Dunyoning turli burchalarida 21-aprel kuni olingan qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Qochib qol, Pumba! Keniyaning Masai-Mara qo‘riqxonasida 3 ta giyena yovvoyi cho‘chqani quvlab ketmoqda. “Qirol sher” multfilmida ham shunga o‘xshash kadr bor.

Foto: Jam Press

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Surxondaryo viloyati IIB xodimiga berilayotgan yangi xonadon kalitini boshi uzra baland ko‘tarib, barchaga namoyish etmoqda. Termiz shahrida yangi qurib bitkazilgan uy foydalanishga topshirildi. Uylardagi 15 ta xonadon viloyat IIB xodimlariga uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida berildi.

Foto: IIV matbuot xizmati

Afg‘onistonning Kobul shahri chetidagi Qarg‘a ko‘li yaqinida bo‘ron vaqtida yugurib ketayotgan bola.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning London shahridagi istirohat bog‘ida dumini yoygan tovus yonida ovqatlanayotgan kaptar.

Foto: Reuters

Qarshi shahridagi 5-sonli oilaviy poliklinikada o‘tkazilayotgan koronavirusga qarshi emlash jarayonlari.

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Yaman hukumati askari Marib shahrida xusiy jangarilariga qarshi avtoulovga o‘rnatilgan quroldan o‘q uzmoqda.

Foto: Reuters

“Oskar” mukofotini topshirish marosimiga qiziquvchi Vivian Robinson Los Anjelesdagi Dolbi teatri oldida turibdi. 25-aprel kuni AQShda 93-“Oskar” mukofotlari topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Reuters

Ramazon oyida qizlar Falastinda joylashgan Balata qochqinlar lagerida sayr qilib yuribdi.

Foto: Shutterstock

Bosniya va Gersegovinadagi Srebrenitsa genotsidiga atalgan yodgorlik markazining tepadan ko‘rinishi.

Foto: Reuters

Minneapolis shahrining sobiq politsiya sobiq xodimi Derek Shovin sud zalidan olib chiqib ketilmoqda. U Jorj Floydning o‘limida aybdor deb topildi. Shovinga nisbatan hukm, taxminan, sakkiz haftadan keyin o‘qiladi.

Foto: Reuters

Hindistonning Ahmadobod shahridagi koronavirus kasalxonasida yotgan eri vafot etgani haqida eshitgan ayol va uning o‘g‘li.

Foto: Reuters

Bangalorda hind xudolari ko‘rinishida kiyingan erkaklar Ram Navami festivali munosabati bilan COVID-19 tarqalishiga qarshi jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyasi boshlanishidan oldin niqob kiyib olmoqda.

Foto: Getty Images

Minneapolis shahrining sobiq politsiya sobiq xodimi Derek Shovin Jorj Floydning o‘limida aybdor deb topilgani munosabati bilan odamlar pul sochib, o‘z reaksiyasini bildirmoqda.

Foto: Reuters

“Futbol sizga emas, bizga tegishli”. Londonda “Chelsi” futbol jamoasi muxlislari klubning Superligaga qo‘shilishiga qarshi ekanini bildirish uchun ko‘chalarga chiqdi.

Foto: “TASS”

Seulda Greenpeace harakati faollari dunyo rahbarlariga murojaat qilib, tobora yomonlashib borayotgan iqlim muammolarini bartaraf etish uchun tezkor choralar ko‘rishni talab qildi.

Foto: Getty Images

Turkiyada raps o‘simligi gulladi.

Foto: Getty Images

Minneapolisda odamlar Derek Shovin Jorj Floydning o‘limida aybdor deb topilganini nishonlamoqda.

Foto: Getty Images

Nyu-Dehlida COVID-19 qurbonlari jasadlari yoqib yuborildi.

Foto: Reuters

Alitalia xodimlari kompaniyaning davlat aviakompaniyasiga aylantirilayotganiga qarshi namoyish o‘tkazmoqda.

Foto: EPA

Ramazon oyida an’anaviy taomda ishlatish uchun Hindistonning Ollohobod shahridagi fabrikada vermishel tayyorlayotgan ayolning yonida yotgan chaqaloq.

Foto: Shutterstock

Mumbayda O‘rgimchak odam kiyimida avtobusni dezinfeksiya qilayotgan erkak.

Foto: AP Photo

Ispaniyaning Barselona shahridagi qariyalar uyida 90 yoshli Xaver Anto va uning rafiqasi 92 yoshli Karmen Panzano deraza orqali bir-biriga havo bo‘sasi yubormoqda.

Foto: AP Photo

“San Fransisko Jayents” jamoasining o‘ng qanot himoyachisi Mayk Jastrzemskiy beysbol o‘yinining to‘qqizinchi zarbasi paytida “Filadelfiya Fillis” vakili Riz Xoskins tomonidan otilgan to‘pni ushlab ololmadi.

Foto: AP Photo

Buyuk Britaniyadagi 329 ta gilos daraxti ekilgan dunyodagi eng katta Alnik bog‘ida sayr qilib yurgan odamlar.

Foto: Reuters

Xanoydagi PDS itlarni tayyorlash markazida murabbiy itlardan birini yuvintirmoqda. PDS 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Vyetnamdagi eng yirik itlarni tayyorlash markazlaridan biri hisoblanadi.

Foto: EPA