“Inter” hujumchisi Romelu Lukaku A Seriya 23-turi doirasida 21-fevral kuni “Milan”ga qarshi kechgan bahsda (3:0) gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Belgiyalik forvard barcha musobaqalar doirasidagi ketma-ket beshta Milan derbisida gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi. Shuningdek, Lukaku A Seriya doirasidagi ketma-ket to‘rtta Milan derbisida gol urgan 1950-yildan keyingi birinchi futbolchi bo‘ldi.
Mazkur seriya 2019-yilning sentabrida boshlangan, o‘shanda Romelu “Milan”ga qarshi bahsda jamoasining g‘alabasiga (2:0) hissa qo‘shgandi.
Lukaku A Seriya 2020/21-yilgi mavsumida 17 ta gol urgan holda to‘purarlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda. U “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronalduni bitta golga ortda qoldirmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)