• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Agar Putin Navalniyning koloniyada o‘lishiga qo‘yib bersa, ‘qotil’ degan nomni oqlagan bo‘ladi”. Dunyo matbuoti Navalniyni qo‘llab-quvvatlamoqda. AQSh ham Rossiyani buning oqibatlari haqida ogohlantirmoqda

    The New York Times tahririyati Rossiya prezidenti Vladimir Putinga muxolifatchi Aleksey Navalniyni shifokor ko‘rigidan o‘tkazish, uning ahvoli qay darajada og‘irligini baholash va agar zarur bo‘lsa, siyosatchini intensiv terapiyaga yuborish so‘rovi bilan murojaatnoma chop etdi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Murojaat mualliflarining aytishicha, garchi Putin o‘zining eng ashaddiy tanqidchisidan xalos bo‘lishni afzal ko‘rsa-da, (buni Kreml kimyoviy zahar yordamida allaqachon sinab ko‘rgan) Navalniyning sog‘ligi to‘g‘risidagi qarorning qabul qilinishi aynan Putinga bog‘liq.

    “Ammo Putin janoblari Navalniyning koloniyada o‘lishiga yo‘l qo‘yishi, uning yaqinda prezident Bayden aytganidek, ‘qotil’ va o‘z tanqidchilarini jim qilish uchun hamma narsani qiladigan qasoskor zolim sifatidagi maqomini mustahkamlashini anglab yetishi kerak. Putin dunyoda va uning tobora avtoritarga aylanishidan charchagan rossiyaliklar orasida bu qanday reaksiyaga sabab bo‘lishini tushunish uchun yetarlicha uzoq vaqtdan beri hokimyatni boshqarib kelmoqda”.

    Xabarlarga ko‘ra, qamoqdagi Aleksey Navalniyning sog‘lig‘i tobora yomonlashmoqda; u ochlik e’lon qilib, shifokor ko‘rigidan o‘tishiga ruxsat berilishini talab qilgan. “Rossiya hukumati avgust oyida uni o‘ldirishga uringanidan kelib chiqsak, koloniya ma’muriyatining Navalniy bilan sodir bo‘layotgan voqealar haqidagi har qanday “rasmiy” bayonotlariga ishonib bo‘lmaydi”, — deb yozadi New York Times. Ammo Navalniy vafot etsa, bunga kim javobgar bo‘lishi haqida shubha bo‘lmaydi va bu o‘limning bahosi qimmatga tushadi, deya ta’kidladi mualliflar.

    Bungacha, 9-aprel kuni Washington Post gazetasi tahririyati shu kabi murojaat bilan chiqqan edi. Gazeta murojaati Putinga emas, balki AQSh va boshqa G‘arb davlatlari hokimiyatiga qaratilgan edi. Jurnalistlar ularni Navalniyni zaharlashga urinishda ishtirok etgan mansabdor shaxslar va tashkilotlarga nisbatan allaqachon qo‘llanilgan sanksiyalar haqida to‘xtamaslikka chaqirgan. Murojaatnoma mualliflari Navalniyning o‘zi Putinning boyliklarini saqlovchilar deb atagan 35 oligarxga qarshi “Magnitskiy qonuni” bo‘yicha aktivlarni muzlatish va g‘arbga kirish taqiqlovini o‘z ichiga olgan sanksiyalarni joriy etish hamda ularni mahbus ozod qilinmaguncha ro‘yxatdagi shaxslarga hamda ularning oilalari nisbatan qo‘llash tarafdori ekanini bildirgan.

    “Bu natijaga erishish imkoniyatini beruvchi strategiyaga o‘xshaydi. Ammo bu strategiya amalga oshmasa, agar Kreml kechiktirilgan suiqasd rejasini amalga oshirish payida bo‘lsa, buning oqibati shu kabi sanksiyalardan boshlanishi kerak”,  — deb yozadi Washington Post.

    Aprel oyida boshqa dunyo OAV ham Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlab chiqdi. Masalan, Amerikaning bir nechta gazetalari The National Review jurnalining murojaatnomasini qayta nashr etdi, unda Navalniy “Yerdagi eng jasur odam” deb atalgan, Argentinaning La Nacion nashri bosh sahifada “Navalniyga ozodlik!” so‘zlarini chop etdi. 16-aprel kuni Fransiyaning Le Monde gazetasi ochiq xat e’lon qildi, unda 78 nafar G‘arb madaniyati arboblari Putinni shifokorlarni Navalniy bilan uchrashtirishga chaqirgan. Maktubga rejissor Jey Jey Abrams, aktyorlar Benedikt Kamberbetch va Jud Lou, Radiohead guruhi rahbari Toms York, rassom Art Shpigelman va adabiyot bo‘yicha besh nafar Nobel mukofoti sovrindorlari imzo chekkan.

    AQSh prezidenti ma’muriyati siyosatchi Aleksey Navalniy koloniyada vafot etgan taqdirda Rossiyani javobgarlikka tortish bo‘yicha bir nechta choralarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Jo Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan CNN telekanalida aytib o‘tdi.

    “Biz Rossiyaga Navalniy bilan hibsda sodir bo‘ladigan voqealar uchun javobgar ekanini aytganmiz. Ular xalqaro hamjamiyat oldida javobgar bo‘ladi. Muayyan choralar nuqtayi nazaridan biz ularning badali qanday bo‘lishiga oid ko‘plab usullarini ko‘rib chiqmoqdamiz. Hozircha bular haqida jamoat oldida bayonot berolmayman. Ammo biz Navalniy vafot etsa, buning oqibati yomon bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida Rossiyani ogohlantirdik”, —  dedi AQSh prezidentining yordamchisi.

    Avvalroq koloniyada saqlanayotgan Navalniyning ahvoli yomonlashayotgani, unda ikkita umurtqa churrasi aniqlangani haqida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir:

    • Ramzan Qodirov Navalniyni provokatsiyalar uchun Qur’ondan foydalanishga urinishda aybladi
    • Aleksey Navalniy axloq tuzatish koloniyasida ikki hafta ichida oltita tanbeh oldi

    19.04.2021, 08:36   Izoh (0)   20034
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkmaniston prezidentining otasi 89 yoshida vafot etdi

    19.04.2021, 00:09

    Eronda kuchli zilzila sodir bo‘ldi

    18.04.2021, 15:35

    Buyuk Britaniyada 99 yoshida vafot etgan shahzoda Filippning dafn marosimi o‘tkazildi (foto va video)

    18.04.2021, 14:59

    Chexiya 18 nafar rossiyalik diplomatni qaytarib yuboradi

    18.04.2021, 14:38

    Rossiya FXB va Belarus DXQ Lukashenkoga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rilganini bildirdi. Lukashenko mazkur fitnaga AQShning aloqasi borligini aytdi

    18.04.2021, 13:37

    Eron Natanzdagi yadro obyektida qo‘poruvchilik harakatini uyushtirgan shaxs mamlakatdan qochib ketganini e’lon qildi

    18.04.2021, 11:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.