“Tottenhem” bosh murabbiy Joze Mourinyo Premyer Liga doirasida “Vest Hem”ga qarshi kechgan o‘yindagi (1:2) mag‘lubiyatdan keyin o‘ziga bo‘lgan ishonchi kamaymasligi haqida fikr bildirdi.
“O‘zimga bo‘lgan ishonch kamaydimi? Yo‘q. Hech qanaqasiga. Bunga umuman shubha yo‘q.
Chunki natija ba’zida ko‘plab vaziyatlarning oqibati, xolos. Mening va qo‘l ostimdagi murabbiylar shtabining uslubi dunyoda hech kimnikidan qolishmaydi”, — deydi Mourinyo.
Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis “Tottenhem”ning APL top-4 ligi uchun kurashi haqida gapirdi.
“Hozir, kuchli to‘rtlik haqida o‘ylash qiyin. Dastlabki besh jamoa jamoa ochko yig‘ishda davom etmoqda. Bizga juda va juda qiyin bo‘ladi.
Yevropa Ligasi — Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olish va sovrin yutish uchun juda yaxshi vosita. Yigitlar kurashmoqda, jamoa kurashar ekan qandaydir yaxshi hodisa ro‘y berishiga ishonch bo‘ladi”, — deydi Mourinyo.
“Tottenhem” 24 o‘yinda 36 ochko to‘plagan holda Premyer Liga musobaqa jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)