O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 24-aprel kuni jami 15 778 kishi COVID-19’ga qarshi emlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Foto: SSV matbuot xizmati

Shu tariqa ayni kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 544 529 nafarga yetdi.

24-aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Surxondaryo viloyati (3161 nafar);
  • Samarqand viloyati (2554 nafar);
  • Namangan viloyati (2235 nafar) band qildi.

Ta’kidlanishicha, hozirga qadar jami emlanganlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatida (73 479 nafar) qayd etilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Namangan viloyati (58 995 nafar), Samarqand viloyati (54 054 nafar), Andijon viloyati (52 435 nafar) turibdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari COVAX jamg‘armasi tomonidan olib kelingan AstraZeneca vaksinasi va O‘zbekiston—Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan emlanmoqda. 23-aprel kuni O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining dastlabki partiyasi keltirildi.