O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab kamera obyektiviga muhrlangan suratlarni taqdim etamiz.

Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi yaqinida o‘sgan momoqaymoq.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bangladeshdagi maydonda soyabon ostida quyosh nuridan saqlanib, qizil chili qalampirini saralayotgan ishchilar.

Foto: Solent News

Lil Morgans ismli usta Buyuk Britaniyaning Gempshir grafligida VII asrga tegishli Anglo-Sakson an’anaviy yog‘och uyining ustiga somon yopmoqda.

Foto: PA

Toshkent shahridagi Chorsu oziq-ovqat bozorining meva va sabzavotlar rastasida mahsulotlarni tomosha qilib yurgan musicha.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Uelsning Nefin shahrida yer ko‘chishi oqibatida hovlisi yaqinida jarlik hosil bo‘lgan uylar.

Foto: Reuters

Shanxayda boshlangan Xalqaro avtomobilsozlik ko‘rgazmasida namoyish qilingan Mercedes Avatar konsept-kari.

Foto: EPA

Braziliyalik Gabriel Medina ismli syorfingchi Avstraliyaning Narrabin sohilida bo‘lib o‘tayotgan musobaqada qatnashmoqda.

Foto: Getty Images

Chorsu oziq-ovqat mahsulotlari bozorida shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan arzonlashtirilgan kartoshkalar yarmarkasi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Meksikaning Kampache shtatida karantin joriy qilingandan beri birinchi marta an’anaviy o‘quv jarayonlari boshlangandan so‘ng 10 yoshli Jeyd Chan Pukning onasi qizini maktabga ketishidan oldin sochini yig‘ib qo‘ymoqda. Kampache pandemiya sababli bir yillik masofaviy o‘qitishdan so‘ng oflayn o‘quv rejimiga qaytgan birinchi Meksika shtati bo‘ldi.

Foto: AP Photo

Malayziyada yovvoyi tabiat agentligi qo‘riqchilari Xalqaro Tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Qizil ro‘yxatiga kiritilgan, yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan Malayya tapirini Pakanbaru qishlog‘i aholisi bilan birgalikda chuqurdan qutqarib olmoqda.

Foto: Getty Images

Malining Bomoko shahrida uy ishlariga yordam berayotgan bolalar. Mali aholisining yarmini 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil qiladi.

Foto: Getty Images

Vengriyalik lo‘lining to‘rt yoshli bolasi Milan Bastur o‘z uyi oldida velosipedda uchib yuribdi. Vengriyadagi ushbu ozchilik o‘quvchilari kompyuter yoki internetdan foydalana olmaydi va pandemiya paytida masofaviy ta’limdan qolib ketmaslik uchun harakat qilmoqda. So‘rovnomalar shuni ko‘rsatadiki, Vengriyadagi lo‘li oilalarining yarmidan kamrog‘i kabel va mobil internetga ega, 13 foizida esa umuman internet yo‘q.

Foto: AP Photo

UEFA kongress yig‘ilishiga kelgan FIFA prezidenti Janni Infantino. Yig‘ilishda yaqinda tashkil qilingan Yevropa Superligasiga tegishli qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda. UEFA Shveysariyadagi kongressida o‘zining nufuzli Chempionlar Ligasi va Angliya Premyer ligasi kabi ichki musobaqalariga tahdid soladigan Superligaga qarshi choralar ko‘rishda dunyo futboli rahbarining qo‘llab-quvvatlovidan umid qilmoqda.

Foto: Getty Images

20-aprel oqshomida Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlari osmonida chaqmoq chaqib, momaqaldiroq kuzatildi.

Foto: Telegram / “Exo Uzbekistana”

Quyosh botishi fonida Sidney opera teatri.

Foto: AP Photo

Turkiya poytaxti Anqara yaqinidagi ko‘lda uchayotgan flamingolar galasi.

Foto: Shutterstock

Braziliyaning tub aholisi vakili mamlakat prezidenti Jair Bolsonaru hukumatiga qarshi bo‘layotgan namoyishni tomosha qilmoqda.

Foto: Reuters

Jizzaxda Rossiyadan kelayotgan yuk avtomobili ag‘darildi. Olib ketilayotgan qo‘ylarning yuzga yaqini nobud bo‘lgani aytilmoqda. Suratda biron qo‘y harom o‘lib qolmasligi uchun qo‘lida pichog‘i bilan turgan odam (o‘ngda).

Foto: “Daryo”

“Liverpul” stadioni panjaralariga jamoaning Yevropa Superligasiga qo‘shilganiga qarshi chiqqan muxlislar tomonidan osib ketilgan banner. Unda “Uyat, Liverpul” deb yozilgan va klub o‘lgani ta’kidlangan.

Foto: Reuters

Mamlakat bo‘ylab koronavirus cheklovlari yumshatilgani sababli Ashkelon sohillarida hordiq chiqarayotgan isroilliklar.

Foto: Reuters

Toshkent osmonida kuzatilgan chaqmoq.

Foto: “Molodaya fotografiya Uzbekistana” / Yura Artikov

Janubiy Koreyadagi universitet talabalari Fukusima atom elektr stansiyasidan radioaktiv suvni okeanga chiqarishga qaror qilganiga qarshi Yaponiya elchixonasi oldida sochlarini oldirdi. 13-aprel kuni Yaponiya hukumati Fukusima AESdan radioaktiv suvni Tinch okeaniga chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Foto: Shutterstock

Germaniyaning Erfurt ko‘chalarida Boston Dynamics roboti va it.

Foto: Getty Images

Toshkent shahrining “Farhod” bozorida o‘z mahsulotini xaridorlarga ko‘rsatayotgan nisholda sotuvchi ayol.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Dengiz ekologi Lui Xajiannu Kiprning janubi-sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan Ayia Napa shahridagi toza suvlarning zaif faunasiga iqlim o‘zgarishi ta’sirini kuzatish vaqtida marjon qoyalarni suratga olmoqda.

Foto: Getty Images

Arizona shtatidagi chegara xizmati tomonidan ushlab turilgan Meksika, Kuba va Gaitidan AQShga boshpana izlab kelgan muhojirlar guruhi.

Foto: Reuters

Moskvada moda haftaligi doirasida dizayner Gerda Irenening yangi to‘plami namoyish etildi.

Foto: EPA