Sayohatchilar tomonidan Irlandiyadagi o‘rmonlarning birida suratga olingan “sochsimon muz” surati internetda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi, deb yozadi “Hi-Tech.Mail.ru”.

Foto: Twitter / KennyAllen18

O‘rmonni aylanib yurgan bir guruh sayyohlar daraxtlardagi noodatiy qorni payqab qolgan — qorparchalar paxtaqandga o‘xshab ketgan. Ular xuddi daraxt shoxlari bilan birga o‘sgandek. Sayohatchilar daraxt yaqiniga borib, bu qor emas, balki muz tolalarining jamlanmasi ekanligiga guvoh bo‘lgan.

Foto: Twitter / KennyAllen18

Tabiat hodisasi tasvirlangan surat Twitter’ga joylashtirilgan bo‘lib, u yerda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Foydalanuvchilar muz iplar chiriyotgan nam daraxtlarda havo harorati Selsiy bo‘yicha 0 darajaga tushganida hosil bo‘ladi, degan xulosaga kelgan. Ushbu holatni o‘rganish uchun 2015-yilda tadqiqot o‘tkazilgan: o‘shanda olimlar “muz soqollar”ning paydo bo‘lishiga Exidiopsis effuse zamburug‘i ta’sir ko‘rsatishini aniqlagan.

Foto: Twitter / KennyAllen18

Zamburug‘ daraxt chirishni boshlagan vaqtida yirik muz kristallarining shakllanishiga to‘sqinlik qiladigan alohida moddalar guruhini ajratadi. Ularning o‘rniga mayda tolalar paydo bo‘ladi. Bu asosan Shimoliy yarimshardagi bargli o‘rmonlarda kuzatiladi. Bunga qadar AQSh, Kanada, Rossiya, Shvetsiya va Germaniyada ham “sochsimon muzlar” kuzatilgan.

Avvalroq Rossiyadagi suv omborida kamyob tabiat hodisasi — “muz gullar” suratga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.