Toshkent vaqti bilan 28-mart tongida bo‘lib o‘tgan UFC 260 musobaqasining eng yorqin chiqishi mualliflariga bonus taqdim etildi va kechaning eng yaxshi jangi aniqlandi.
Frensis Ngannu va Shon O`Melli kechaning eng yorqin chiqishi uchun 50 ming dollar miqdorida bonusga ega bo‘ldi. Ngannu chempionlik jangida Stipe Miochichni nokautga uchratgan bo‘lsa, Shon Tomas Almeydani nokaut bilan yutdi.
Visente Lyuke va Tayron Vudli o‘rtasidagi to‘qnashuv musobaqaning eng yaxshi jangi sifatida e’tirof etildi. Bu bahsda Lyuke birinichi raundda bo‘g‘ish usuli bilan Vudlini taslim etdi. Ularning har ikkisi 50 ming dollardan mukofot puliga ega bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)