Rossiya shaharlarida 21-aprel kuni muxolifatchi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishilmagan harakatlar bo‘lib o‘tdi. Aksiya talablari orasida muxolifatchiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish ham bor. Real vaqt rejimida hisoblab boruvchi “OVD-Info” xaritasiga ko‘ra, namoyishda 1691 kishi hibsga olingan. Qo‘lga olinganlarning eng ko‘pi Sankt-Peterburg shahriga to‘g‘ri kelmoqda — 774 kishi. Aksiya Moskvada qay ko‘rinishda bo‘lib o‘tgani haqida “RBK” fotoreportaj tayyorladi.

Namoyishchilar kechki soat yettilarda Moskva markazida yig‘ilishni boshladi

Foto: “RBK”

Kunning ikkinchi yarmida markaziy ko‘chalarning ayrim qismlariga to‘siqlar o‘rnatila boshlandi

Foto: “RBK”

Kech tushmasdan Tverskaya ko‘chasi va Davlat Dumasi oldida ko‘plab odamlar to‘planib bo‘lgan edi

Foto: “RBK”

20:30 da Moskva politsiyasi aksiyaning 6 ming ishtirokchisini sanadi

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

21-aprel, chorshanba kuni ertalab Moskva markazidagi Kreml va “Manej” markaziy ko‘rgazma zalining qarshisida joylashgan Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetida ta’lim masofaviy rejimga o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Ma’muriyat buni Putinning Federal majlisga murojaat yo‘llashi munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuvlar bilan izohladi. (tadbir chorshanba kuni tushdan keyin “Manej”da bo‘lib o‘tdi)

Yozuvchi Dmitriy Bikov Moskva markazidagi Tverskaya ko‘shasida

Foto: “RBK”

Prokuratura Navalniy tomonidan tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (Adliya vazirligi tomonidan xorijiy agent sifatida tan olingan) va muxolifat shtab-kvartirasini ekstremistik tashkilotlar deb tan olishni talab qilganidan ikki kun o‘tgach, Navalniy tarafdorlari ushbu yangi norozilik aksiyasini e’lon qildi.

Foto: “RBK”

Namoyishchilarning talablari orasida Navalniyga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish kerakligi ham bor

Foto: “RBK”

31-mart kuni Navalniy ochlik e’lon qilgan edi. U beli va oyog‘ida og‘riq zo‘raygani, ammo unga kerakli dorilar berilmagani va shifokorlar yuborilmagani sababli shunday qarorga kelganini aytgan. Moskvalik olim Navalniy bilan birdamlik belgisi sifatida ochlik aksiyasi e’lon qildi. O‘nlab odamlar uni qo‘llab-quvvatlagan. Olim o‘z harakatining asosiy maqsadi koloniyadagi Navalniyni shifokor tekshiruvdan o‘tkazishga va unga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishga chaqirish ekanini ta’kidlagan.

Federal jazoni ijro etish xizmati Navalniyga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani hamda shifokorlar uning ahvolini qoniqarli deb baholayotganini da’vo qilmoqda.

“20-aprel kuni Vladimir viloyatidagi davlat kasalxonalarining fuqarolik shifokorlari Aleksey Navalniy yoniga tashrif buyurdi”, — dedi Rossiyadagi inson huquqlari bo‘yicha ombudsman Tatyana Moskalkova. Uning so‘zlariga ko‘ra, Navalniyning sog‘lig‘i to‘g‘risida hozircha “jiddiy tashvish” mavjud emas.

Aleksey Navalniyning xotini Yuliya va ukasi Oleg

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Reper Noize MC (Ivan Alekseyev)

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Kechqurun namoyishchilar Tverskayadan boshqa ko‘chalarga ham yoyildi, shu qatorda ba’zilar Trubnaya maydoniga bordi

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”