishi kerak. Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni haqqoniy tergov qilish masalasi birlamchi vazifalar qatorida bo‘lishi shart. Jinoyatchilar jazo muqarrar ekanini bilsin!”, — degan edi u.

    Mavzuga doir: 

    • Xorazmda 19 yoshli kelin o‘zini osib o‘ldirdi
    • Navoiyda rashk sabab bir erkak va ayol pichoqlandi
    • Jizzaxda er Telegram’dagi yozishmalari sabab xotinini bo‘ynidan pichoqlab o‘ldirdi

    28.04.2021, 21:10   Izoh (0)   50190
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda maxsus muzlatkichlar yo‘qligi sabab viloyat hozircha “Sputnik V” vaksinasisiz qoladi

    28.04.2021, 20:58

    “Davlat soliq qo‘mitasi Birlashgan kasaba uyushmasi haqqoniy bo‘lsa, avval qo‘mita raisini sudga berishi lozim” — Rasul Kusherbayev

    28.04.2021, 20:46

    Toshkent metrosining “Paxtakor” bekatidan Sergeli tomon harakatlanadigan maxsus avtobuslar yo‘lga qo‘yildi

    28.04.2021, 20:23

    O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi narx-navo o‘sishini jilovlash maqsadida birjada paxta yog‘ini sotib olishni chekladi

    28.04.2021, 20:10

    Qashqadaryo hokimining koronavirusga chalingani ma’lum qilindi

    28.04.2021, 19:40

    Toshkentdagi “Shahidlar xotirasi” majmuasi rekonstruksiyadan so‘ng qanday ko‘rinishga kelishi haqida ma’lumot berildi (foto)

    28.04.2021, 19:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.