Fransiya terma jamoasi JCh—2022 saralash bosqichi 2-turi doirasida 28-mart kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda Qozog‘istonni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).
Didye Desham qo‘l ostidagi jamoa safar o‘yinlaridagi ketma-ket yettinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Umumiy hisob — 13:1.
Bu fransuzlar uchun so‘nggi 30 yildagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi. 1990-yilning yanvaridan 1991-yilning oktabrigacha Fransiya terma jamoasi ketma-ket yettita mehmondagi o‘yinni g‘alaba bilan yakunlagandi.
So‘nggi bor Fransiya 2019-yilning iyunida safarda g‘alaba qozona olmagandi. O‘shanda jamoa Yevro—2020 saralashi doirasidagi o‘yinda Turkiyaga yengilgandi (0:2).
Amaldagi jahon chempioni keyingi safar o‘yinini 31-mart kuni Bosniya va Gersegovinaga qarshi o‘tkazadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)