• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha uch oyda qanday ishlar qilindi? Ishsizlar-chi, ular qanday qo‘llab-quvvatlanmoqda?

    O‘zbekistonda 2021-yilning dastlabki uch oyi davomida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi sa’y-harakatlari bilan 71 mingdan oriq fuqaroning ishga joylashishiga yordam berildi, band bo‘lmagan 33 mingdan ziyod aholi haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 17 mingdan ortiq aholi vazirlik tizimidagi kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish o‘quv muassalarida o‘qimoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Quyida vazirlik tomonidan 2021-yilning yanvar—mart oylarida aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, ayniqsa “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ishga joylashishiga ko‘maklashish, tadbirkorlikka jalb qilish va o‘zini-o‘zi band qilishni qo‘llab-quvvatlash hamda mehnat migratsiya va mehnat muhofazasi masalalari borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bilan nisbatan batafsil tanishish mumkin.

    Mehnat bozoridagi holat

    2021-yil 1-yanvar holatiga mehnat resurslari soni 19,142 million kishini tashkil etib, 2020-yilning shu davriga nisbatan 100,7 foizga yoki 134,5 ming kishiga oshgan. Iqtisodiy faol aholi 14,797 million kishini, iqtisodiy nofaol aholi 4,344 million kishini tashkil etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13,296 million kishini tashkil etib, 2020-yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 3,8 foizga (502,9 ming kishiga) oshgan. Shundan, rasmiy sektorda band aholi soni 5,732 million kishini, norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5,668 million kishini tashkil etgan.

    Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,558 million kishini tashkil etdi. Ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholiga nisbatan 10,5 foiz (16—30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida 16,4 foiz, ayollar o‘rtasida esa 14,1 foiz)ni tashkil etdi.

    Bandlik organlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar

    Mehnat bozoridagi tendensiyadan kelib chiqib, tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan 2021-yilning o‘tgan davrida 205,0 ming ish bilan band bo‘lmagan shaxslarga bandlik xizmatlari ko‘rsatildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yanvar—mart oylarida tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan 71,4 ming nafar ishsiz, shuningdek, chet eldan qaytib kelgan fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga doimiy ishga joylashishiga ko‘maklashildi.

    Ishga joylashishga ko‘maklashilgan shaxslarning 38,9 ming nafari (54,5 foizi) ayollar, 33,3 ming nafari (46,6 foizi) yoshlarni tashkil etadi.

    Shuningdek, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlariga o‘tgan oy davomida 11,5 ming nafar ehtiyojmand shaxslarni ishga joylashishiga ko‘maklashildi.

    Yagona milliy mehnat tizimi (YaMMT)

    2021-yil 1-fevral holatiga respublika bo‘yicha mavjud 523,4 mingta ish beruvchi vazirlik, tashkilot va korxonalar tomonidan 4,8 million nafar xodim to‘g‘risida ma’lumotlar “YaMMT” IDAKga kiritilib, elektron bazasi shakllantirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bugungi kunda, mazkur tizim orqali 187,7 mingta, shundan davlat tashkilotlarida 81,2 mingta, xususiy subyektlarda 106,5 mingta bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlandi. Mazkur bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ish.mehnat.uz va ish2.mehnat.uz saytlarida ommaga e’lon qilib borilmoqda.

    Shuningdek, aholi ish bilan ta’minlash maqsadida respublika bo‘yicha 2021-yilning yanvar—mart oylarida 628 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazildi. Ushbu yarmarkalarda 19 991 ta korxona va tashkilotlar tomonidan 166,6 mingta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

    Yarmarkalarda 13 456 nafar fuqarolarga ishga joylashishga yo‘llanmalar berildi, ulardan 5 848 nafar ayollar, 6 557 nafari yoshlar, 506 nafar mehnat migrantlari va 72 nafar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslardir.

    Yarmarka jarayonida 4 043 nafar ishsizlar kasbga o‘qitish kurslariga yuborildi, 3 434 nafari haq to‘nadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 34 608 nafariga mehnat qonunchiligi bo‘yicha maslahatlar berildi.

    Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish

    2021-yilda ish bilan band bo‘lmagan aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish uchun Jamoat ishlari jamg‘armasidan 250 milliard so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 33,3 ming band bo‘lmagan aholi haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi va ularning ish haqi uchun 26,5 milliard so‘m mablag‘ to‘lab berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Jumladan:

    • 23,8 ming nafar tuman (shahar) aholi punktlari, mahallalar va boshqa hududlarni obodonlashtirish (ko‘kalamzorlashtirish, tozalash, oqlash, madaniy obyektlar, ziyoratgohlarni tozalash kabi) ishlarga;
    • 2,9 ming nafar chorva-nasl markazlari texnik osemenatorlar;
    • 512 nafari patronaj xizmati, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, bemorlar va boshqalarni parvarishlash ishlariga
    jalb qilindi.

    Subsidiyalar ajratish orqali aholi bandligini oshirish

    “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan band bo‘lmagan va ishsiz aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va ijtimoiy ehtiyojmand aholini ish bilan band qilish bo‘yicha subsidiyalar ajratish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Jumladan, shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun 4 461 ta kam ta’minlangan oilalarga yengil tipdagi issiqxona qurish, shaxsiy va dala tomorqasida ekishga urug‘lar va ko‘chatlar hamda sug‘orish vositalarini harid qilish uchun 14,794 milliard so‘m subsidiya berildi.

    Tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga jalb etish, xodimlarni malakasini oshirish, qayta tayyorlov va sug‘urta polisi uchun 1,328 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari hisobiga 775 nafar fuqarolarning band etildi.

    Shuningdek, joylarda 55 ta kooperativlar tashkil etildi. Kooperativlarga “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 3 523 nafar ishsiz xotin-qizlar biriktirildi va ularga kooperativlarning ustav fondiga a’zolik ulushi sifatida 4,365 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari o‘tkazib berildi.

    Kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish

    2021-yilda 72 ming nafar ishsiz fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan 40 ta kasb yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitish rejalashtirilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mehnat organlari yo‘llanmalari asosida o‘tgan yanvar—fevral oylari davomida 42,3 ming nafar (yillik prognozga nisbatan 58,8 foiz, shundan, yoshlar 22,0 ming, ayollar 27,2 ming) ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar kasb-hunarga, tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishga jalb etildi. Bu 2020-yilga (10,9 ming nafar) nisbatan to‘rt baravarga ko‘p.

    O‘qishga jalb qilinganlarning 6 807 nafari (16,4 foizi) “Ayollar daftari”, 10 873 nafari (20 foizi) “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarni va 7 773 nafari (18,7 ifoiz) mehnat migrantlarini tashkil etadi.

    Kasbga o‘qitishga jalb qilinganlarning 6 220 nafari (13,3 foiz) milliy hunarmandchilik yo‘nalishida hunarga o‘qitilmoqda. Bugungi kunda vazirlik tizimidagi o‘quv muassasalar va hamkor o‘quv muassasalarida 34,1 ming nafar ish bilan band bo‘lmagan shaxslar o‘qishni davom ettirmoqda.

    Ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash

    Ishsiz fuqarolarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 49,3 ming nafar ishsizlarga Jahon banki loyihasi asosida ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan 40,3 milliard so‘m ishsizlik nafaqasi tayinlandi va to‘lab berilmoqda. Ishsizlik nafaqasi oluvchilar soni 2020-yilning shu davriga nisbatan 3,2 baravarga oshgan. 2021-yil 21-yanvardan ishsizlik nafaqasi uch barobarga oshirilgan miqdorda to‘lanmoqda.

    26.04.2021, 22:55   Izoh (0)   26801
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni ma’lum qilindi

    26.04.2021, 22:45

    “Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha yana 2 nafar IIB xodimi 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingani aytilmoqda

    26.04.2021, 22:39

    O‘zbekistonda “tez yordam”ning bitta chaqirig‘i uchun necha pul ajratilayotgani ma’lum qilindi

    26.04.2021, 22:08

    Guliston davlat universiteti ham 14 kunlik masofaviy ta’limga o‘tkazildi

    26.04.2021, 21:59

    Samarqandda 28 yoshli ayolning nojo‘ya suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 1,5 mln so‘m talab qilgan erkak ushlandi

    26.04.2021, 20:59

    O‘zbekistonda nechta bog‘cha tarbiyachisi va tarbiyalanuvchisi koronavirus yuqtirib olgani haqida ma’lumot berildi

    26.04.2021, 20:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.