Dunyo va O‘zbekiston bo‘ylab 26-aprel kuni olingan qiziqarli suratlarni namoyish qilamiz.

Angliyaning Sli daryosida suv ichayotgan o‘rdakcha.

Foto: Jam Press

Toshkentdagi “Shayx Zayniddin” (Ko‘kcha) masjidi hovlisida tarovih namozi o‘qish uchun yig‘ilgan musulmonlar. Respublika maxsus komissiyasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tavsiyasidan so‘ng masjidlarda tarovih namozlari ochiq havoda o‘qilmoqda.

Foto: “Daryo” / Muhammadamin Toshkandiy

Ashxobodda turkman musiqachilari Alabay iti kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda chiqish qilmoqda.

Foto: Reuters

Ketma-ket joriy qilingan lokdaundan keyin asta-sekin karantin cheklovlari yumshatilayotgan Italiyada ofitsiant ochiq havoda stol tuzayapti.

Foto: AP Photo

Londondagi mamlakat bosh vaziri qarorgohi joylashgan Dauning-strit bo‘ylab ketayotgan tulki.

Foto: Getty Images

Maxsus 2-sonli Zangiota shifoxonasining reanimatsiya xonasida koronavirusga chalinib, og‘ir ahvolda yotgan bemorning yotoq o‘rni tepasida ilib qo‘yilgan, katta ehtimol bilan, farzandlari tomonidan chizilgan surat. Unda “Biz sizni yaxshi ko‘ramiz va kutyapmiz”, deb yozilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Buddist rohibalar Bangkokdagi ibodatxonada gazeta o‘qib o‘tiribdi.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyadagi Haddersfild tepaliklarida sodir bo‘layotgan yong‘in fonida qo‘zichog‘i bilan yotgan qo‘y.

Foto: Getty Images

Toshkent shahrida kunbotar mahali osmonda ko‘rinish bergan to‘lin oy.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hindistonda koronavirus oqibatida vafot etganlarning jasadini yoqish uchun mo‘ljallangan ochiq krematoriy. Mamlakatda COVID-19 bilan kunlik kasallanish soni ketma-ket to‘rtinchi kun rekord darajaga yetdi: mamlakatda o‘tgan bir sutkada 349,6 ming kishida infeksiya aniqlandi, 2624 nafar bemor esa vafot etdi.

Foto: Getty Images

Turkmanistonda Oqxon laqabli itga xalqaro tanlovning bosh sovrini — “2021-yilning eng dovyurak turkman alabayi” mukofoti topshirildi. Uni tarbiyalagan davlat chegara xizmatida xizmat qiluvchi harbiyga Toyota Camry avtomobili topshirildi.

Foto: “Turkmenistan segodnya”

Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Barselonadagi turnir finalida Stefanos Sitsipas ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlamoqda.

Foto: EPA

Toshkent shahrida “migalka” va “sirena”si yoqilgan tez yordam avtomobili svetofordan o‘tmoqda.

Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

Shotlandiyada karantin cheklovlari yengillashtirilishi ortidan Kelvingrouv muzeyi Rojdestvo kunidan beri birinchi marta tashrif buyuruvchilarga o‘z eshiklarini ochdi.

Foto: The Observer

Falastinning Xamas xavfsizlik kuchlari bitiruv marosimida o‘z mahoratini namoyish qilmoqda.

Foto: Getty Images

Shotlandiyada koronavirus cheklovlari yumshatilgani sabab ko‘chada milliy cholg‘u asbobida musiqa chalayotgan erkak.

Foto: The Observer

Chernobil AES falokatining 35 yilligi munosabati bilan stansiya ishchilari yashagan Slavutich shaharchasi ko‘chasida radioaktiv modda belgisi shaklida yoqilgan shamchiroqlar.

Foto: Getty Images

Indoneziyada mamlakat flotining suvosti kemasi cho‘kib ketishi oqibatida halok bo‘lgan 53 nafar ekipaj a’zosi nomlari yozilgan gulchambarlar okeanga oqizildi.

Foto: EPA

Islomoboddagi zargarlik do‘koni ishchisi do‘kon devoriga reklama o‘rnatyapti.

Foto: Getty Images

Toshkent shahrida sodir bo‘lgan vayronkor zilzilaga 55 yil bo‘ldi. Suratda 1966-yilgi zilzila oqibatlarini bartaraf etganlar sharafiga yasalgan Jasorat monumenti. Yodgorlik 1976-yilda o‘rnatilgan. Monumentning bir qismi bo‘lgan qora granitli kubdagi yoriq zilzilani ifodalaydi. Uning bir tomoniga zilzila bo‘lgan kun sanasi yozilgan bo‘lsa, ikkinchi tomonida yer silkinishi sodir bo‘lgan vaqt (05:23) ko‘rsatib o‘tilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Germaniyada gullagan lolalar orasida turgan it.

Foto: EPA

Istanbuldagi Avliyo Sofiya masjidi fonida ko‘rinib turgan Ramazonning to‘lin oyi.

Foto: Getty Images

AQShdagi ot sportining asosiy voqealaridan biri – Kentukki derbisiga tayyorlanayotgan tulpor.

Foto: Getty Images

Shveysariyada ochiq osmon ostidagi Bad-Ragarts istallyatsiyalar ko‘rgazmasi ochilish marosimiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Foto: EPA

Yekaterinburgda itlar o‘rtasida ko‘pkurash chempionati bo‘lib o‘tdi.

Foto: “TASS”

Nyu-York shahrida emlash maydonchasiga aylantirilgan Tabiat tarixi muzeyi shiftiga osilgan ko‘k kit modeli.

Foto: Reuters

Belgiyaning Al-syur-Semua qishlog‘ida uyning devoridagi teshikdan yuzini chiqarib turgan itga qarab turgan bolakay.

Foto: Reuters

Quddusdagi falastinliklar va Isroil harbiylari bilan bo‘layotgan to‘qnashuvlar vaqtida politsiya zobiti quroldan o‘t ochmoqda.

Foto: Reuters

Birlashgan Arab Amirliklari politsiyasi a’zolari Dubaydagi savdo majmuasi oldida iftorlikdan keyin namoz o‘qimoqda.

Foto: Reuters