So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    “Men Shavkat Mirziyoyevdan boshqa nomzodni ko‘rmayapman”. Sodiq Safoyev prezident saylovlari to‘g‘risida

    04.03.2021, 14:09 29041

    Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida 24-oktabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlari haqida fikr bildirdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

    Foto: Alter Ego

    Foto: Alter Ego

    Senatorning fikricha, saylovlar “aslida avvalgi yillarda o‘tkazilgan islohotlarning qanday borayotganligini baholash bo‘yicha referendum bo‘ladi. Shuning uchun ular juda muhim”.

    “Boshqa tomondan, saylovlar mutlaqo boshqa sharoitlarda o‘tishi aniq: bugungi kunda boshqa O‘zbekiston, boshqa fuqarolik jamiyati, boshqa ommaviy axborot vositalari, boshqacha darajada ochiqlik mavjud. Baholash ham qat’iy bo‘ladi — tayyorgarlik ham, saylovlarni o‘tkazish ham”, — deb hisoblaydi u.

    Senat raisi birinchi o‘rinbosarining ta’kidlashicha, davlat oldida ikki vazifa turibdi.

    “Birinchisi va eng muhimi — xalq saylovlar haqqoniy va adolatli ekanligini, haqiqatan ham ular xohlagan nomzod tanlanganligini ko‘rishi lozim. Ikkinchisi, bu ham O‘zbekiston imiji uchun juda muhim — xalqaro hamjamiyat, YXHT (Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti — tahr.) va  boshqalar ham ushbu saylovlarni haqqoniy va adolatli deb tan olishi. Bu umuman boshqa darajadagi yuqori tayyorgarlik talab etadi”, — degan u.

    Sodiq Safoyev saylovlarning “keyingi islohotlar uchun zamin” yaratishini muhim deb hisoblaydi.

    “Aniq va to‘g‘ridan to‘g‘ri aytishim mumkin, men Shavkat Miromonovich Mirziyoyevdan boshqa nomzodni ko‘rmayapman. U ana shu islohotlarni boshlagan kishi, ularning lokomotivi, g‘oyalar generatoridir. Menimcha, unga keyingi muddat uchun yangi mandat berish O‘zbekiston kelajagi uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega”, — deb ta’kidlagan u.

    Shu bilan birga, senator saylov muvaffaqiyatli o‘tishi uchun muqobil nomzodlar bo‘lishi kerakligini tan oldi.

    “Albatta, bu yerda muqobil saylovlar, muqobil dasturlar bo‘lishi kerak. Qarama-qarshilik manbalaridan biri bu ijtimoiy-siyosiy institut bo‘lib, u muayyan sinflar, tuzilmalar manfaatlarini aks ettirishi lozim. Siyosiy partiyalarimiz bugungi kunda yetarli darajada ishlamayapti. Ular shunchaki ishlamayapti desa ham bo‘ladi. Axir aynan ular bugungi kunda blogerlar, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy tarmoqlar ko‘tarayotgan muammolarni ko‘tarishi kerak. Aynan siyosiy partiyalar shiorlarni, aholining turli qatlamlari manfaatlarini aks ettiruvchi siyosiy dasturni ishlab chiqishi va ilgari surishi kerak”, — deb qayd etgan Sodiq Safoyev.

    Senat rahbarining birinchi o‘rinbosari partiyalarning passivligi haqidagi savolga javob berar ekan, “hech kim prezident kabi ularni haqiqiy siyosiy partiyalar bo‘lishga turtki bermayotganini” aytib o‘tgan.

    “Ular uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ularning hamma takliflari amalga oshirilmoqda. Hammasi yana kadrlarga, odamlarga, ularning tayyorgarlik darajasiga borib taqaladi. Lekin ishonchim komil, jarayon davom etmoqda. Bu boshqa siyosiy partiyalar bo‘ladi.

    Ko‘rinib turibdiki, biz islohotlarni baholash bo‘yicha referendum haqida gapiradigan bo‘lsak, bu islohotlarni uncha ham yoqtirmayotgan odamlar bor, ular turli sabablarga ko‘ra bizda hozir olib borilayotgan modernizatsiyani amalga oshishini istamaydi. Ushbu spektrni aks ettiradigan siyosiy partiyalar bo‘lishi kerak. Odamlar bu masalani o‘rtaga tashlaydigan siyosiy partiya nomzodiga ovoz bersin”, — degan u.

    Senator  muqobil dasturlar va nomzodlarsiz “saylovlarni to‘laqonli, adolatli va haqqoniy deb baholab bo‘lmasligini” yana bir bor ta’kidlagan.

    Sodiq Safoyev mustaqil nomzodlarning prezidentlikka va deputatlikka mustaqil ravishda ilgari surilishi mumkin emasligi to‘g‘risida ham fikr bildirdi. U hozirda bu qonunchilikda ko‘rsatilmaganligini tan oldi, ammo o‘zini o‘zi nomzod qilib ko‘rsatish imkoniyati yo‘qligi ochiq saylovlar o‘tkazilishiga imkon bermaydi, deb hisoblamaydi.

    “Yo‘q, aslo. Siyosiy partiyalar, agar ular haqiqiy siyosiy partiyalar bo‘lsa, buni o‘zlariga singdirishlari mumkin. Biz bu masala bo‘yicha bahslashishimiz, konferensiya o‘tkazishimiz mumkin. Buni yoqlaydigan va bunga qarshi ko‘p argumentlar bor… Men bir narsani aytishim mumkin, oldinda bir nechta konferensiyalar bor va ushbu mustaqil nomzodlar masalasi ham (kun tartibida) turibdi”, — degan senator.

    Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2021-yilda o‘tkaziladigan “davlat va xalq hayotidagi muhim siyosiy hodisa” — prezidentlik saylovlari masalasiga to‘xtalib o‘tgandi. O‘shanda Shavkat Mirziyoyev Markaziy saylov komissiyasi “bo‘lajak saylovlarning milliy qonunchilik va umume’tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida yuksak saviyada tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratishi” lozimligini ta’kidlagandi.

    O‘zbekistonda Prezident saylovlari dekabrdan oktabrga ko‘chirilgan. Saylov muddatlari ko‘chirilishi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi izoh bergandi. Respublikada prezident sayloviga tayyorgarlik 2021-yil 1-martdan boshlanishi ma’lum qilingan.

    Mavzuga doir: Zayniddin Nizomxo‘jayev Markaziy saylov komissiyasi raisi, Bahrom Qo‘chqorov esa unga o‘rinbosar etib saylandi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nafaqat go‘zalligi, balki iste’dodi bilan ham tomoshabinlarning qalbidan joy olgan turk aktrisalari (foto)

    Bugun, 09:54

    IMZO O‘zbekiston bo‘ylab yuqori sifatli fabrika romlarini taklif etadi

    Bugun, 09:00
    Reklama

    O‘zbekistonga keltirilayotgan baʼzi asbob-uskunalar boj va QQSdan ozod etildi

    Bugun, 09:50

    Samolyot bortida qo‘shiq kuylab, qizni haqoratlagan rossiyalik Toshkentda jarimaga tortildi

    Bugun, 09:33

    Yerevanda Qorabog‘ yuzasidan o‘tkazilgan namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi (video)

    Bugun, 09:11

    Ekologiya vazirligi o‘zbekistonliklarni “Avtomobilsiz kun”da ishtirok etishga chaqirdi

    Bugun, 08:50

    Toshkentning ikki tumani hududida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 08:38

    Toshkent metrosida Face-ID orqali to‘lov sinovdan o‘tkazilmoqda (video)

    Bugun, 08:11

    Namangandagi bolalarning ommaviy zaharlanishi Sog‘liqni saqlash vaziri nazoratida ekani ma’lum qilindi

    Bugun, 07:11

    “71 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan. Prokuratura vaziyatni o‘rganmoqda”. Mas’ullar Chustdagi zaharlanish haqida ma’lumot berdi

    Bugun, 01:01

    Tavsiya etamiz

    Namangandagi bolalarning ommaviy zaharlanishi Sog‘liqni saqlash vaziri nazoratida ekani ma’lum qilindi

    07:00 / 22.09.2023

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi

    13:00 / 21.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?