O‘zbekiston hududiga 13—14-mart kunlari Volgabo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Ma’lum qilinishicha, shu kunlari respublikada yog‘ingarchilik (14-martga o‘tar kechasi yomg‘ir qorga aylanadi), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 13-martda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
14—15-martda harorat kechalari 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha, Qoraqalpog‘istonda kechalari 10-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-7 daraja sovuqqacha, Xorazm viloyatida kechalari 6-11 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi.
13—14-martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Izoh (0)