Ispaniya terma jamoasi JCh—2022 saralashi doirasida 28-mart kuni Gruziyani mag‘lubiyatga uchratdi (2:1).
Ispaniya terma jamoasi Jahon Chempionatlari saralash bahslari doirasidagi ketma-ket 37-o‘yinda gol urdi va bu borada G‘arbiy Germaniyaning rekordini yangiladi. Avvalgi rekord (36 o‘yin) nemislar tomonidan 1934—1985-yillar mobaynida o‘rnatilgandi.
Bundan tashqari “qizil furiya” JCh saralashlarida ketma-ket 65 o‘yindan buyon yutqazmayapti. Bu esa mutlaq rekord hisoblanadi. So‘nggi bor ispanlar 1993-yilning mart oyida Daniyaga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ygandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)