Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Dunyo bo‘ylab 19-aprel kuni olingan suratlarni taqdim etamiz.

Bangladeshning karam yetishtirish dalasida hosilni yig‘ib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan fermer.

Foto: Solent News

2021-yil 18-aprel kuni karantin talablari <a href=kuchaytirilgani bois Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari yo‘l harakati qatnashchilari orasida amaldagi sanitariya-gigiyena talablarini buzuvchilarni aniqlash tadbirlarini o‘tkazmoqda. Qoidalar kuchaytirilgan kunning o‘zida jamoat joylarida niqobsiz yurgan 773 kishi jarimaga tortilgan." data-action="zoom" class="border lazyload" />

2021-yil 18-aprel kuni karantin talablari kuchaytirilgani bois Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari yo‘l harakati qatnashchilari orasida amaldagi sanitariya-gigiyena talablarini buzuvchilarni aniqlash tadbirlarini o‘tkazmoqda. Qoidalar kuchaytirilgan kunning o‘zida jamoat joylarida niqobsiz yurgan 773 kishi jarimaga tortilgan.
Foto: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi

Mirtl Mey ismli it AQShning De-Moyn shahrida o‘tkazilgan Go‘zal Buldog tanlovining g‘olibi deb topildi. Tanlovda 21 ta buldog ishtirok etgan.

Foto: AP Photo

Sent-Vinsentda harakatga kelgan vulqonning kullari bilan qoplangan mashina g‘ildiragini tuzatayotgan usta.

Foto: Reuters

Namangan viloyatining Chust tumanidagi Olmos qishlog‘ida yashovchi Nuriddin To‘xtamurodovning garajida saqlanayotgan 6 ta noyob avtomobil. Ular ichidagi “ZIM” avtomobilidan “Qo‘rg‘oshin” filmida foydalanilgani aytilmoqda.

Foto: “Daryo” / Jo‘rabek Mahmudov

Hindistonning Ahmadobod shahrida nafas olishda muammosi bo‘lgan bemorga uning qarindoshi koronavirusga ixtisoslashgan kasalxonaga yetib olish uchun yordam bermoqda.

Saida Mirziyoyeva Mass-media fondi va Milliy TV telekanali Ramazon oyi munosabati bilan “Ramazon diydor” loyihasini yo‘lga qo‘yganini e’lon qildi. Ushbu loyiha doirasida xayriya iftorlari o‘tkaziladi. Suratda namoz o‘qiyotgan Saida Mirziyoyeva (o‘ngdan birinchi).

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Marsda birinchi sinov parvozini amalga oshirgan Ingenuity uchuvchisiz vertolyotining sayyora yuziga tushib turgan soyasi. Undan teparoqda va pastroqda Perseverance marsoxodi g‘ildiraklarining izlarini ko‘rish mumkin.

Foto: NASA

Shveysariyaning Syurix shahrida qish tugashiga bag‘ishlangan an’anaviy bayram nishonlandi. Suratda ramziy qor bola katta kran yordamida daradagi ko‘prik ustida joylashtirilgan platformadan tushirilmoqda.

Foto: EPA

Buyuk Britaniyada koronavirus cheklovlari yumshatilgani sababli London ko‘chalarining birida odamlar bilan raqs tushayotgan politsiya xodimi.

Germaniyada Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerlaridagi yaylovga fermerlar tomonidan qishdan keyin birinchi marta qo‘yib yuborilgan sigirlar.

Farg‘ona shahridagi “Ahmadjon qori” jome masjidida tarovih namozi o‘qiyotgan musulmon.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Tailandning Bangkok shahrida koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun tashkil etilgan dala kasalxonasidagi bo‘sh yotoqlar.

Janubiy Afrika poytaxti Keyptaun shahri yaqinida o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi. Yong‘indan hosil bo‘lgan tutunlarni kuchli shamol atrofga tarqatyapti. Suratda o‘sha tutun ichidagi o‘t o‘chiruvchilar.

Foto: “TASS”

Xitoyda eng qimmat kartinalardan biri — rassom Syu Beyhongning “Qul va sher” asari Gonkongda kim oshdi savdosiga qo‘yildi.

Foto: Christie’s

Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida 26-aprelga qadar to‘liq lokdaun joriy qilindi. Shaharda pandemiyaning to‘rtinchi to‘lqini boshlandi. Poytaxtda har kuni 25 mingga yaqin koronavirusga chalinish holatlari aniqlanmoqda.

DonKenik Bizli ismli ayol Kolorado shtatining Denver shahrida Daunt Rayt politsiya tomonidan otib tashlanishiga qarshi norozilik namoyishi paytida nutq so‘zlamoqda.

Texas shtatida boshpana izlayotgan muhojir oilalari Rio-Grande daryosi orqali tikanli simlar ostidan Meksikadan AQShga o‘tmoqda.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov (o‘ngdan birinchi) “Azon.uz” loyihasi rahbari Mubashshir Ahmad bilan bir safda namoz o‘qimoqda.

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

Fransiyaning Tilloy-le-Kambre shahrida kartoshka ekayotgan dehqon traktorini dala bo‘ylab haydamoqda.

Fransiyaning Tilloy-le-Kambre shahrida kartoshka ekayotgan dehqon traktorini dala bo‘ylab haydamoqda.
Foto: Reuters

Falastinlik ayol Al-Aqso masjidi joylashgan tepalikda duo qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar sayohat uchun ko‘proq qaysi davlatlarga borayotgani ma’lum qilindi
Dunyo
Ijevskdagi maktabda yuz bergan otishma qurbonlari soni 17 kishiga yetdi
Sport
Millatlar Ligasida uchinchi yarim finalchi nomi ma’lum bo‘ldi