Latviyadagi Yurmala kurort shahrida joylashgan plyajda muz “marjon”lar paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Internetda tarqalgan kadrlardan ko‘rish mumkinki, muz sferalarning o‘lchami turlicha. Ularning ba’zilari shu qadar kattaki, inson kaftiga zo‘rg‘a sig‘adi.
https://twitter.com/tass_agency/status/1369910370505265158
Muz “marjonlar” — bu tabiat hodisasi. Bunday “marjonlar” loyli qor bilan suv aralashmasidan muz parchalari hosil bo‘lganda paydo bo‘ladi. Muz kristallari dengiz to‘lqinlari ta’sirida sferik obyektlar ko‘rinishiga kiradi.
Bu kabi sharlar qirg‘oqdan uzoqda paydo bo‘lmaydi. Videoda ham sharlar suv yaqinida tasvirlangan.
Avvalroq sovuq ob-havo tufayli Moskvadagi istirohat bog‘ida qorli “shilliqurtlar” paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)