Daryo

Sovuq ob-havo tufayli Moskvadagi istirohat bog‘ida qorli “shilliqurtlar” paydo bo‘ldi (video)

Qorli “shilliqurtlar”ni odamlar bolalarning o‘yini deb o‘ylagan

1 daqiqa o‘qish55 574 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “vesti.ru”

Ushbu haftada moskvaliklar g‘ayrioddiy hodisaga guvoh bo‘ldi. Ya’ni shahar aholisi bog‘ va xiyobonlarda qorli “shilliqurtlar”ga duch keldi. Shaharning turli joylarida, masalan, Neskuchniy xiyoboni, Vorobyev tog‘i, Gorkiy bog‘ida ularni ko‘rish mumkin, deb xabar beradi “Vesti”.

Dastlab odamlar buni bolalarning oddiy o‘yini deb o‘ylagan, ammo yaqin atrofda hech qanday oyoq izi bo‘lmagan. Aniqlanishicha, bunday qorli “shilliqurtlar”ni tabiatning o‘zi yaratgan,

Foto: “Vesti.ru”

Ma’lum bo‘lishicha, kuchli shamol qiyaliklar bo‘ylab qorlarni ag‘darib, o‘zi bilan uchirib aylantirishda davom etgan. Natijada qorli “shilliqurtlar” paydo bo‘lgan. Bunga sabab ob-havoning keskin pasayishi va kuchli shamoldir.

Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar