• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha yana 2 nafar IIB xodimi 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingani aytilmoqda

    Qashqadaryo viloyatida IIB binosidan jasadi chiqqan marhum Yusuf Abdurahmonov o‘limida ayblangan yana 2 nafar IIB xodimi uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.

    Ta’kidlanishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudida ko‘rib chiqilgan jinoyat ishida IIB xodimlari — J.R. va R.K. Jinoyat kodeksining 234-moddasi (qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) va 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) bilan aybli deb topilgan.

    “Qamalganlarning biri jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi bo‘lsa, yana biri profilaktika inspektori hisoblanadi. Ularning har biriga uch yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan manba.

    “Daryo” manbasi bergan ma’lumotga aniqlik kiritish maqsadida Qashqadaryo viloyat sudining OAVlar bilan ishlovchi mas’uli Farhod Tilovov bilan bog‘landik. Vaziyatga aniqlik kiritgan mas’ul haqiqatdan ham jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudida “Chiroqchi voqea”si aybdorlariga hukm o‘qilganini, biroq hukm e’lon qilinganidan so‘ng o‘tishi lozim bo‘lgan muddat tugamaganligi uchun ma’lumotni ochiqlay olmasligini bildirdi.

    Eslatib o‘tamiz, tuman IIBda qiynoqqa solingan 32 yoshli Yusuf Abdurahmonov o‘limi jamoatchilikka ma’lum bo‘lgach, “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Qurbon Ostonoyev “Nurbek ismli xodimdan so‘ng yonimga Anvar degani keldi. U ham haqorat qildi, urdi. Javoblarim ma’qul kelmadimi, ‘protivogaz’ kiydirib, qiynoqqa sola boshladi. Xuddi yosh boladek chakkamga tarsaki tushirardi. O‘sha kuni xona burchagida qo‘limni ko‘tartirib, turg‘izib ham qo‘yishdi. O‘zlari esa uxladi”, degandi.

    Mavzuga doir: 

    • “Seni ham, uni ham o‘ldiramiz va ishni bir parcha qog‘oz bilan yopib yuboramiz”. Chiroqchi IIBda qiynoqqa solingan fuqaro IIB xodimi tahdidi haqida gapirdi
    • “IIB binosida vafot etgan Yusuf Abdurahmonovga chaqirilgan tez yordam boshqa ism-familiyani aytib chaqirilgan”. Tez tibbiy yordam shifokori sudda guvohlik berdi
    Ta’kidlash lozim, “Chiroqchi voqeasi”da dastlab ikki nafar IIB xodimi qo‘lga olingani xabar berilgandi. Keyinchalik esa ayovsiz kaltaklangan ota-bolaga tergovchilar tomonidan 60 ga yaqin IIB xodimining surati ko‘rsatilgan. Ota-bola ko‘rsatilgan rasmlardagi IIB xodimlarining 13 nafarini tanigan. Shundan so‘ng viloyat prokuraturasidan Ilhom ismli tergovchi marhumning akasi Shuhrat Abdurahmonovga ukasining o‘limi bo‘yicha 13 nafar IIB xodimi tergovga jalb qilinishini bildirgandi. Voqea sabab Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Samad Turdiyev vijdoni qiynalgani bois ishdan ketgandi.

    Mavzuga doir: 

    • “‘Protivogaz’dagi qon izlari marhum Yusuf Abdurahmonovga tegishli bo‘lgan”. Davlat sud eksperti xulosasi ma’lum qilindi
    • “Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha sudda guvohlikka chaqirilgan IIB xodimi ota-bola qiynoqqa solingan kuni “protivogaz” so‘rab olinganini tan oldi
    “Chiroqchi voqeasi” aybdorlari ishini ko‘rib chiqqan Oliy sud sudyasi Kamoliddin Tolliboyev raisligidagi sudlov hay’ati marhum Yusuf Abdurahmonov o‘limida ayblanganlar — Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan Nurbek Ovlayevni 2 yil 6 oy IIB tizimida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 9 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida ishlagan Anvar Jonqobilovni esa 2 yil IIBda hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 6 oyga qamagandi. Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida ishlagan Sherzod Rahmonov esa 2 yil IIBda hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, unga 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi. Profilaktika inspektori Adham Tojinorov ham 2 yil IIBda hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.

    Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida ishlagan Boburmirzo G‘ayratovga esa 2 yil IIBda hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi.

    Mavzuga doir: 

    • Prokuror “Chiroqchi voqeasi” aybdorlarini 10 yilga ozodlikdan mahrum qilishni, garov evaziga ochiqda qolgan uch nafar ayblanuvchini ham sud zalidan qamoqqa olishni so‘radi
    • “Bularni 50 yilga qamasangiz ham erim tirilib kelmaydi”. IIB xodimlari urib o‘ldirgan chiroqchilikning xotini suddan ayblanuvchilarni ozod qilishni so‘radi
    • “Sud tortishuvlarga boy bo‘lmoqda, o‘rni kelganda qizishyapmiz. Ammo sud buning uchun hech kimga tanbeh bermadi”. “Chiroqchi voqeasi” aybdorlarining advokatlari sud jarayoni haqida gapirdi

    26.04.2021, 22:39   Izoh (0)   60699
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda “tez yordam”ning bitta chaqirig‘i uchun necha pul ajratilayotgani ma’lum qilindi

    26.04.2021, 22:08

    Guliston davlat universiteti ham 14 kunlik masofaviy ta’limga o‘tkazildi

    26.04.2021, 21:59

    Samarqandda 28 yoshli ayolning nojo‘ya suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 1,5 mln so‘m talab qilgan erkak ushlandi

    26.04.2021, 20:59

    O‘zbekistonda nechta bog‘cha tarbiyachisi va tarbiyalanuvchisi koronavirus yuqtirib olgani haqida ma’lumot berildi

    26.04.2021, 20:35

    Andijon va Surxondaryoda o‘t o‘chirish mashinalari odamlar ustidan suv sepib o‘tdi. FVV holatga izoh berdi

    26.04.2021, 20:11

    Farg‘ona davlat universiteti karantinga yopildi

    26.04.2021, 19:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34

    Superliga. “Neftchi” “Navbahor”dan, “Dinamo” “OKMK”dan ustun keldi

    Sport | 16 avgust, 21:26

    “Bembi: o‘rmon dahshati”. 2025-yil yozida premyerasi bo‘lgan trillerlar

    Kino | 16 avgust, 20:59

    “Yaponiya kelajak sari yurish uchun o‘tmish bilan yuzlashishi shart” — Janubiy Koreya prezidenti

    Dunyo | 16 avgust, 20:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.