Dunyoning turli burchaklarida 23-aprel kuni kamera obyektiviga muhrlangan suratlarni namoyish qilamiz.

Keniyadagi Masayi-Mara milliy yovvoyi tabiat qo‘riqxonasida ikki erkak zebra urishganiga guvoh bo‘lganidan so‘ng onasining orqasiga berkinib olgan zebra bolasi.

Foto: Solent News

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Texnoparkda ishga tushirilgan yangi korxonalarni borib ko‘rdi. Bu yerda yaqinda qurilish-montaj ishlari yakunlangan 4 ta korxona sinov rejimida mahsulot tayyorlamoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

San-Diyegodagi AQSh dengiz piyodalari korpusida o‘qiyotgan harbiy ayol mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.

Foto: Reuters

Janubiy Koreyaning Yangsang shahridagi Tongdo ibodatxonasida rohiblar mavsumning birinchi yashil choy barglarini yig‘ib olmoqda.

Foto: EPA

AQSh prezidenti Jo Bayden Vashingtonda dunyo rahbarlari bilan videoanjuman tarzda o‘tgan iqlim sammitidagi nutqidan keyin o‘zining himoya niqobini kiymoqda.

Foto: Reuters

Shahrixon tumanidagi “Saroy” masjidida juma namozi oldidan maruza qilayotgan imom. Masjiddagi ibodatlar bosh vazir Abdulla Aripov hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning yig‘ilishida berilgan tavsiyalardan so‘ng ochiq havoda ado qilinmoqda.

Foto: “Daryo” / Izzatillo Qodirov

Germaniyaning Frankfurt shahri yaqinidagi dalada yurgan quyon.

Foto: AP Photo

Quddusda Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvdan so‘ng yonayotgan to‘siq oldida o‘tirgan falastinlik.

Foto: Reuters

Navajo milliy kengashi a’zosi Yevgeniya Charlz Nyuton AQSh birinchi xonimi Jil Baydenga Arizonadagi kutib olish marosimi paytida qalin yoping‘ich o‘rab olishiga yordam bermoqda.

Foto: Getty Images

Missisipi shtatidagi Camp Shelby harbiy o‘quv bazasida o‘tkazilayotgan “Ilg‘or jangchi” musobaqasida ishtirok etayotgan o‘zbek askari va AQSh harbiysi. O‘zbekistonlik harbiylar musobaqaning to‘rtta sharti bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Nyu-Dehlidagi maydonda koronavirus oqibatida vafot etganlarning jasadi ommaviy ravishda yoqib yuborilmoqda.

Foto: Reuters

Yaponiyaning Nagano prefekturasidagi o‘quv mashg‘ulotlarida 2011-yilgi zilzila va sunamidan zarar ko‘rgan mintaqalar aholisi ruhini aks ettirgan ramziy ma’noga ega ulkan qo‘g‘irchoq odamlar tomonidan boshqarilmoqda. Qo‘g‘irchoq iyul oyida boshlanishi rejalashtirilgan Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimiga kirish uchun Tohokudan Tokioga yo‘l oldi.

Foto: AP Photo

Ukrainaning kimsasiz Pripyat shahridagi Chernobil AES yaqinida joylashgan bolalar bog‘chasidagi yotoqlar.

Foto: Reuters

Indoneziyaning Jakarta shahridagi Istiqlol Buyuk masjidida ijtimoiy masofa saqlab juma namozini o‘qiyotgan musulmonlar.

Foto: Reuters

Tailandning Phuket oroli Karon shahridagi mehmonxonaning suzish havzasi atrofida bo‘sh turgan shezlonglar.

Foto: Reuters

Gondurasdagi El-Picacho hayvonot bog‘idagi tukan qushi.

Foto: EPA

Floridada bortida to‘rtta astronavt bo‘lgan SpaceX’ning Crew Dragon-2 kosmik kemasi Xalqaro kosmik stansiya tomon uchirildi.

Foto: AP Photo

Minnesota politsiyasi tomonidan otib o‘ldirilgan Daunt Raytning onasi farzandining dafn marosimida oq kaptarlarni uchirmoqda.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Derbishirdagi Mur fermasiga tashrifi chog‘ida buzoqqa sut bermoqda.

Foto: PA

Falastinlik ishchi Ramazonning ikkinchi juma namozi paytida Quddus shahridagi Al-Aqso masjidi gumbazida turibdi.

Foto: EPA

Shotlandiya Liberal-Demokratlar partiyasi rahbari Villi Renni (o‘ngda) parlament saylovlariga tashviqot davomida karate bilan shug‘ullanmoqda.

Foto: PA

Germaniyaning Erfurt shahrida BUGA bog‘dorchilik ko‘rgazmasi ochildi.

Foto: DPA

Chili hukumatidan pandemiya boshlagan inqiroz uchun iqtisodiy yordam talab qilingan namoyish paytida yoqib yuborilgan avtobus yonidan o‘tayotgan odam.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyaning Kingston-apon-Holl shahridagi dengiz muzeyida suratlarni restavratsiya qilish jarayoni.

Foto: Getty Images