Markaziy bank 5-martdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,68 so‘mga pastlab, 10 477,86 so‘mni tashkil qildi. Yevro 85,06 so‘mga ko‘tarilib, 12 606,96 so‘m bo‘ldi.
Avvalroq O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10 500 so‘mdan pastlagani haqida xabar berilgan edi. Mamlakatda dollarning rasmiy kursi 26-fevraldan buyon ko‘tarilmadi.
Izoh (0)