• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sodiq Safoyev 1996-yili O‘zbekistonda valyuta konvertatsiyasining cheklanishi nimalarga olib kelgani haqida gapirdi

    O‘zbekiston iqtisodiy tizimining qulashi va o‘zgarishi uchun ichki omil 1996-yilda, valyuta konvertatsiyasiga cheklov o‘rnatilgan paytda sodir bo‘lgan. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

    Foto: Alter Ego

    Foto: Alter Ego

    Gap Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-noyabrdagi 405-sonli “Iste’mol tovarlarini import qilish uchun markazlashtirilgan valyuta resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarori haqida ketmoqda. Hujjat bilan Markaziy bankning yuridik va jismoniy shaxslarga konvertatsiya huquqini beruvchi barcha patentlari bekor qilingan hamda yirik supermarketlar, qo‘shma korxonalar yoki “hayot uchun muhim resurslar”ni yetkazib beruvchilarning konvertatsiyasiga litsenziya berilgan.

    “O‘ylashimcha, marra 1996-yilda edi. Avvaliga haqiqatan ham ekstensiv bosqich edi — davlat tasarrufidan chiqarish, xususiy mulkka ruxsat berilishining o‘zi elementar fakt. Bu ulkan iqtisodiy fakt. Har qanday rejimda, iqtisodiy siyosatdan farqli o‘laroq, odamlarning erkin ishlashiga, ishlab chiqarishi, savdo qilishi, harakatlanishiga ruxsat berganingiz, o‘z-o‘zidan hukumatning sa’y-harakatlariga qaramay, ulkan iqtisodiy o‘sish beradi. Bu 90-yillar boshida, odamlar birinchi iqtisodiy erkinlikni his qilganida, sotsialistik mulkka monopoliya bo‘lmagan vaqtda sodir bo‘ldi. Buning o‘zi kuchli o‘sish berdi”, — deydi Sodiq Safoyev.

    “1994-yilda (u paytlarda Germaniyada ishlardim) bir hodisani sezdim: kelganlar ularga shopping tashkillashtirib berishni so‘ramay qo‘ydi. Avvallari ular kelishib, birinchi navbatda oziq-ovqat, kiyim-kechak xarid qilishga tushar edi. Endi esa ular ‘balki muzeyga borarmiz, futbol, teatr ko‘ramiz’, deyishni boshladi”, — deya eslaydi O‘zbekistonning Germaniyadagi sobiq elchisi (1993—1996-yillar). Uning qo‘shimcha qilishicha, milliy valyuta joriy etilganida uning kursi bir dollar uchun 10 so‘mdan kamroq bo‘lgan, kurs hatto 6 so‘mgacha qulagan davrlar bo‘lgan.

    Sodiq Safoyevning ta’kidlashicha, konvertatsiyaning cheklanishi “mamlakat oltin-valyuta zaxirasini saqich sotib olish uchun ishlata olmasligi” bilan izohlangan.

    “Shundan keyin esa saqich olib kirish oshib ketdi. Ehtimol, bu tizimning tabiatiga, boshqaruv tizimini markazlashtirish va resurslarni taqsimlash nuqtayi nazaridan davlatning iqtisodiyotdagi rolini monopoliyalashtirishga urinish bilan bog‘liqdir. Konvertatsiya markaziy organ tomonidan amalga oshirilsa, demak, xususiy kompaniyalar, tadbirkorlarda rivojlanish uchun resurs qolmaydi. Asosan davlat ushbu masalalarni boshqarishni boshladi. Bu eski davlat rejasi yo‘nalishining xarakteri. Bu odamlar qanday tarbiyalangani refleksi edi. Bozorni ko‘rinmas qo‘lga topshirib qo‘yishdan ko‘ra jamiyatni rivojlantirishni yaxshiroq hal etadigan aqlli odamlarning tor guruhi bor…”, — deydi senator.

    Uning aytishicha, oxir-oqibat “xususiy tadbirkorlik faoliyati nish urgan”. Bundan tashqari, O‘zbekiston normal moliyaviy va bank tizimini yaratishni uddalay olmadi.

    “Bankdagi do‘stlarimiz bizda banklar yo‘qligini aytganimda doim mendan xafa bo‘lar edi. Bizda davlat moliyaviy resurslarini boshqarish bo‘yicha davlat korxonalari bor. Ular mijoz uchun kurashmayaptimi, resurslar taqsimlanishida ishtirok etmayaptimi, demak, bank emas”, — deydi u.

    Senatorning ta’kidlashicha, hozirda banklar bilan bog‘liq tizim o‘zgarmoqda — ularning ayrimlari xususiylashtirish uchun sotuvga qo‘yilgan.

    Shu bilan birga, Sodiq Safoyev “davlat iqtisodiyotni boshqarish jilovini butunlay qo‘yib yuborishiga” qarshi chiqqan. Uning fikricha, davlatning iqtisodiyotdagi roli doimo, xususan, strategik masalalar, muhim vaziyatlarni aniqlash, sharoitlarni yaratishda bo‘lishi kerak.

    “Bu hamma yerda, har qanday mamlakatda bor. Laissez-faire prinsipi (aralashmaslik prinsipi — davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal bo‘lgan iqtisodiy doktrina) laboratoriyali toza holatda ta’sir qiladigan mutlaq liberal iqtisodiy tizim yo‘q. Oxir-oqibat, bu har doim ham nisbiydir... Masalan, german-skandinaviya tizimi umuman boshqacha, yaponlarniki ham butunlay o‘zgacha. U yerda davlatning roli juda kuchli. Ayniqsa, iqtisodiyotni o‘zgartirish zarur bo‘lgan hozirgi bosqichda davlatning safarbar etuvchi roli bo‘lishi shart”, — deydi Senat raisi o‘rinbosari.

    Sodiq Safoyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston doim o‘z yo‘liga egaligini gapirib kelgan, biroq uning shaxsan o‘zi ushbu so‘z birikmasini qabul qilmagan.

    “O‘ylaymanki, butun insoniyat umumiy rivojlanish prinsiplariga ega. Albatta, milliy o‘ziga xoslik mavjud, ammo iqtisodiy rivojlanishning umumiy qonunlarini e’tiborsiz qoldirish modelining atamasi belgilanayotganda — buni qabul qilib bo‘lmaydi”, — deydi u.

    Senatorning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi model dunyoviy demokratiya, rivojlangan fuqarolik jamiyati va ijtimoiy asoslangan bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan.

    Mavzuga doir: “Men Shavkat Mirziyoyevdan boshqa nomzodni ko‘rmayapman”. Sodiq Safoyev prezident saylovlari to‘g‘risida

    04.03.2021, 18:11   Izoh (0)   21724
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqanddagi SES binosi qurilishida 281 mln so‘mni talon-toroj qilgan tadbirkorga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    04.03.2021, 17:47

    O‘zbekistonliklar Navro‘z bayramida ketma-ket 3 kun dam oladi

    04.03.2021, 17:24

    Qoraqalpog‘istonning Transport va Mehnat vazirliklari rahbarlari o‘zgardi

    04.03.2021, 17:03

    Dehqonobodda Shahrisabzdan kelayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqdi

    04.03.2021, 16:47

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga oltinchi kun pastladi

    04.03.2021, 16:30

    Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlariga yangi bosh soliqchilar tayinlandi

    04.03.2021, 16:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.