Yengil vazn toifasida UFC jangchisi Dastin Porye sobiq chempioni Konor Makgregorga qarshi kechadigan uchinchi jangi sanasini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jang 10-iyulda (Toshkent vaqti bilan 11-iyul) bo‘lib o‘tadi.
10-iyul kuniga UFC 264 musobaqasi rejalashtirilgan.
Avvalroq Porye Konorga qarshi uchinchi jangni o‘tkazish uchun yengil divizion vakant kamari uchun kechadigan jangdan voz kechgani ma’lum bo‘lgandi.
Porye UFC 257 musobaqasida Makgregorni ikkinchi raundda nokautga uchratgandi. Undan avval yakkakurashchilar 2014-yilda ham o‘zaro to‘qnash kelgan va unda irlandiyalik sportchi birinchi raundda Poryeni nokautga uchratgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)